Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.
OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.
Korrupsiya to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu boradagi qonun loyihasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi elchisi Amira Fahmiyni qabul qilib, O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini bajarishida muvaffaqiyat tiladi.
Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi bag‘ishlangan yig‘ilishda moliya institutlaridan olingan qarzlarning holati va natijalariga e’tibor qaratdi. «Qarz oluvchi tarmoq rahbarlari qarorlarda belgilangan mas’uliyat va javobgarligini sezayaptimi, yo‘qmi? Man o‘ylaymanki, hali yo‘q», — dedi prezident.
Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk muloqoti tashkil etildi. 2021 yilda muloqotga raislik qilish topshirilgan Tanzila Narbayeva uchrashuvni «mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun mutlaqo yangi maslahat maydonchasi» bo‘lib shakllanayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston SSR Kommunistik partiya markaziy qo‘mitasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov Sharof Rashidov bilan bo‘lgan munosabatlari, sovet tuzumining siyosati va 1989 yilgi Farg‘ona voqealari haqida gapirib berdi.
Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida shartnoma «deyarli tayyor holatga keltirilgan», faqat texnik jihatlari qolmoqda. Xususan, AES uchun suv sarfini kamaytirish masalalari muhokama qilinmoqda, deya xabar berdi Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev.
O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlari uchun 1 million doza «Sputnik V» vaksinasi yetkazib beriladi, dedi elchi Vladimir Tyurdenev. Bundan tashqari, kelgusi yilda Rossiyadan koronavirusga qarshi ikkinchi «Epivakkorona» vaksinasini sotib olish kutilmoqda.
Saidqahhor Xolxo‘jayev iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori, Ayubxon Kamalov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oybek Usmanov O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi.
Senat tomonidan ma’qullangan Davlat byudjetining 2021 yilgi xarajatlari 165,8 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, 2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 147,2 trln so‘m miqdorida yoki joriy yilga nisbatan 13 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.
Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘ninchi yalpida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmasligini va kun tartibidan o‘rin olmaganini aytdi. 11-dekabr kuni o‘tgan Senat Kengashi majlisida esa bu bo‘yicha qonun kun tartibidan o‘rin olgani va ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingan edi.
Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxtda qurilayotgan yer usti metro halqa yo‘li «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlanadi.
Moliya vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Muradbek Davlatov Xorazm viloyati Xonqa tumaniga xokim etib tayinlandi.
Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletov Xiva hokimi etib tayinlandi.
Vazirlar mahkamasining imo-ishora tilini rivojlantirish bo‘yicha qarori loyihasi jamoat muhokamasidan o‘tmoqda. Unga ko‘ra, o‘zbek imo-ishora tilining huquqiy maqomi belgilanishi va imo-ishora tarjimasi xizmatlari muhtojlarga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Yangiariq tumanidagi «Yantex Invest» MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi. Shu yerda mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. «Endi davlat idoralari xodimlarining moddiy manfaatdorligi odamlarning roziligidan kelib chiqib belgilanadigan tizim qilamiz», — dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Xonqa tumanidagi yil davomida hosil olish imkoniyatiga ega innovatsion issiqxona faoliyati bilan tanishdi. “Xorazm qishloq xo‘jaligining kelajagi shu”, — dedi davlat rahbari va qo‘shimcha sifatida har bir issiqxonaning laboratoriyasi, o‘z brendi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting