Germaniyada tadbirkor Alisher Usmonov ustidan olib borilayotgan tergov Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni keskinlashtirdi, deya xabar qildi Spiegel jurnali.
Yakshanba tongida Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi boshlandi. Ilk saylov uchastkasi Tokioda ochildi, ovoz berish jarayonlari oxirgi bo‘lib San-Fransiskoda tugaydi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt Ostona va Akmola viloyatidagi saylov uchastkalaridan fotoreportaj tayyorladi.
Senatning 19 noyabrdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuxrat Polvanov Oliy sud raisi o‘rinbosari etib saylandi. Shu majlisda Gulnora Mirzayeva, Abdikamal Abdikarimov va Askar Bekmanov Oliy sud sudyaligiga saylandi.
Yakshanba kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu safar qozoq xalqida barcha nomzodga qarshi ovoz berish imkoniyati ham mavjud. Qozog‘iston davlat maslahatchisi Erlan Karin jurnalistlar bilan uchrashuvda muxolifatni «mazkur siyosiy o‘zgarishlarning hammuallifi» deb atadi.
Prezident «Yashil makon» loyihasini kengaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda atmosfera havosi ifloslangani haqida ham so‘z bordi. Ko‘chatlar ekish va parvarishlash jarayonlariga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini yagona mas’ul tashkilot etib belgilash taklif etildi.
Senatorlar o‘zbek-qirg‘iz chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani hamda Andijon (Kampirobod) suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlarni ma’qulladi. Ushbu qonunlar parlament quyi palatasi tomonidan 14 noyabr kuni qabul qilingan edi.
Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tgan yili olib o‘tilgan harbiy aviatexnika kelajagiga doir muzokaralar hamon davom etmoqda. Bu haqda AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Xenik ma’lum qildi. «Bu borada qaror qabul qilinganicha yo‘q», — dedi u.
Markaziy Osiyodagi hamkorlar, xuddi Yevropa kabi, strategik avtonomlikni istaydi, Yevroittifoq ularning tarixiy yo jug‘rofiy o‘ziga xosliklardan qat’i nazar biror bir xalqaro hamkorga mute bo‘lib qolmaslik istagini hurmat qiladi, dedi YeIning oliy vakili Jozep Borrel Samarqanddagi anjumanda.
Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi Markaziy Osiyo uchun global oqibatlar keltirib chiqaradi, chunki xalqaro hamkorlik izdan chiqadi. Yevropa diplomatiyasining rahbari Jozep Borrelning fikricha, hamkorlikning mustahkamlanishigina urush sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatlarini yengib o‘tishga yordam beradi.
O‘zLiDep partiyasi davlat bayrog‘idan foydalanishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirishni taklif qilmoqda. Undan, xususan, fuqarolarning uyda va ish joyida erkin foydalanishiga ruxsat berilishi mumkin.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21−22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi. Tashrif dasturida Parijda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi. Unda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy bitimni ratifikatsiya qilish hamda mahkumlar huquqlari borasidagi qator qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjeti ijrosi yuzasidan hukumat hisoboti eshitiladi.
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, “yashil” taraqqiyot kabi yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, Samarqandda bank boshqaruvchilarining yillik yig‘ilishini o‘tkazish muhokama qilindi.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Toshqulov Adliya vazirligiga rahbar bo‘ldi. U shu kunlarda prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Ruslanbek Davletovning o‘rnini egalladi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva Sharm al-Shayxda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasi (COP27)da nutq so‘zladi. U Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi va O‘zbekiston «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishishni maqsad qilganini ta’kidladi.
AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jonatan Xenik O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Vladimir Norov unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.
Prezident 2016 yil dekabrdan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Tursinxan Xudaybergenovni o‘zining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari buyicha maslahatchisi etib tayinladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Senat a’zosi etib saylandi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi. Davlat rahbari 2025 yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80 foizga yetkazilishni ta’kidladi.
Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting