Prezident mehnat migrantlariga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun 10 million so‘mgacha past stavkada kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiallari xorijiy ish beruvchilar bilan bevosita shartnoma tuzish, migratsiya xizmatlari bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov koronavirusdan to‘liq sog‘aydi, hamda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun poytaxtdan Navoiyga qaytib keldi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, vohaga qaytdi.
16 avgust kuni Minskda Aleksandr Lukashenko tarafdorlari va uning hokimiyatiga qarshilar ishtirokidagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Lukashenko tarafdorlari namoyishida bir qismi byudjet tashkilotlari xodimlaridan iborat bo‘lgan 65 ming kishi yig‘ildi. Oppozitsiya tarafdorlari namoyishida esa 200 ming odam qatnashdi — bu Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.
«O‘tgan safar, oilaviy tadbirlarni 30 kishi ishtirokida o‘tkazishga ruxsat berganimizda, ko‘p joylarda, ayniqsa Toshkentda 70, 100, 150 kishigacha to‘plandi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident to‘y va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda qoidalarga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.
Transport vazirligi rasmiy avtomashinalarga GPS-navigatorlar o‘rnatish va yillik cheklov o‘rnatish taklif etilmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Farg‘ona-So‘x yo‘nalishidagi aviaqatnovlarga «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda «Uzbekistan Helicopters» MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida pandemiya va boshqa muammolar sharoitida yoshlar ovoziga quloq tutish, ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Oliy Majlis palatalariga xo‘jalik boshqaruv organlari, jumladan, «O‘zbekneftgaz», Uzbekistan Airways, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar rahbarlarining kompaniyalar faoliyatiga doir axborotlarini eshitish vakolati berildi.
Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada bo‘lish, ushlangan shaxsning huquqlarini poymol qilishning oldini olishga alohida urg‘u qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqotda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, o‘zaro muloqotni jadallashtirishga kelishib olindi.
Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoyasini yanada kuchaytirgan holda, pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligi ta’kidlandi. Qashqadaryo, Farg‘ona va Buxoroda yengillatish jarayoni boshlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dekabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrif koronavirus pandemiyasi sababli keyinroq muddatga ko‘chirilgan.
O‘zbekiston Afg‘oniston Maslahat loya jirg‘asining 400 nafar tolib-mahbusni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlashini ma’lum qildi. Afg‘onlararo muzokaralari shu hafta ichida boshlanishi mumkin.
Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlangani munosabati bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti saylovida erishgan g‘alabasi bilan qutladi.
Baxtiyor Shomurodov Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimini tark etdi. Vaqtinchalik uning vazifasini hokimning birinchi o‘rinbosari Murod Isaboyev bajaradi.
Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov, shuningdek uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovga hayfsan berildi. Bosh vazir kam ta’minlangan oilalarga bir martalik moliyaviy yordamni kechiktirgan ayrim mahalla raislarining harakatlarini tanqid qildi.
Senatning oltinchi yalpi majlisida yarim yillik faoliyati bo‘yicha hisobot bergan tashqi ishlar vaziri, jumladan, pandemiyasi sababli xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlar ekan, bu borada kamchiliklar ham borligini tan oldi. «Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi», — dedi u.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qullashdi. Unda, jumladan, odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting