Prezident farmoniga ko‘ra, Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Prezident farmoni bilan Bo‘stonliq tumanida 2022 yil yakunigacha alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinadi. Ushbu hududga bosh vazir o‘rinbosari mas’ul shaxs etib tayinlandi. Unga hududni boshqarish Direksiyasi bilan birgalikda tumanni har tomonlama rivojlantirish vazifasi yuklatildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Jo‘rabek Ahmedov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Markaziy Osiyoning beshta mamlakati birgalikda XXI asrda mintaqani rivojlantirish uchun do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida davlatlararo hujjatni tayyorlamoqda, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.
Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
Toshkent hokimi o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Elbek Shukurov Toshkentning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi.
Poytaxtning Bektemir tumani hududini Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hisobidan kengaytirish rejalashtirilmoqda. Eng kamida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar qurish mo‘ljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidagi shaharda 5 yilda 500 ta uy qurish bo‘yicha va’dasini 2,5 yilda bajarganini ma’lum qildi.
Toshkentning Bektemir tumani sektor rahbarlari, jumladan, hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Prezident tumanga tashrifi vaqtida ular faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi. Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham lavozimini tark etdi.
Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov olamdan o‘tdi. Oldinroq unda koronavirus aniqlanib, u Toshkentda davolanayotgan edi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov uch haftalik davolanishdan so‘ng ishga qaytdi.
O‘zbekiston IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini ma’lum qildi. Vazirlik qonun loyihasining ishlab chiqilishi Belarusdagi voqealarga aloqador emasligini ham qayd etib o‘tdi.
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda «temir daftar"lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirish topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, davlat rahbari aholi karantin qoidalariga amal qilmasa, karantin cheklovlari qaytadan tatbiq etilishini ta’kidladi.
Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, ushbu tadbirlarni ish kunlari kunduzi 10:00 — 18:00 orasida 2 soatdan oshmagan vaqt davomida o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza namoyishlar o‘tishidan o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatdan oldin taqdim etilishi lozim — batafsil.
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.
Namangan viloyati Uychi tumani hokimining o‘rinbosari Muxtorjon Bobojonovga karantin paytida bayramda ishtirok etganligi uchun hayfsan berildi va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan rasmiy tekshiruv boshlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Buxoro viloyati hokimiyati hudud rahbari Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi. Hokim poytaxtdagi Akfa Medline klinikasida davolanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting