Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida Markaziy Osiyoda muloqot maydonini yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlarning sabablari, suvdan foydalanish muammolarini yechish, So‘x voqealarining Qirg‘iziston bilan munosabatlarga ta’siri va pandemiya davrida mintaqa davlatlarining bir-birini qo‘llab-quvvatlagani haqida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish hamda karantin qoidalarini zaruriyatga ko‘ra kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi.
“Maxsus komissiyaning tuzilishi va uning vakolatliligi borasida ikkilanishga o‘rin yo‘q”, — adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov maxsus komissiyaning tuzilishi va pandemiya sharoitida cheklovlar kiritish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish vakolati mamlakat Konstitutsiyasi va qonunchiligiga to‘la mos kelishini ma’lum qildi.
Karantin cheklovlari davomida 120 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlari yetkazib beriladi va buning uchun davlat tomonidan 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Hukumat qarori bilan Sarvar Ashurov va Dilnozaxon Kattaxanova Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan Yoshlar Ittifoqi raisi lavozimida ishlab kelayotgan va eng yosh Senat a’zosi Alisher Sa’dullayev yangi tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi.
10 iyul sanasidan avtobuslar harakati va 13 iyul kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi. Shuningdek, faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi.
Markaziy bank statistika va tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan Jamshid Abruyev Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, u ushbu vazirlikning boshqarmalaridan biriga boshliq bo‘lib kelayotgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkilotining pandemiya davrida Mehnat munosabatlari bo‘yicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda davlat rahbari BMT shafeligida Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
Avtotransport harakati uchun belgilangan cheklovlar ayrim toifadagi transport vositalariga tatbiq etilmaydi. Ba’zi hollarda, maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) avtotransport vositasining harakatiga ruxsat beriladi.
10 iyuldan boshlab avtotransport vositalarida stikersiz muayyan vaqtida (07.00 dan — 10.00 gacha, 17.00 dan — 20.00 gacha) ruxsat beriladi. Viloyatlararo qatnov to‘xtatiladi (Toshkent viloyati va Toshkent shahri o‘rtasidagi qatnovlar bundan mustasno). Jamoat transporti faoliyati ham to‘xtatiladi, stikerlar kuchini yo‘qotmaydi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qozog‘iston va Rossiya-Qozog‘iston chegaralarida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarishga va’da berdi. Avvalroq chegaralarda 5000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining qolib ketgani xabar qilingan edi.
Andijon viloyati rahbarlariga ish natijalariga qarab “mas'uliyatsiz rahbar” va “mas'uliyatli rahbar” so‘zlari yozilgan nishonlar berildi. Bu ish Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyevni 80 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirning birinchi o‘rinbosari etib Gulnora Marufova tayinlandi. U ilgari vazirlikning Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Toshkentdagi Adju universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga yangi rektorlar tayinlandi.
Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash vazirining 4 nafar o‘rinbosari tayinlandi. Bular moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmedov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova, Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi direktori Ulug‘bek Sobirov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizovlar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting