O‘zbekiston prezidenti Olmaota yaqinida sodir bo‘lgan aviahalokatda insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston rahbariga hamdardlik bildirdi.
“2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, — dedi prezident. U Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish hamda “Yoshlar media xoldingi"ni tuzishni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.
Prokuratura va DXX xodimlarini ma’muriy javobgarlikka tortishda endilikda rahbariyatning ruxsati talab qilinmaydi. O‘zbekiston prezidenti bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti va Yaponiya bosh vaziri strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladi. Tokioda turli sohalarga oid bir qator hukumatlararo kelishuv va hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti va Yaponiya moliya vaziri hamkorlikni kengaytirish hamda qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nagoyada tahsil olayotgan va fan bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyevga Nagoya universiteti faxriy doktori unvoni berildi. Prezident ilmiy-akademik almashuvlar va texnologiyalar transferi bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma fondini tashkil qilishni taklif etdi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada Aichi prefekturasi gubernatori va Nagoya meri bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda qator loyihalarni amalga oshirish, jumladan Toshkentda Nagoya Yuksak texnologiyalar parkini barpo etish masalalari muhokama qilindi.
AQSH prezident Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazoni bekor qilish haqidagi ko‘rsatmasini olqishladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Nagoya shahriga yetib bordi. Tashrifning asosiy tadbirlari 18 dekabr kuni boshlanadi.
«Toshshahartransxizmat» raisi Mohir Valiyev lavozimidan ozod qilindi. Kompaniya rahbari vazifasini bajarish poytaxt transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevga yuklatildi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston prezidenti tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish, jurnalistlarni davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17−20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Prezident tajribasizlik O‘zbekistonning eng nozik joyi ekanini ta’kidladi va davlat ishtirokidagi korxonalar «o‘z oyoqlari ostidagi» imkoniyatlardan foydalanmayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2020 yildan boshlab 29 ta idoralararo komissiya va kengashlar, jumladan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l xo‘jaligi kengashi, bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh va boshqalar tugatilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting