Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan mamlakat oliy diniy rahbariga hamdardlik bildirdi.
Senat O‘zbekiston va AQSh Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlarni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat axborot almashinuvi, harbiy-texnik yordam olish va boshqa masalalarni qamrab oladi.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinida “qattiq qo‘ndi”. Qidiruv noqulay ob-havo sharoiti va qorong‘ilik tufayli murakkablashgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zarurat bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish, sun’iy intellekt, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Ziyorat turizmi bo‘yicha “Umra plyus” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etishga tayyorligini aytdi.
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisi 18-may kuni o‘tkaziladi. Unda Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish, davlat mulkini ijaraga berishda ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Markaziy bankining 2023-yildagi hisoboti eshitiladi.
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi.
Juma kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimni aeroportda hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Ular “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Hukumat rahbari kunning 2-yarmida “Ko‘ksaroy” qarorgohida oliy darajadagi tadbirlarda qatnashadi.
2023-yil noyabr oyida Londonga yangi elchi sifatida yetib borgan Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. U avval Buxoro viloyati prokurori, MSK raisi o‘rinbosari, adliya vazirining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. U Toshkentdan tashqari, Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Daniya elchisi Yakob Xenningsen va Litva elchisi Egidiyus Navikasdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Portugaliyaning yangi elchisi Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi yangi obyekt va loyihalar bilan tanishiladi.
Prezident va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Toshkentda yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, shuningdek, yosh mutaxassislarning tashkilot institutlarida stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Bobur Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi, Shavkat Mirziyoyev va mamlakatga tashrif buyurgan BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilot ijrochi direktori Sima Sami Baxus tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
13−14-may kunlari Samarqandda o‘tayotgan Osiyo xotin-qizlari forumiga 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar, jumladan, BMT bosh kotibi o‘rinbosari keldi. Senat raisi Tanzila Narbayeva prezidentning ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. “Gazeta.uz” jarayonning birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda “Sayxunobod tajribasi” doirasidagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olingani ma’lum qilindi. Shuningdek, mazkur tajriba orqali aprel oyida 365 ming aholi bandligi ta’minlangani bildirildi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari hamkorlik, jumladan, savdo-iqtisodiy sohalarni muhokama qildi. “O‘zbekistondan o‘tgan yilgidek meva-sabzavot kutyapmiz. Bu siz uchun ham, biz uchun ham yaxshi”, — dedi Putin. “Bizda Rossiya bozorini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish imkoni bor”, — dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidenti YeOIIning yubiley sammitida ishtirok etib, O‘zbekiston amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. U agrosanoat, “yashil” texnologiyalar, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting