Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Ural Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda ishlagan.
Prezident amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi. U yerda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Shu oyda O‘zbekistonda ham shoir va mutafakkirning yubileyi nishonlanadi.
Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar MBda departament direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Avvalgi o‘rinbosar Shayxontohur tumani hokimi bo‘lgandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, foydalanilmayotgan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bosh rejasi loyihasiga ko‘ra, hudud 3 ta zonaga bo‘linadi: konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya. Ekologik muammolar, “15 daqiqalik shahar” tamoyili hamda Toshkent viloyati tumanlarini poytaxt bilan yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish hisobga olingan.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzurida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi. U davlat xizmatchilarining shaxsiy va professional diagnostikasi, ularning kasbiy bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari va psixologik so‘rovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Dekabr oyidan beri “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi lavozimida ishlab kelgan Husnutdin Xosilov o‘z arizasiga binoan ishdan ketdi. U o‘tgan yili kompaniya raisi lavozimida ishlagan vaqtida tizimda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani ortidan ishdan olingandi.
Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston transport vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U bungacha xususiy sektorda, shuningdek, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari yig‘ilishida maxsus xizmatlarning tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, kiberxavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston prezidenti Samarqandda sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga oid konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskvaga yetib bordi. Uni aeroportda RF prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqalar kutib oldi. Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida MDH sammitida qatnashadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Mamlakat rahbari MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti 7−8-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi. 8-oktabr kuni u yerda MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Prezident farmoniga ko‘ra, bog‘chalarda direktor o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Muassasalarda kichik va o‘rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Bog‘cha rahbari va pedagog kadrlarini vazir jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirishga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Shaxmat federatsiyasiga rais etib saylandi. Mazkur lavozimda ishlab kelayotgan Alisher Sa’dullayev esa uning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
O‘zbekistonda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. U chiqindini saralash, qayta ishlash natijasida energiya resurslari, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish choralarini tatbiq etilishini tashkil etadi.
O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirdi. “Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston senatorlari o‘tgan yilning may oyida prezidentning Xitoyga tashrifi chog‘ida imzolangan Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
O‘zbekiston prezidenti va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni rasmiy Toshkentga berish haqidagi xalqaro shartnomani tasdiqladi. Unga ko‘ra, uchta bank va mexanika zavodi rekonstruksiyani yakunlashi va u yerda mehmonxona komplekslarini tashkil etishi kerak bo‘lgan mulk huquqini oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting