2-iyul kuni soat 18:00 da prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati bo‘lib o‘tadi. U davlat boshqaruvi tizimi va sud-huquq sohasini rivojlantirishga bag‘ishlanadi.
O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi nisbatan sust o‘tmoqda, deyiladi YeXHT DIIHB missiyasi oraliq hisobotida. Unda aytilishicha, rasmiylar YeXHTning ilgari bergan ayrim tavsiyalarini inobatga olgan, qolganlarini esa saylovdan keyin ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi. Mamlakatda uning sharafiga Arqadag‘ shahri ochildi.
Qurbon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar keldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hamda marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonni “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shu bilan birga, davlat rahbari dunyoning boshqa hududlaridagi musulmonlarga ham o‘z tabriklarini yo‘llab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va taraqqiyot tiladi.
Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda unga Rossiyadagi vaziyat haqida gapirib berdi. Rossiya prezidenti Qozog‘iston va Belarus rahbarlari bilan ham qo‘ng‘iroqlashgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslik, odamlar gavjum joylarga bormaslik, shuningdek, “Rossiya hududida amaldagi jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish”ga chaqirdi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi saylovchilar bilan uchrashuvda xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni “qahramon” deb atadi. Saylovoldi dasturidan og‘ir ahvoldagi migrantlarning xarajati qoplab berilishi, huquqiy va Call-markazlar tashkil etilishi va boshqalar o‘rin olgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi uzunligi 2 356 kilometrdan ortiq chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatini kengaytiruvchi, jumladan, uni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan qonunni tezda ma’qulladi. Loyiha 1-iyunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va 20-iyunda Quyi palatada qabul qilingandi.
2021-yilda 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘ini talon-toroj qilgani uchun ishdan olingan Navoiy shahri obodonlashtirish boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yusuf Tursunov 3 oy sinov muddati bilan eski lavozimiga qaytdi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari sudlarga murojaat qilinganda davlat bojidan ozod qilinadi.
Senatda suv resurslaridan foydalanishda maqsadsiz va o‘ylovsiz ishlatilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Senatorlar ushbu muammoga qarshi kurashish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi vakolatli organ sifatida belgilanadi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, elchi, SHHT bosh kotibi lavozimlarida ishlagan Vladimir Norov 45 yillik faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqdi. Diplomat 2022-yil dekabridan buyon Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
Senat galdagi yalpi majlisda normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunni, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bitimini va Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik bitimini ratifikatsiya qilish va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari davlat bayrog‘idan foydalanish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Unda bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan.
O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanib 5-iyulda yakunlanadi. Muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.
Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi yig‘ilishida innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchilik qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting