O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar davom ettirilishi, sud mustaqilligini oshirish va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi siyosat olib borish qayd etilgan.
O‘zbekiston prezidenti va Eron oliy diniy rahbari uchrashuvda uzoq pauzadan so‘ng munosabatlarning jonlanishini olqishladi. Oyatulloh Xomanaiy “ba’zi raqiblar” bo‘lishiga qaramay, mamlakatlar munosabatni rivojlantirishi kerakligini aytdi. Mirziyoyev Eronning qiyinchiliklarga qarshi chidamliligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Tehronda Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va mintaqaviy kun tartibi muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev Eron innovatsiyalar va texnologiyalar ko‘rgazmasini ham borib ko‘rdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehronda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shuningdek, hukumatlar, idoralar va viloyatlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Eronga bordi. Tehrondagi “Mehrobod” xalqaro aeroportida uni mamlakat sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Adliya vazirligi yangi — “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish imzolar yetarli bo‘lmagani sababli rad etilganini bildirdi. Partiyaga birlashmoqchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatiga vafot etganlar, voyaga yetmaganlar va xorijda yashayotganlarning ham imzolari kiritilgani ma’lum bo‘ldi.
Oliy Majlis Senatida Xorazm viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa 2022-yil dekabridan beri viloyat hokimi sifatida ishlab kelayotgan Jo‘rabek Rahimov saylandi.
O‘zbekiston prezidenti 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Eronga boradi. Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va mamlakat oliy diniy rahbari Ali Xomanaiy bilan uchrashadi.
Ekologik partiyadan prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev 2030-yildan boshlab 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga yoshidan qat’i nazar sigaret sotishni taqiqlashni taklif qildi. Shuningdek, u 2030-yildan ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni sotish va import qilishni taqiqlash tarafdoriligini ta’kidladi.
Trinidad va Tobago respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 144-davlat bo‘ldi. Nyu-Yorkda ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari tomonidan bu borada qo‘shma kommunike imzolandi.
Oliy Majlis Senatida Sirdaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Akmal Mahmudaliyev saylandi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga 70 yoshga kirgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Shuningdek, uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
2020-yildan beri O‘zbekiston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Ilhom Maxkamov endilikda Basketbol federatsiyasiga ham raislik qiladi.
Toshkentda Belarus delegatsiyasi bilan Belarusdan Pokistongacha bo‘lgan yangi multimodal transport yo‘lagini shakllantirish, shuningdek, milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama etilmoqda. Multimodal koridorni birgalikda yaratish tashabbusini Abdulla Aripov ilgari surgandi.
Toshkent shahrining Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi hamda ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini ta’minlash choralari belgilandi.
Oliy Majlis Senatida Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov saylandi.
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab Xitoyning Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat ilk blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Qiymati 2,5 mln dollarni tashkil etuvchi yuk poyezdi 15 kunda kelishi belgilangan.
Saylovoldi tashviqotini Nukusdan boshlagan O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Urganchga keldi.
Shavkat Mirziyoyev Nukusda bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida O‘zbekiston aholisining 500 mlrd so‘m mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha penyadan kechib yuborilishini aytib, “Ochiq budjet” loyihasiga ajratiladigan mablag‘ni oshirishga va’da berdi. Loyihalar g‘alaba qozonishi uchun 1500 ta ovoz olishi kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting