Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning ushbu davlatga qarshi urushida qatnashmaslikka va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirdi. Bunday fuqarolar “bosqinchilarning sheriklari sifatida ko‘rib chiqiladi va javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi murojaatda.
Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Kosimov (Toshkentning sobiq prokurori) Denov tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan birini qamash haqida ko‘rsatma berdi. Hokimlik esa fermerlar kamchiliklarni bartaraf etgani uchun hech kim qamoqqa olinmaganini ma’lum qildi.
Komiljon Ernazarov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumaniga hokim bo‘ldi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan fuqarolar bilan uchrashdi. U prezident tomonidan yuborilganini aytib, muammoni hal qilishga va’da berdi: “Ortingizda prezident turibdi, shuning uchun qo‘rqmanglar”. Uy qurilishini yakunlashga boshqa korxonalar jalb etiladi.
Prezident matbuot xizmati “Gazeta.uz”ning shahar markazida yo‘l o‘tkazgichlar qurib bo‘lmasligi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi. “Agarda shunday loyiha bo‘lsa, uni ishlab chiqishga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi va jamoatchilik fikri inobatga olinadi”, — dedi prezident matbuot kotibi.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska to‘rt yarim yillik faoliyatidan so‘ng mamlakatdagi missiyasini yakunlamoqda.
Antikorrupsiya agentligi jami 6 nafar mansabdor — Bo‘ston, Qiziltepa va Yakkasaroy tumanlari hokimlari, Antidoping agentligi, Axborotlashtirish bosh markazi va Ipakchilik qo‘mitasi rahbarlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berish choralari ko‘rilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlarining birinchi sammitida Do‘stlik, mintaqalararo bog‘liqlik va hamkorlik bitimini ishlab chiqish, erkin savdo hududi va vizasiz sayyohlik makonini yaratish taklifini ilgari surdi. Ikkinchi sammit Samarqandda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifining ikkinchi kunida Makkaga borib, umra amallarini bajardi. U o‘tgan yilning avgustida ham umra amalini ado etgandi.
O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlou o‘rnini Timoti Smart egalladi. U faoliyatini avgust oyida boshlaydi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tbilisiga rasmiy tashrif bilan borib, Gruziya hukumati rahbari Irakliy Garibashvili bilan uchrashdi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2023−2024-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturini imzoladi.
Chirchiqda uy-joy sotishda korrupsion sxema mavjud, “shapka” va “otkat” olinmoqda, shu sababli aholining uy-joyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkinligiga ishonchi yo‘qoldi, dedi Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev. U shahar hokimi va boshqa sektor rahbarlarini tanqid qildi.
Shavkat Mirziyoyevning 1-iyundagi farmoni bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandi. Agentlikning 14 ta hududiy boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi. Ro‘yxat.
Sanjar Obidov Toshkent shahri hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U avval Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida faoliyat yuritgan. Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b. bo‘lib ham ishlagan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18−19-iyul kunlari “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun Jiddada bo‘ladi
O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitini asrash, suv taqchilligining oldini olish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi, dedi prezident. U, shuningdek, O‘zbekiston faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligi kerakligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya nutqida “hamma tizim o‘zgaradi”, deya va’da berdi. Qonunlar, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladiganlar o‘rnini yoshlar egallashini bildirdi. Prezident korrupsiya bo‘lmasa, “barcha ishlar xalqqa va’da berilganidek bo‘ladi”, deya ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekistonda haqiqiy safarbarlik endi boshlanishini ta’kidladi. “Kimki „Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi“, deb o‘ylasa, xato qiladi”, — dedi 3-muddatga saylangan prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonda konstruktiv muxolifat faoliyati, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlari kafolatlanishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting