Yangi yildan Toshkentda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish boshlandi. Viloyatlarda rasmiylashtirish ishlari dushanba kunidan boshlanishi lozim.
«El-yurt umidi» jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlar uchun OTMga kirishda alohida kvotalar ajratish taklif etilmoqda.
Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashagan B.Sh.ning uyida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida xonadon egasi vafot etdi.
Farg‘onada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga, shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga xizmat avtomashinalari topshirildi.
«Sirdaryo» chegara bojxona posti orqali 30 xil turdagi, jami 48 dona parfyumeriya mahsulotlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri 2019 yilda O‘zbekistonda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 20 foizga yetkazilishini bildirdi.
Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Qum ota buva» fermer xo‘jaligiga tegishli, umumiy qiymati 980.000 so‘mlik moshlarni o‘g‘irlagan Sh. Elbekov va F.Ubaydullayeva, shuningdek ayolni jazolagan shaxslarga nisbatan ma’muriy hukm o‘qildi.
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1708, jumladan Toshkentda 91 bola dunyoga keldi.
Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi So‘x-Shoximardonsoy kanalidan qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topildi.
Samarqandda haydovchilik guvohnomasisiz Lacetti avtomobilini boshqargan o‘smir Matiz bilan to‘qnashuv sodir etdi, uch yoshli bola halok bo‘ldi.
4 yanvar kuni juma namozi vaqtida Rahimberdi Rahmonov Toshkent bosh imom xatibi sifatida tanishtirildi.
Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiya 10 mingdan ortiq ovoz to‘pladi.
Zangiota tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida besh nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi. «Zangiotatumangaz» filiali mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IIBB xodimlari bir kunda Toshkentdagi bosh archa yaqinida 24 yo‘qolgan bolani topdi.
Andijon viloyatida hayvonot bog‘ida sherlar qafasiga kirgan soqchi yirtqichlar hujumidan vafot etdi.
«Denov» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 47 turdagi 316 million 882 ming so‘mlik turli tovarlar olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan A.R.ning uyida elektr isitish pechiga ko‘rpacha tegib qolishi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida xonadon sohibi vafot etdi.
“Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi joriy etilishi munosabati bilan uy-joylar va xonadonlarga zarur jihozlarni o‘rnatish qo‘riqlash xizmati mablag‘lari hisobidan bepul amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting