IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 299-kilometrida YTHga uchragan avtobus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan axborot berdi.
Buxoro viloyatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir kishi vafot etdi, 10 kishi jarohatlandi.
Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident farmoyishi qabul qilindi.
Markaziy harbiy okrugidagi «Forish» tog‘ poligonida V Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilayogan «Harbiy-tibbiy estafeta» tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ekologik nazorat inspektorlari tomonidan Taxtako‘pir tumanida amalga oshirilgan reyd davomida brakonerlarning qonunga xilof ravishda jayron ovlagani aniqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqarolar va tadbirkorlarning mulk huquqini kafolatlash to‘g‘risidagi yangi farmonni imzoladi.
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Urganchdagi «Ashxobod» mahallasi aholisi bilan uchrashib, xalqdan uzr so‘radi.
1−3 avgust kunlari Respublika miqyosida birinchi marotaba Kuchishlatar tuzilmalarning hamkorlikdagi ko‘rgazmali mashg‘uloti o‘tkazildi.
«Ichki ishlar xodimi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Unga chora ko‘riladimi?» sarlavha bilan tarqatilgan xabar Toshkent viloyati IIBB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Samarqand shahrini 2019−2022 yillarda jadal rivojlantirish shtabida YUNESKO talablariga rioya qilish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish belgilandi.
Shavkat Mirziyoyevning tanqididan so‘ng Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev xalqdan, hukumatdan «yuz, ming martalab» kechirim so‘radi.
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev rishtonliklardan uzr so‘radi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bayram 11- avgust, yakshanba kuni nishonlanadi.
Yengil avtomobillar oynasini qoraytirish uchun yangi narxlar belgilandi.
Avtotest kompaniyasining yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish xizmatini ko‘rsatishdan asossiz ravishda bosh tortishi qonunga zid, deya ma’lum qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.
Mehnat vazirligi Buxoroda qabristonni obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlariga byudjet tashkilotlari xodimlari jalb etilgani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.
Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
O‘g‘rilik jinoyatiga qo‘l urgan beruniylik kollej o‘quvchisiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.
Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Amerikaning Project CURE xayriya tashkiloti bilan Orolbo‘yi tibbiyot muassasalari ehtiyojlarini o‘rganish va ularga zamonaviy uskunalar yetkazib berishga imkon beruvchi memorandumni imzolaydi.
UPAY va Payme elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni tikladi. Avvalroq «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi onlayn xizmatlar bilan shartnomani uni qayta ko‘rib chiqish uchun to‘xtatgan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu tadbirni 15 avgustdan keyinga qoldirishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting