1-apreldan avtomobillarni ro‘yxatga olish Toshkent YHXBdan Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkaziladi.
DTM abituriyentlardan test sinovlarida qatnashish uchun EKIHning bir barobariga teng miqdorda yig‘im undirishni taklif qildi.
Tehron shahrida 34-bor tashkillashtirilgan Fajr musiqa festivalida O‘zbekiston nomidan «Saqil» ansambli qatnashdi.
«Dehli-Toshkent» yo‘nalishida uchib kelgan fuqarolar 50 million so‘mlik dori vositalarini olib o‘tmoqchi bo‘lganida fosh etildi.
Samarqand viloyatidagi 330 ta mahallada tashkil etilgan «Jamoatchilik nazorati maskani» tomonidan 50 dan ortiq jinoyatning oldi olindi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida M.A boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» yukxonasi va salonida hujjatlari bo‘lmagan 16 dona changyutgich borligi aniqlandi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
1 apreldan YAIDXP orqali haydovchilik guvohnomalarini almashtirishga ariza topshirish mumkin bo‘ladi.
Toshkentning 3D formatdagi bosh rejasini ishlab chiqish uchun vertolyotlar yordamida shahar to‘liq tasvirga tushiriladi.
Odamlar yashab turgan uyni buzish mumkin emas, dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Anhor bo‘yidagi 78-uyning buzilayotganiga izoh berar ekan.
Inha universitetida «Inha» global ta’lim markazining ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Samarqandda o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolardan biri 30 ming turkman manatini 60 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda Akfa xususiy universiteti tashkil etilmoqda. OTMda ta’lim ingliz tilida olib boriladi.
Hukumat qarori bilan Baxtiyor Abdullayev Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori etib tayinlandi.
Qo‘qon shahridagi ko‘ngilochar joylardan biridagi karaoke xonasiga kirib, yostiq ostiga pichoq qo‘yib xonadan chiqib ketgan Milliy gvardiya xodimiga chora ko‘riladi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin.
O‘zbekiston IIV akademiyasi va Gujarat kriminalistika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Toshkentda 6-tug‘ruqxona yaqinida turgan avtomobil ichida gaz to‘ldirilgan sharlarning portlashi natijasida uch kishi kuyish jarohatlarini oldi.
Toshkentda Bosh prokuratura haydovchisi boshqaruvidagi mashina urib ketgan Xalqaro Vestminster universiteti xodimi hayotdan ko‘z yumdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting