Jamiyat

Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi
8 avgust 2024, 11:14

Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi

Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yubordi. YHXBga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkentda bir kunda 2 ta katta YTH sodir bo‘ldi
7 avgust 2024, 23:38

Toshkentda bir kunda 2 ta katta YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta avtomobil, Chilonzor tumanida esa 5 ta avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi. Rasmiylar to‘qnashuvlarda jarohat olganlar yo‘qligini aytmoqda.

7-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
7 avgust 2024, 22:31

7-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Beshta tumanga yangi hokim, Qozog‘istonga borgan Shavkat Mirziyoyev, 15 yilga qamalgan prokuror, uy qamog‘idagilar uchun elektron braslet va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentdagi yong‘inda daraxtlar “jiddiy” zararlandi — hokimlik
7 avgust 2024, 21:30

Toshkentdagi yong‘inda daraxtlar “jiddiy” zararlandi — hokimlik

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 100 kv. metr ochiq maydonda qurigan o‘tlar sabab yong‘in yuzaga keldi. Oqibatda hududda mavjud daraxtlar jiddiy zararlandi. Tergov boshlandi, zarar miqdori aniqlanmoqda, deb yozdi tuman hokimligi.

Toshkent viloyatida harakatdagi IIB mashinasidan sakragan fuqaro vafot etdi
7 avgust 2024, 20:25

Toshkent viloyatida harakatdagi IIB mashinasidan sakragan fuqaro vafot etdi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida kechasi jamoat tartibini buzgani uchun IIB xodimlari tomonidan hushyorxonaga olib ketilayotgan fuqaro qochish maqsadida o‘zini mashinadan tashladi. U jarrohlik amaliyotiga qaramay vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, xodimlarga tekshiruv tayinlandi.

O‘zbekistonda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichi boshlanmoqda. BMTTD “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi
7 avgust 2024, 18:50

O‘zbekistonda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichi boshlanmoqda. BMTTD “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTTD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii 2025-yilda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichini boshlash va “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha ikkita kelishuv imzoladi. Orolbo‘yiga 2 mlrd so‘mlik texnik jihozlar olib kelindi.

Iyul oyi harorat bo‘yicha oldingi yillardagidan qulayroq bo‘ldi — O‘zgidromet
7 avgust 2024, 17:47

Iyul oyi harorat bo‘yicha oldingi yillardagidan qulayroq bo‘ldi — O‘zgidromet

O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlaridan ancha uzoq bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Oy oxirida maksimal harorat +41, janubda +46 darajaga yetdi.

Click “O‘zing zo‘rsan-da” manifestini taqdim etdi
7 avgust 2024, 17:00

Click “O‘zing zo‘rsan-da” manifestini taqdim etdi

Click vakillari kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga ilhomlantiradigan narsalar bilan o‘rtoqlashdi.

Uy qamog‘idagi ayrim shaxslar elektron braslet orqali nazorat qilinadi
7 avgust 2024, 16:36

Uy qamog‘idagi ayrim shaxslar elektron braslet orqali nazorat qilinadi

O‘zbekistonda ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qo‘llaniladi.

90 ming dollar pora bilan ushlangan Kogon tumani prokurori 15 yilga qamaldi
7 avgust 2024, 12:42

90 ming dollar pora bilan ushlangan Kogon tumani prokurori 15 yilga qamaldi

Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 200 ming dollar pora talab qilib, 90 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgandi. Sud hukmi bilan unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning sheriklari ham uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi
7 avgust 2024, 11:23

Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani hokimliklarining normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini va chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi
7 avgust 2024, 11:00

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini va chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi

Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori xizmat xonadonida turmush o‘rtog‘i va 7 oylik chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi. Voqeaga er-xotinning o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Emizish: faktlar va yanglish qarashlar (infografika)
7 avgust 2024, 10:53

Emizish: faktlar va yanglish qarashlar (infografika)

Deyarli barcha onalarda chaqaloqlari uchun yetarli miqdorda sut bo‘ladi, bu dastlabki 6 oyda oziq-ovqat va suv o‘rnini bosadi. Biroq emizish vaqt va ko‘nikma talab qiladi, shu bois ularni uyda va ishda qo‘llab-quvvatlash muhim. YUNISEF keng tarqalgan yanglish qarashlarga infografikalar orqali aniqlik kiritdi.

Vebster universitetining qo‘shma dasturlari asosida o‘qishga qabul davom etmoqda
7 avgust 2024, 09:00

Vebster universitetining qo‘shma dasturlari asosida o‘qishga qabul davom etmoqda

14-avgustga qadar xohlovchilar AQShning Vebster universitetining O‘zbekistondagi hamkor universitetlar bilan yo‘lga qo‘ygan qo‘shma dasturlariga hujjat topshirishi mumkin.

Toshkentda “valyutchik”dan qariyb 240 ming dollar olib qo‘yildi
7 avgust 2024, 01:31

Toshkentda “valyutchik"dan qariyb 240 ming dollar olib qo‘yildi

Chilonzorda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsning uyidan qariyb 240 ming dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prezident o‘zboshimcha egallangan yerlarga huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
7 avgust 2024, 01:02

Prezident o‘zboshimcha egallangan yerlarga huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. O‘zbekistonda 3,6 milliondan ortiq bunday uchastkalar mavjudligi taxmin qilinmoqda. Qonun 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Toshkentda 15 yoshli bola 5-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi
7 avgust 2024, 00:06

Toshkentda 15 yoshli bola 5-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Toshkent shahri Sergeli tumanida 15 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, uning nogironligi bo‘lgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.

O‘zbekiston poyezdlari parkini yangilashga 231 mln dollar sarflamoqchi
6 avgust 2024, 23:40

O‘zbekiston poyezdlari parkini yangilashga 231 mln dollar sarflamoqchi

Prezidentga temiryo‘l sohasidagi rejalar taqdimot qilindi. Jumladan, yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga 50 mln dollar, lokomativlar olib kelish va elektrovozlarni modernizatsiya qilishga 181 mln dollar ajratish rejalashtirilmoqda. Sohada xizmatlar sifati va eksportini oshirish ko‘zda tutilgan.

6-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
6 avgust 2024, 22:38

6-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Deputatlikdan ketgan Doniyor G‘aniyev, 5 yildan so‘ng tiklanayotgan “Sharq taronalari”, “Salimboy"ni qidiruvga bergan Qirg‘iziston, monopolist Google va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Surxondaryoda poyezd urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi
6 avgust 2024, 16:11

Surxondaryoda poyezd urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi

Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi. U svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting