Jamiyat

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test 19−20-avgustda bo‘lib o‘tadi
14 avgust 2024, 15:56

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test 19−20-avgustda bo‘lib o‘tadi

Xorijiy va xususiy oliygohlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19−20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Sinovlar 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi.

Oyoqyalang yurishning qanday foydalari bor?
14 avgust 2024, 15:17

Oyoqyalang yurishning qanday foydalari bor?

Miya faoliyati va uyquni yaxshilaydi, yallig‘lanishlar va surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi, immunitetni oshirib, stressni kamaytiradi, infeksiyalarning oldini oladi — yalangoyoq yurishning 6 ta eng muhim foydasi haqida.

“Andijon” klubi futbolchisi “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi
14 avgust 2024, 12:25

“Andijon” klubi futbolchisi “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi

“Andijon” futbol klubi a’zosi Marlen Chobanov “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi talabiga bo‘ysunmay, u bilan janjallashdi. Futbolchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda basseynda cho‘milishga borgan 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida vafot etdi
14 avgust 2024, 11:06

Qashqadaryoda basseynda cho‘milishga borgan 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida vafot etdi

Qarshi tumanida 18 yoshli yigitni suzish havzasi hududida tok urdi. Oqibatda u shifoxonaga yetmasdan vafot etdi. Ochilganiga 2 oy bo‘lgan basseyn faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Samarqandda YTH oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi
14 avgust 2024, 10:07

Samarqandda YTH oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi.

Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi
14 avgust 2024, 01:36

Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi

Prezident topshirig‘iga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish maqsadida shu yo‘nalishdagi federatsiyalarni o‘z ichiga olgan Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. IHMA direktorining o‘rinbosarlari tashkilot tuzilmalaridagi mas’ul lavozimlarga saylandi.

Xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun “xizmat ipotekasi” joriy qilinadi — prezident
14 avgust 2024, 01:02

Xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun “xizmat ipotekasi” joriy qilinadi — prezident

Prezident xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yo‘lga qo‘yilishini aytdi. U mutasaddilarga “xizmat ipotekasi"ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlashni topshirdi.

Namanganda mulkiy nizo sabab qarindoshi va uning ikki bolasini o‘ldirgan erkak ushlandi
14 avgust 2024, 00:25

Namanganda mulkiy nizo sabab qarindoshi va uning ikki bolasini o‘ldirgan erkak ushlandi

Namangan viloyati Pop tumanida mulkiy nizo kelib chiqqan janjalda qarindosh ayol va uning ikki nafar yosh bolasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan yana bir ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
14 avgust 2024, 00:03

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan yana bir ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib 2022-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Dilafruz Madiyeva Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rganlar Bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishi mumkin.

13-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
13 avgust 2024, 22:53

13-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Suyultirilgan gaz sotishga taklif etilayotgan biznes, Andijonda qurilish ishlariga jalb qilingan o‘qituvchilar, Olimpiadachilar va ularning murabbiylariga berilgan sovg‘alar miqdori, O‘zbekiston samolyotlarini ta’mirlab beradigan AQSh kompaniyasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi
13 avgust 2024, 22:33

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda
13 avgust 2024, 21:59

Sun’iy intellekt texnologiyalari markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Prezidentga olib kirilgan taqdimotda sun’iy intellekt bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish taklif qilindi. SI texnologiyalari markazini tashkil qilish, bank-moliya sohasida SIni qo‘llashni kengaytirish, bu bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Bo‘sh turgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi
13 avgust 2024, 20:50

Bo‘sh turgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Prezident kollej va texnikumlardagi to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga bevosita ijaraga berilishini aytdi. Tushgan mablag‘lar binolarni ta’mirlash va jihozlar sotib olishga sarflanadi.

Xotinini o‘z joniga qasd qilishga majburlagan erkak 9 yilga qamaldi
13 avgust 2024, 20:19

Xotinini o‘z joniga qasd qilishga majburlagan erkak 9 yilga qamaldi

Sud muntazam zo‘ravonlik orqali xotinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan erkakka hukm o‘qidi. Ayol mart oyida Bekobod shahridagi turar joy binosining beshinchi qavatidan sakragandi.

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan tayvanlik bokschini “erkak” deb atashmoqda. Aslida-chi?
13 avgust 2024, 19:33

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan tayvanlik bokschini “erkak” deb atashmoqda. Aslida-chi?

Tayvanlik bokschi Lin Yuy-Tin Olimpiada g‘olibi bo‘ldi. U oltin medal yo‘lida o‘zbekistonlik Sitora Turdibekovani ham mag‘lub etdi. Biroq internetda hanuz uning jinsi haqidagi bahs-munozaralar davom etmoqda. “Gazeta.uz” XOQ va Tayvan yonini olgan bokschi bilan bog‘liq janjal tafsilotlarini o‘rgandi.

Bo‘stonliqdagi Mehribonlik uyi oromgohida bola boshqa tarbiyalanuvchilar tomonidan kaltaklandi
13 avgust 2024, 17:00

Bo‘stonliqdagi Mehribonlik uyi oromgohida bola boshqa tarbiyalanuvchilar tomonidan kaltaklandi

Toshkent viloyatidagi Mehribonlik uyi oromgohida Chilonzor tumanidagi 22-sonli Mehribonlik uyidan kelgan o‘smirlar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Holat videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan. Viloyat IIB tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Firibgarlikda ayblanayotgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
13 avgust 2024, 13:25

Firibgarlikda ayblanayotgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, firibgarlikda ayblanayotgan Barno Inotova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rganlardan Bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi
13 avgust 2024, 12:53

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi

Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi va bu qonunga zid. Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazildi. Hibsxona mansabdorlariga qattiq hayfsan jazosi qo‘llandi.

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi
13 avgust 2024, 10:37

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

To‘qimachi bekatidagi modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha ishlashi to‘xtatilgan Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali 16-avgustdan faoliyatini qayta boshlaydi.

Andijonda maktabdagi og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singani aytilmoqda
13 avgust 2024, 10:03

Andijonda maktabdagi og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singani aytilmoqda

Asaka tumanidagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilindi. Xabar berilishicha, ish jarayonida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yiqilib, qo‘li singan. Ular ishga maktab direktorining topshirig‘i bilan chiqqan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting