“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Saidaziz Saidaliyev 20 yilga qamaldi. Sudlanuvchilarning ba’zilari 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, ayrimlariga axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosi berildi. Bir sudlanuvchi jazodan ozod etildi. Batafsil.
IT Park University`da IT sohasida o‘qishni istagan abituriyentlar uchun ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining bosh inspektori 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U kompaniyalarning soliq qarzlarini bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berish evaziga 4 ming dollar olayotganida ushlangandi.
DXX Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Uchko‘prik tumanida 56 yoshli shaxs o‘ziniki bo‘lmagan 12 sotix yerni 130 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Qashqadaryoda esa hokimlik xodimi 25 gektar yerni 5 ming dollarga pullayotganda qo‘lga tushdi.
Poytaxtning Bektemir, Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi jami 5786 ta xonadon va 37 ta ulgurji iste’molchi 6-avgust kuni tabiiy gaz ta’minotidan uziladi.
Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun chipta tariflaridan 30 foiz chegirma e’lon qildi.
“Yashil” stansiyalarning elektr ishlab chiqarishda ortgan ulushi, Davmonopoliyalarni tugatishga doir Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi, jamoatchilik norozi bo‘layotgan shaharsozlikka doir qonun, MO mamlakatlariga yangi koridorlar ochishda yordam beradigan Yaponiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, ichki yo‘llar va ko‘priklar hokimiyatlar balansida ekani sababli ularning ko‘pi “ta’mirtalab holatda”. Shu bois endi hududiy obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil etiladi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ikkita UAZ to‘qnashuvida ulardan biri ag‘darildi. Oqibatda mashina salonidagi 6 kishi jarohatlandi. YTHga oid hujjatlar jinoiy sudga yuborildi.
Krasnoyarsk-Toshkent yo‘nalishida uchayotgan samolyot parvoz vaqtida “anomal meteorologik hodisa” — do‘lga duch keldi. Bortdagi 176 kishiga zarar yetmadi, ammo samolyotning old oynalari va meteolokator qismi shikastlandi. Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilyapti.
O‘zbekistonda hafta boshida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. 8−9-avgustda issiq kuchayadi va aksariyat hududlarda havo +40…+44 darajagacha isiydi. Ayrim kunlarda tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.
Sirdaryo daryosining Bekobod tumanidan o‘tgan hududida qum-shag‘al aralashmalari qazib olinayotgani aniqlandi. Buning ortidan tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi, 3 ta yuk mashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Payariq tumani tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa joyidagi Cobalt yong‘in ta’sirida zararlangan bo‘lishi mumkin.
“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi.
Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamadan o‘tkazildi. Biroq qonun mulkdorlarning huquqlarini yetarlicha himoya qilmasligi va boshqa sabablar tufayli jamoatchilik noroziligiga uchradi. Poytaxt hokimi qonun qabul qilinmasidan avval joylarda renovatsiya loyihalari amalga oshirish haqida qaror imzoladi.
Xonobod shahrida 29−31-iyul kunlari “Dunyo sadolari” II xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi, unga jami 6 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Andijon viloyati hokimining jurnalistlarga “Qo‘llaringdan balo ham kelmaydi” deb murojaat qilgani aytildi. Biroq hokimlik buni rad etdi. Batafsil.
Dushanba kuni tongda Andijon tumanida haydovchisi uxlab qolgan yuk mashina temiryo‘l ko‘prigiga borib urildi. Oqibatda ko‘prik va mashinaga zarar yetdi.
Yakkasaroy tumanidagi uylarning birida 12 nafar xorijlik va 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelishda gumonlanib qo‘lga olindi. IIBBga ko‘ra, xonadonda uch oy davomida 900 ming dollar aylantirilgan.
Kadastr palatasining Pastdarg‘om tumani filiali xodimi 1,5 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. U fuqaroga yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytgan.
Do‘stlik tumanida oilaviy bog‘chaning qarovsiz qolgan 3 yoshli tabriyalanuvchisi ariqqa tushib ketib, vafot etgandi. Sud bu ishda bog‘cha direktoriga 4 yil 1 oy, tarbiyachiga 4 yil va tuman SES boshlig‘iga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting