Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi takomillashtirildi.
2030 yilgacha O‘zbekistonda o‘ta qashshoqlikni tugatish, kam ta’minlangan aholi sonini hozirgiga nisbatan ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun transport vositalari haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilmaydigan bo‘ldi.
Qo‘qondagi maxsus yengil sanoat kolleji direktori davlat mulkini talon-taroj qilganlik, direktorning haydovchisi va boshqa xodimlar jinsiy zo‘rovonlikda ayblanib, hibsga olingan.
OTMga qabul jarayonida kvota tizimidan davlat buyurtmasi va tabaqalashgan to‘lov-kontrakt tizimiga o‘tkaziladi, xorijiy OTM diplomlarini tan olish va nostrifikatsiyalash tartibi soddalashtiriladi.
IMEI-kodlarini tekshirish orqali mobil qurilmalari egalari huquqlarini himoya qilish tizimi yaratiladi.
AQSHda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakov 60 dan ziyod noyob eksponatlarni Shahrisabzdagi «Maqom muzeyi"ga jo‘natdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand viloyati Samarqand shahrida joriy yil 22 oktabr kuni qayd etilgan guruhli ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Samarqanddagi Turizm kolleji yaqinida joylashgan fast-fud tamaddixonasida xot-dog iste’mol qilgan 26 kishi ovqatdan zaharlandi.
Axborot mahsulotlarining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari ishlab chiqildi. Yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborotlarni tarqatish taqiqlandi.
Qamchiq dovonida noma’lum haydovchi urib yuborgan piyodani yana bir necha avtomobil urib ketgan. IIV hodisa guvohlarini izlamoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriya amaliy fanlar universiteti (IMC University Krems) qo‘shma fakultet ochdi.
Hukumat qarori bilan yangi nizom tasdiqlandi.
Yangiyo‘lda yerto‘laga o‘rnatilgan suv isitish uskunasidan chiqqan is gazi uyga sizib kirishi oqibatida er-xotin vafot etdi.
Toshkentda o‘rnatilgan ikkita gulchangi qopqonlari gullagan o‘simliklarning changlariga bo‘lgan allergiyani nazorat qilish imkonini beradi.
Buxoro viloyatida Lacetti va Isuzu yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekiston razvedkachilari Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan «Kembriya patruli» tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.
Mirzo Ulug‘bek tuman sudida talonchilikka qo‘l urgan yigitlar ustidan hukm o‘qildi.
Ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.
Rulda telefondan foydalanish, tezlikni oshirish, mast holda mashina haydash va transportni hujjatlarsiz boshqarish kabi qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting