Jamiyat

Andijonda erkak xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi
4 avgust 2024, 09:44

Andijonda erkak xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi

Andijonda erkak turmush o‘rtog‘i va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi. Voqeaga o‘zaro janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

Firibgarlik uchun 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
4 avgust 2024, 09:33

Firibgarlik uchun 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Avtomobil oldi-sotdisi sohasida firibgarlikda ayblanib, 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.

Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
3 avgust 2024, 17:03

Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Uning faoliyatidan O‘zbekistonga yetkazilgan zarar 12 mlrd so‘m (salkam 1 million dollar)ga baholanmoqda.

Iyulda 234,7 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
3 avgust 2024, 16:58

Iyulda 234,7 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Iyul oyida 801 ta holatda jami 234 mlrd 778 mln so‘mlik elektr va tabiiy gaz talon-toroj qilindi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 304 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

DXX 4 ta viloyatda korrupsiya va firibgarlikda gumonlanayotganlarni ushladi
3 avgust 2024, 13:13

DXX 4 ta viloyatda korrupsiya va firibgarlikda gumonlanayotganlarni ushladi

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi (8500$), Xorazmda DUK mutaxassisi (3500$) va Savdo-sanoat palatasi bo‘limi xodimi, Qashqadaryoda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.b. (1500$), Samarqandda MCHJ mutaxassisi (1100$) hamda bojxona posti boshlig‘i (200$) korrupsiya va firibgarlikda gumonlanib ushlandi.

Vengriya poytaxti ta’mlari: Budapeshtda nimalarni tatib ko‘rish kerak?
3 avgust 2024, 13:00

Vengriya poytaxti ta’mlari: Budapeshtda nimalarni tatib ko‘rish kerak?

Qanot Sharq aviakompaniyasi Vengriya poytaxtining noyob milliy taomlari bilan tanishish va boy gastronomik madaniyatidan bahramand bo‘lish uchun Budapeshtga tashrif buyurishga taklif qiladi.

2-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
2 avgust 2024, 23:28

2-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Fuqaroga tarsaki tushirgani uchun jazolangan Chiroqchi hokimi, O‘zbekistonning Olimpiadadagi navbatdagi medali, elektromobillar importiga bojni “100 foiz” qo‘llashini aytgan SSP rahbari, Toshkentda quriladigan 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda Tracker “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib ketdi
2 avgust 2024, 21:58

Toshkentda Tracker “peshexod"dan o‘tayotgan piyodani urib ketdi

Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi.

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qildi
2 avgust 2024, 21:41

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi vaziyat tufayli fuqarolarga bir qator tavsiyalar berdi. Elchixona Isroilning ayrim hududlariga bormaslik, rasmiy xabarlarni kuzatib borish, ommaviy yig‘ilish va jamoat joylariga tashrif buyurmaslikni so‘radi.

Chiroqchi hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi, vilhokimlik u jazoga tortilganini aytdi
2 avgust 2024, 20:37

Chiroqchi hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi, vilhokimlik u jazoga tortilganini aytdi

Qashqadaryo hokimligi Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videoga munosabat bildirdi — u “intizomiy jazoga tortilgan” va “qat'iy ogohlantirilgan”. Tayinloviga bir yil ham to‘lmagan hokim bundan avval ham topshiriqlar ijrosidagi kamchiliklari uchun hayfsan olgandi.

Toshkentdagi Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida yosh daraxt qo‘porildi, boshqalarining ildizlariga zarar yetdi
2 avgust 2024, 19:18

Toshkentdagi Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida yosh daraxt qo‘porildi, boshqalarining ildizlariga zarar yetdi

“Gazeta.uz” nashriga o‘quvchidan Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida daraxt ildizi qo‘porilgani haqida xabar kelib tushdi. Videodan ko‘rinib turibdiki, ba’zi joylarda ekskavator kovshi yerni daraxt tanasiga yaqin joydan chopgan. Ekovazirlikka ko‘ra, ekoinspeksiya xodimlari holatni o‘rganmoqda.

100 yil avval Germaniyaga o‘qishga ketgan turkistonlik talabalar nimalar haqida xat yozgan?
2 avgust 2024, 18:18

100 yil avval Germaniyaga o‘qishga ketgan turkistonlik talabalar nimalar haqida xat yozgan?

“Ovrupo va Amriqoga o‘quvchilar yuborishimiz lozim”, “Xalqimizni qanday bo‘lsa ham yorug‘liqqa chiqorish niyatidaman”, “Turkiston butunlik istaydi”. Bu — 1922-yilda Germaniyaga o‘qishga ketgan turkistonliklarning xatlaridan iqtiboslar. “Gazeta.uz” xatlarning ayrimlarini mushtariylar e’tiboriga havola qiladi.

Andijonda totalizatorda yutqazgan 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi
2 avgust 2024, 17:54

Andijonda totalizatorda yutqazgan 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi

Asaka tumanida 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi. U o‘limidan oldin onlayn o‘yinlarda “11 mln so‘m qarzga kirgani va oxirgi chora o‘lim” ekanini aytib, ovozli xabar qoldirgan.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (3−4-avgust)
2 avgust 2024, 15:40

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (3−4-avgust)

Blackpink guruhi konserti haqidagi film va boshqa yana oltita premyera, “Teplo” mahalliy brendlar yarmarkasi, “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko’rgazmasi va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
2 avgust 2024, 15:16

Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

Bulung‘ur tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi 1 mlrd 109 mln so‘mlik 1 mln 286 ming kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Urganch aeroporti 5-avgustdan faoliyatini tiklaydi
2 avgust 2024, 14:05

Urganch aeroporti 5-avgustdan faoliyatini tiklaydi

Urganch aeroporti 5-avgustdan faoliyatini tiklaydi. Uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash belgilangan muddatdan oldin yakunlandi.

Dam olish kunlari havo quruq va kam bulutli bo‘ladi
2 avgust 2024, 13:02

Dam olish kunlari havo quruq va kam bulutli bo‘ladi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +34…+39, janubda va cho‘l hududlarda +40…+42 darajagacha bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekiston shaharlarida Coke Studio Road Show festivali bo‘lib o‘tdi
2 avgust 2024, 13:00

O‘zbekiston shaharlarida Coke Studio Road Show festivali bo‘lib o‘tdi

Coca-Cola MY5 bilan birgalikda O‘zbekistonning to‘rtta shahrida Coke Studio Road Show festivalini tashkil etdi. Tadbir doirasida ko‘ngillilar tomonidan 200 kg ga yaqin plastmassa yig‘ilib, qayta ishlashga yuborildi.

Uzum Bank Visa virtual kartasiga oldindan buyurtma berish xizmatini ishga tushirdi
2 avgust 2024, 11:00

Uzum Bank Visa virtual kartasiga oldindan buyurtma berish xizmatini ishga tushirdi

Uzum Bank Visa xalqaro to‘lov tizimining virtual kartasiga oldindan buyurtma berish imkoniyatini ishga tushirdi. Bu infratuzilmada amalga oshirilgan birinchi moliyaviy mahsulot bo‘ldi.

Buxoro viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
2 avgust 2024, 10:57

Buxoro viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi qo‘shni Navoiy viloyatidagi ayrim hududlarda ham sezildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting