Jamiyat

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
19 noyabr 2024, 10:29

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Yashnobod tumanida joylashgan MCHJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning oqibatida 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Toshkentda 3 kishini Angliyaga ishlashga yuborish uchun 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
19 noyabr 2024, 00:19

Toshkentda 3 kishini Angliyaga ishlashga yuborish uchun 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura departamenti Toshkent shahrida uch kishini Angliyaga ishga yuborishini aytib, 12 ming dollar olayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

18-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 noyabr 2024, 23:47

18-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi, parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytgan prezident, O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklar to‘g‘risidagi qonun, park va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi
18 noyabr 2024, 23:38

Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki yo‘lovchi jarohatlandi. Yashnobod tumanida esa 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi. Surishtiruv ishlari boshlandi.

Toshkentdagi Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi
18 noyabr 2024, 17:50

Toshkentdagi Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi

Poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi. Hokimlik loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston bosh konsulxonasi qarindoshi fohishalikka majburlagan qizning Turkiyadan qaytishiga yordam berdi
18 noyabr 2024, 15:15

O‘zbekiston bosh konsulxonasi qarindoshi fohishalikka majburlagan qizning Turkiyadan qaytishiga yordam berdi

Diplomatlar va jamoat tashkilotlari xolavachchasi ish topib berishini aytib, Turkiyaga chaqirgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining uyiga qaytishiga ko‘maklashdi. Qizni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilishgan. Mahalliy politsiya uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi.

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
18 noyabr 2024, 12:59

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ish haftasi oxiriga kelib ham ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U qachondan qatnaydi?
18 noyabr 2024, 12:33

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U qachondan qatnaydi?

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Dizel poyezdi sinov jarayoni yakunlangach, Konstitutsiya kuni arafasida yo‘lovchilarga foydalanishga topshiriladi. Kompaniya 2025−2026-yillarda vagon parki yana 70 ta yangisi bilan to‘ldirilishini qo‘shimcha qildi.

Xorazmda qariyb 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
18 noyabr 2024, 10:23

Xorazmda qariyb 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Urganch tumanida 2 mlrd 92 mln so‘mlik gazdan yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib foydalangan novvoyxona aniqlandi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 21 yoshli haydovchiga hukm o‘qildi
18 noyabr 2024, 09:39

Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 21 yoshli haydovchiga hukm o‘qildi

Urgut tumanida 21 yoshli Cobalt haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan Damas`ga urilgandi. YTH oqibatida haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘lgan. Sud hukmi bilan Cobalt haydovchisi 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘zbekistonda 18−24-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
18 noyabr 2024, 08:48

O‘zbekistonda 18−24-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy hafta havo harorati me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shu darajadaki, ayrim hududlarda daraxtlar qayta barg ochishi hodisalari ham kuzatilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik ham (hatto qor ko‘rinishida) bo‘ladi. Hafta boshida deyarli butun mamlakat bo‘ylab tuman tushishi kutilyapti.

“Diyora Keldiyorovadek sportchi bo‘laman derdi” — Sergelidagi YTHda halok bo‘lgan 9 yoshli qizaloqning onasi
17 noyabr 2024, 20:34

“Diyora Keldiyorovadek sportchi bo‘laman derdi” — Sergelidagi YTHda halok bo‘lgan 9 yoshli qizaloqning onasi

Sergelida 19-sentabr kuni BYD avtomobili tezlik cheklovini buzib, maktabdan qaytayotgan 9 yoshli Soliha Lutfullayevani urib yuborgandi. Hodisa oqibatida qizaloq vafot etgan. Butunjahon YTH qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” Solihaning onasi — Nigora opa bilan birga uni yodga oldi.

O‘zPFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
17 noyabr 2024, 17:50

O‘zPFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi

Noyabrning uchinchi yakshanbasida butun dunyoda yo‘l-transport hodisalari qurbonlari xotirlanadi. Bu yil sana 17-noyabrga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu kuni Superliganing 2024-yilgi ramziy termasini maxsus videorolik bilan e’lon qildi va uni YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi.

Surxondaryoda Nexia urib yuborgan 7 yoshli bola halok bo‘ldi
17 noyabr 2024, 14:57

Surxondaryoda Nexia urib yuborgan 7 yoshli bola halok bo‘ldi

Bandixon tumanida Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda bola tuman shifoxonasida vafot etdi.

So‘rovnoma: Talaba bir oyda qancha pul sarflaydi?
17 noyabr 2024, 11:44 1

So‘rovnoma: Talaba bir oyda qancha pul sarflaydi?

“Gazeta.uz” Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan ulardan ushbu sanani nishonlash, bir oyda qancha mablag‘ sarflashlari hamda talabalik hayoti haqida so‘radi.

Piskentda noma’lum shaxslar itlarni otib tashladi. IIBB vaziyat nazoratga olinganini bildirdi
17 noyabr 2024, 10:32 2

Piskentda noma’lum shaxslar itlarni otib tashladi. IIBB vaziyat nazoratga olinganini bildirdi

Piskentda noma’lum shaxslar itlarni otib tashladi. Toshkent viloyati IIBB ulardan ov qurollari olib qo‘yilganini bildirdi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi. O‘zbekistonda qarovsiz hayvonlarni tutish xizmatlarining jonivorlarga shafqatsiz munosabati hamon dolzarb muammoligicha qolmoqda.

Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bilan uchrashdi
17 noyabr 2024, 08:55

Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bilan uchrashdi

Bolalar ombudsmani Samarqandda guruhli jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan maktab o‘quvchisi bilan uchrashdi. Qizga har tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatila boshlandi. Jabrlanuvchining onasi OAVdan jinoyat tafsilotlarini e’lon qilmaslikni so‘radi.

Probatsiya xizmati inspektorlariga huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berildi
16 noyabr 2024, 15:29

Probatsiya xizmati inspektorlariga huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berildi

O‘zbekistonda probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati berildi.

Bosfor bo‘g‘ozi: Yevropa va Osiyo uchrashadigan manzil
16 noyabr 2024, 13:00

Bosfor bo‘g‘ozi: Yevropa va Osiyo uchrashadigan manzil

Asialuxe Travel turoperatori Yevropa va Osiyo uchrashadigan, Istanbul esa butun go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladigan Bosfor bo‘ylab unutilmas sayohatlarni taklif etadi.

“Nogironligi bor shaxslarga imtiyoz emas, imkoniyat kerak”. Adabiyot va AKTni birlashtirgan Mirali G‘iyosov hikoyasi
16 noyabr 2024, 12:26

“Nogironligi bor shaxslarga imtiyoz emas, imkoniyat kerak”. Adabiyot va AKTni birlashtirgan Mirali G‘iyosov hikoyasi

U o‘zbek tilidagi nutq sintezatori, “Kitob Plyus” loyihasi mualliflaridan. Hozir o‘zi o‘qigan ko‘zi ojiz bolalar maktabida dars beradi, jurnallarda ishlaydi. Jamiyat va inson orasida to‘siqlar bo‘lsagina kishi o‘zini nogiron his qiladi, deb hisoblovchi Mirali G‘iyosov — “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting