Jamiyat

BMTTD va Uzum hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
16 iyul 2024, 19:00

BMTTD va Uzum hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Uzum ekotizimi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘zbekistonliklarga raqamli savodxonlik va tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish niyatida hamkorlik memorandumini imzoladi.

DXX fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlarni qo‘lga oldi
16 iyul 2024, 18:09

DXX fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi
16 iyul 2024, 18:03

Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi

O‘zbekiston fuqarosi fevralda Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan, biroq jangovar tayyorgarlikni tamomlab, harbiy lagerdan qochib, uyiga qaytgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga “Yollanish” moddasi bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi
16 iyul 2024, 16:06

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi

Prezident Farg‘onaga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi bilan uchrashdi va o‘sha chog‘da unga bir qiz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagi borligi haqida gapirdi. Ertasi kuni u universitetga grant asosida o‘qishga kirgani to‘g‘risida sertifikatni qabul qildi.

UzAuto Motors 17-iyul kuni yana Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi
16 iyul 2024, 15:22 1

UzAuto Motors 17-iyul kuni yana Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi

17-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzishni qayta ochadi.

Toshkent viloyatidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 2 fuqaro qutqarildi
16 iyul 2024, 15:01

Toshkent viloyatidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 2 fuqaro qutqarildi

“Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadi Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan 2 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular soat tungi soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 tonna insonparvarlik yordamini yubordi (foto, video)
16 iyul 2024, 14:11

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 tonna insonparvarlik yordamini yubordi (foto, video)

Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya seldan jabr ko‘rgan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga 200 tonna insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Yordam tarkibidan xo‘jalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
16 iyul 2024, 13:16

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

17−22-iyul kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.

Bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
16 iyul 2024, 12:56

Bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda

Jinoyat kodeksining oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126−1-moddasi bolaga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni rasman joriy qildi
16 iyul 2024, 12:55

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni rasman joriy qildi

Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Bunday reja may oyi oxirida e’lon qilingandi.

Skuter, moped va velosipedda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda
16 iyul 2024, 11:48

Skuter, moped va velosipedda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Toshkentning Temur Malik ko‘chasida qurilayotgan yangi yo‘l o‘tkazgich qanday bo‘ladi?
16 iyul 2024, 10:58

Toshkentning Temur Malik ko‘chasida qurilayotgan yangi yo‘l o‘tkazgich qanday bo‘ladi?

Poytaxtning Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab o‘tadigan yangi yo‘l o‘tkazgichda burilish joylari, ko‘cha chetida velosiped yo‘laklari bo‘ladi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan joyda piyodalar yer osti yo‘lagi quriladi. Masjid oldida esa yana bitta yer osti yo‘lagi qurib bitkazilmoqda.

Bilimni baholash agentligi — huquqshunoslik fanlaridagi savollarga oid e’tirozlar haqida
16 iyul 2024, 10:00

Bilimni baholash agentligi — huquqshunoslik fanlaridagi savollarga oid e’tirozlar haqida

Tarmoqlarda OTM imtihonlarida huquqshunoslik fanlarida darslikda yo‘q, shuningdek, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyatlar paydo bo‘ldi. Bilimni baholash agentligi testlar DTS va o‘quv dasturlariga asoslangani, abituriyentning bilim va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilganini ta’kidladi.

Toshkentda qishloqliklarni haqoratlagan qiz jarimaga tortildi
16 iyul 2024, 09:33

Toshkentda qishloqliklarni haqoratlagan qiz jarimaga tortildi

Tarmoqlarda qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deya haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Sud unga 6,8 mln so‘m jarima tayinladi.

Qashqadaryoda sex 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
16 iyul 2024, 01:01

Qashqadaryoda sex 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida omixta yem ishlab chiqarish sexi gaz tarmog‘iga ulanib, 1 mlrd 65 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Moskva transport boshqarmasi vakillari O‘zbekiston YHXX mutaxassislari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi
16 iyul 2024, 00:11

Moskva transport boshqarmasi vakillari O‘zbekiston YHXX mutaxassislari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi

Moskva transport boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekiston ko‘chalari va yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini takomillashtirish va xavfsizlikni oshirishga ko‘maklashish maqsadida Toshkentga keldi.

Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda
15 iyul 2024, 23:48

Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda

Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda. U faoliyatini 2024/25 o‘quv yilidan boshlaydi va muhandislik, arxitektura, IT, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydi. Bitiruvchilarga AQSh universitetlarining diplomi beriladi.

15-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 iyul 2024, 23:05

15-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gaz “zapravka"lar uchun yangi talablar, muomalasi kamayayotgan naqd pullar, soliq to‘lovchilar uchun SIga asoslangan virtual yordamchi, O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan BYD Seagull hamda E2 va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Urganch aeroportidagi ta’mirlash vaqti yo‘lovchilar Nukusgacha bepul transfer qilinadi — jadval
15 iyul 2024, 20:04

Urganch aeroportidagi ta’mirlash vaqti yo‘lovchilar Nukusgacha bepul transfer qilinadi — jadval

Ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha (20-iyul — 7-avgust) yopilayotgan Urganch xalqaro aeroportidan Nukus aeroportigacha bepul transfer yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslar yo‘lovchilarga jo‘nab ketishda ham, uchib kelishda ham xizmat ko‘rsatadi. Uzbekistan Airports maxsus jadvalni e’lon qildi.

Qashqadaryoda 13 mln dollarga quyosh panellari korxonasi qurilmoqda
15 iyul 2024, 19:01

Qashqadaryoda 13 mln dollarga quyosh panellari korxonasi qurilmoqda

Qarshi shahrida xitoylik hamkorlar bilan birga quyosh panellari ishlab chikarish korxonasi qurilmoqda. Loyihaning qiymati 13 mln dollarga teng. Korxona to‘liq quvvatda ishlaganda bir yilda 150 MVt hajmdagi mahsulot ishlab chiqarishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting