2024-yil oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 894 279 nafar abituriyentning 805 688 nafari testda qatnashadi. 88 591 kishining topshirgan hujjati turli sabablar bilan qabul qilinmagan. Imtihon olish uchun 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino tayyorlanmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB Rishton tumanidagi idora xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani aytilgan fuqaroning tutqanog‘i tutib qolganini ma’lum qildi. “Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.
Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning kiyim brendi reklamasidagi ishtirokini izohlab, bundan “mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgani, vazirning moddiy manfaatdorlik olish maqsadi bo‘lmagani”ni bildirdi. “U mamlakatning barcha qonunlariga qat’iy rioya etadi”, — deydi vazirlik.
Rishton tumanida elektroshoker qo‘llab IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi. Uning jiyani janjal tasvirga tushib qolgan do‘kon kamerasidan barcha kadrlar PPX xodimlari tomonidan o‘chirtirib yuborilganini aytmoqda.
Internetda iste’molchilarning elektr hisoblagichlar ishlatilgan elektr energiyasini oshirib ko‘rsatayotgani yoki ijtimoiy me’yor doirasida noto‘g‘ri to‘lovlar olayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan ana shunday muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
Qarshi shahrida BYD Song Plus yo‘liga chiqib kelgan Spark bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida Spark haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi. Qiz voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Yoz — unutilmas sayohatlar vaqti. Asialuxe Travel turoperatori iyul oyida dam olish uchun beshta yaxshi manzillar ro‘yxatini tayyorladi.
Toshkent xalqaro aeroportida endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin. Shu paytgacha bu xizmat faqat 2 ta kompaniya bilan cheklangandi.
Qarshi tumanida shar’iy nikoh asosida yashab kelgan er-xotin 8 kunlik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lib, pulning 45 mln so‘mini olganda ushlandi. Sudda ular bu mablag‘ga uy sotib olmoqchi bo‘lganini aytdi. Erkak 5 yilga qamaldi, ayolga nisbatan 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Yunusobod tumanida Spark urib yuborgan ikki piyoda jarohatlanib, shifoxonaga murojaat qildi. Tarqalgan videolavhalarda bir ayol yerda yotgani, uning atrofida qon izlari borligini ko‘rish mumkin.
Faoliyati tugatilgan Maktabgacha ta’lim agentligi, Qirg‘izistonga yuborilgan insonparvarlik yordami, ShHTda iqtisodiy hamkorlikni qaytadan boshlash kerakligini aytgan Mirziyoyev, “Lukoyl” korxonasiga nisbatan ochilgan ish va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
SSV rahbari 2024-yil oxirigacha Toshkent shahrida dori vositalariga elektron retseptlar joriy etish rejalarini ma’lum qildi. Bu tizim raqobat muhitini yaratib, shifokorlarning “juda ko‘p keraksiz dori-darmonlar"ni yozib berishining, shuningdek, kontrabanda mahsulotlari sotilishining oldini oladi, dedi u.
Andijonda 2-iyuldan boshlab 1-sonli avtobus yo‘nalishi brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazildi. Bu bilan kunlik reja bekor bo‘lib, hisob-kitob bosib o‘tilgan yo‘l va sifat mezonlaridan kelib chiqib qilinadi. Tez orada yana 3 ta shahar avtobus yo‘nalishi bosqichma-bosqich ushbu tizimga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sergeli tumanida o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar og‘zaki kelishmovchilik sabab janjallashdi. Tarmoqlardagi videoda voqea ishtirokchilaridan biri avtomobilni odamlar ustiga haydagani aks etgan. Oqibatda 5 kishi jarohat oldi, holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchilar ushlandi.
Buxoroda to‘yi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari jarimaga tortildi. Bolalar ombudsmani nikoh yoshi talabining buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy kamol topish huquqlariga mutlaqo zidligini aytdi. Yil boshidan buyon sudlar tomonidan bu bo‘yicha 125 ga yaqin ish ko‘rib chiqilgan.
Xo‘janddan Dushanbe shahri tomon harakatlangan Nexia 2 avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro — mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Umra tadbirlarini tashkil etish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Litsenziyani olish uchun BHMning 10 baravari miqdorida boj to‘lash kerak. Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyani qalbakilashtirish BHMning 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi.
Pokiston va Xitoy rahbarlari bilan uchrashgan Mirziyoyev, suv bosgan Yunusobod ko‘chalari, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha o‘zgarishsiz qoldirilgan hukm, Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida suv quvuridagi avariyani bartaraf etish ishlari yakunlandi. Suv ta’minoti tiklandi. Yerto‘lalarda namlik borligi uchun elektr hozircha ulanmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting