Tchoban Voss Architekten tayyorlagan loyiha asosida 2025-yilda Toshkentdagi Chorsu maydonini qayta qurish boshlanadi. Loyiha Toshkent ramzlaridan biri — “Chorsu” mehmonxonasi taqdiriga ham nuqta qo‘yadi. “Gazeta.uz” muxbiri binoda bo‘ldi hamda loyiha mualliflari va arxitektorlarning fikrlarini jamladi.
O‘zgidromet O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi. Havo harorati ba’zi joylarda -3 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Hududlarni suv bosishi mumkin.
Seshanba kunidan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab havo asta-sekin soviy boshlaydi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Ish haftasi yakuniga qadar havo harorati kunduzi +5…+10 darajagacha, kechasi 0, ayrim joylarda -2 darajagacha pasayadi.
Toshkent shahrida fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari jabrlanuvchini chuqurdan chiqarib olib, shifokorlarga topshirdi.
Toshkent shahrida isitish mavsumi 7-noyabrdan bosqichma-bosqich boshlanadi. 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida voyaga yetmagan qiziga jarohat yetkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. 9 yoshli qiz shifoxonaga yotqizilgan.
7TECH, BEFIT PRO va OU7 Training har bir oddiy harakat katta sovrinlarga yaqinlashtirishi mumkin bo‘lgan kuzgi chellenjni boshlayapti.
Poytaxtda 9-noyabrda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi. Hokimlik tashkilotlar, korxona hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi.
Dushanba kuni ertalab Ohangaron tumanida Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashib ketdi. Birozdan so‘ng avtoulovlarda qisqa tutashuv sabab yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, yong‘in o‘chirildi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Pedagog o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. Holat yuzasidan ma’muriy ish ochilgan.
O‘zbekistonda issiq harorat ortidan, dushanba kechga tomon aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutiladi. Hafta o‘rtasiga qadar kamida ikkita nam havo oqimi ta’sirida joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘inlar va sovuq harorat kuzatiladi. Hafta oxiri, xususan, dam olish kunlari quruq, ammo sovuq bo‘ladi.
Qamchiq dovonida qisqa tutashuv sabab yuk avtomobili yonib ketdi. Dovon yo‘lida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi.
2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi.
Kuz — ijod fasli. Uning rango-rangligi kishilarni beixtiyor suratchiga aylantiradi. Biz quyidagi fotojamlanmada AQSh, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Kanada va Slovakiya kabi mamlakatlarda kuz qanday o‘tayotganini ko‘rsatishga harakat qildik.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan olindi. Viloyat MMTB rahbar pedagogik etika qoidalaridan chetga chiqqanini ma’lum qildi.
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hududda tezkor tadbirlar o‘tkazib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Toshkentning zaxlagan uylari issiqlik berilishini kutayotgan bir paytda, tashqarida yoqimli kuz havosi hukmron. Daraxtlar sarg‘ish- qizg‘ish kuzgi liboslarini kiygan, hammayoq xazon. Lekin ko‘z quvnaydi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin 2024-yil kuzining shunday manzaralaridan bir to‘plam tayyorladi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan.
Avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda direktor o‘quvchilarni kaltakladi. IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting