Jamiyat

Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi
3 iyul 2024, 20:55 1

Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mahalliy kiyim brendini reklama qilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi, dedi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Jamoatchilik vazirning reklama roligidagi ishtirokini qonunbuzilish holati sifatida baholamoqda.

Deputatlar “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi
3 iyul 2024, 19:39

Deputatlar “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Qonunchilik palatasi sohadagi davlat siyosatini, taqiq va cheklovlarni belgilab beruvchi “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Deputatlar O‘zbekistonning kosmosdan foydalanish bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bitimni ham ma’qulladi.

Ilgari 2 marta rad etilgan elektron dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentda 3-marta ko‘rilmoqda. Asosiy ma’lumotlar
3 iyul 2024, 17:28

Ilgari 2 marta rad etilgan elektron dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentda 3-marta ko‘rilmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Deputatlar kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun elektron (raqamli) dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi, bu qonunni parlamentdan o‘tkazishga uchinchi urinish. Deputatlardan biri hujjatdagi kamchiliklarga to‘xtalib, “fojiaviy oqibatlar” haqida ogohlantirdi.

Toshkent-Budapesht-Toshkent yangi reyslari amalga oshirildi
3 iyul 2024, 17:00

Toshkent-Budapesht-Toshkent yangi reyslari amalga oshirildi

30-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qanot Sharq aviakompaniyasining Toshkent-Budapesht-Toshkent yangi reyslari ishga tushirilishi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Foto: Yunusobodning quvur yorilishi oqibatida suvga to‘lgan hovlilari
3 iyul 2024, 16:53

Foto: Yunusobodning quvur yorilishi oqibatida suvga to‘lgan hovlilari

Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning hovli va yerto‘lalari quvur yorilishi oqibatida suvga to‘ldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin hodisa joyida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.

Sud “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
3 iyul 2024, 16:50

Sud “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

Apellyatsiya sudi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Farmatsevtika agentligining sudlangan sobiq rahbarining onasi tomonidan to‘langan 2,5 mlrd so‘m pul jabrlanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

Katta Farg‘ona kanalidan erkak murdasi topildi
3 iyul 2024, 14:38

Katta Farg‘ona kanalidan erkak murdasi topildi

Bag‘dod tumanida erkak Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan 3 kun o‘tib kanalning O‘zbekiston tumanidan o‘tgan qismida topildi.

Yunusobodda suv toshdi: sabablar, oqibatlar, mas’ullardan qarama-qarshi bayonotlar (+ foto, video)
3 iyul 2024, 13:47

Yunusobodda suv toshdi: sabablar, oqibatlar, mas’ullardan qarama-qarshi bayonotlar (+ foto, video)

Toshkentning Yunusobod tumanida suv quvuridagi nosozlik ortidan suv bosdi. FVVga ko‘ra, 13 ta ko‘p qavatli uy yerto‘lasi va ichki yo‘llarga suv kirgan. “Suvta’minot” holat qozonxonada elektr uzilgani uchun yuz berganini aytgandi, Energetika vazirligi buni rad etib, uzilish bo‘lmaganini ta’kidladi. Foto, video.

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tunnel aniqlandi, 1 mlrd so‘mlik dorilar olib qo‘yildi
3 iyul 2024, 11:13

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tunnel aniqlandi, 1 mlrd so‘mlik dorilar olib qo‘yildi

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida yashirin tunnel aniqlanib, jinoiy guruh a’zolaridan Hindistonda chiqarilgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi. Uzunligi 310 metr bo‘lgan tunnelda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuk arava va arqonlar borligi aniqlandi (+ video).

Poytaxtning Yunusobod tumanida quvur yorilishi tufayli ko‘chalarni suv bosdi (foto)
3 iyul 2024, 10:33

Poytaxtning Yunusobod tumanida quvur yorilishi tufayli ko‘chalarni suv bosdi (foto)

Toshkent shahri Yunusobod tumanining 6−7-dahalarida magistral suv quvurining yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Hududning bir qismi suv ta’minotisiz qolmoqda. Yo‘l harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Yo‘l obyektlari ta’miri bilan bog‘liq ishlar tegishli ruxsatnoma bilangina amalga oshiriladi
3 iyul 2024, 10:25

Yo‘l obyektlari ta’miri bilan bog‘liq ishlar tegishli ruxsatnoma bilangina amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

Yaponiya O‘zbekistonga 6,2 mln dollarlik 4 ta tibbiy mobil konteyner topshiradi
3 iyul 2024, 10:16

Yaponiya O‘zbekistonga 6,2 mln dollarlik 4 ta tibbiy mobil konteyner topshiradi

Yaponiya O‘zbekistonga qiymati 6 mln dollardan ortiq bo‘lgan yana to‘rtta tibbiy mobil konteyner yetkazib beradi. Ular kompyuter tomografiyasi, ultratovush, rentgen va boshqa uskunalar uchun skanerlar bilan jihozlangan va mamlakatning istalgan nuqtasiga joylashtirish mumkin.

2-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
2 iyul 2024, 22:55

2-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Deputatlikka saylangan Toshkent hokimi, gazni subsidiyalash uchun ajratilgan 9,5 trln so‘m, kechasi shovqin ko‘targanlik uchun kuchaytirilayotgan choralar, Parij olimpiadasi sovrindorlari uchun mukofot pullari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Buxoroda voyaga yetmagan bola va qiz turmush qurgani aniqlandi
2 iyul 2024, 22:29

Buxoroda voyaga yetmagan bola va qiz turmush qurgani aniqlandi

Buxoroda oilalari kelishuvi asosida 16 yoshli bola va 17 yoshli qizning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani ularning ota-onalarini ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Urganch tumani qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 iyul 2024, 20:50

Urganch tumani qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urganch hokimligi yerini berish komissiyasi mansabdorlari, xususan, qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular 1,5 ga ekin maydonini savdo shoxobchasi qurish uchun ajratib bergan. Shuningdek, 15 ming kv. m. qishloq xo‘jaligi yerida turar joy qurishga ruxsat berib, 756 mln so‘m zarar yetkazgan.

Endi yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn olish mumkin
2 iyul 2024, 19:10

Endi yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn olish mumkin

O‘zbekistonda endi yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn tarzda olish mumkin (ilgari faqat almashtirish mumkin edi). Hujjatni eng yaqin Davlat xizmatlari markazidan olish yoki pochta orqali uyga buyurtma qilish mumkin.

O‘zbekistonda tungi vaqtda shovqin ko‘targanlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
2 iyul 2024, 14:30

O‘zbekistonda tungi vaqtda shovqin ko‘targanlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligi hamda normal dam olishini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu uchun jarima fuqarolar uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdorlarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha etib belgilanmoqda.

Guliston shahri ETK boshlig‘i pora olishda gumonlanmoqda
2 iyul 2024, 12:28

Guliston shahri ETK boshlig‘i pora olishda gumonlanmoqda

Guliston shahri elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i 90 mln so‘m pora olishda gumonlanmoqda. U tadbirkorning elektr ta’minotidagi 200 mln so‘mdan ortiq qarzdorligini kamaytirib berishni va’da qilgan.

“Vahshiylarcha munosabat qilib, ukamni o‘ldirishdi” — IIB binosida vafot etgani aytilayotgan erkakning akasi
2 iyul 2024, 11:12

“Vahshiylarcha munosabat qilib, ukamni o‘ldirishdi” — IIB binosida vafot etgani aytilayotgan erkakning akasi

“Gazeta.uz” Toshkent viloyati Bekobod shahri IIB binosida kaltaklanib vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkakning akasi bilan suhbatlashdi. U voqea qanday bo‘lgani, xodimlarning xatti-harakati hamda adolat istayotgani haqida gapirdi. Hozirda ish doirasida 1 nafar IIB xodimi qamoqqa olingan.

Uchta tuman hokimi o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi
2 iyul 2024, 09:53

Uchta tuman hokimi o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi

DXX Taxiatosh, Bo‘ston va Bo‘ka tumanlari hokimlari o‘rinbosarlarini pora olishda gumonlab qo‘lga oldi. Xususan, Taxiatosh hokimi o‘rinbosari fuqaroga hokimlik balansidagi buzilishga tushgan uyni fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga 35 mln so‘m talab qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting