O‘zbekistonda SAT imtihonidan 75 foizdan yuqori natija olgan yoshlar OTMga grant asosida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi prezident. Qolaversa, 73 ta akademik litseyda “Xalqaro bakalavriat” va A-level dasturlari joriy qilinadi, ularni bitirganlar oliygohlarga imtihonsiz kiradi.
“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi.
Reikartz mehmonxonalar tarmog‘i Qo‘qon markazidagi kamtarona mehmonxonani mehmondo‘stlikning “oltin” standartida qayta ishga tushirishga qaror qildi va loyihaga taxminan 100 ming AQSh dollari sarmoya kiritdi.
1-oktabrdan Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlarining yillik reytingini tuzishni boshlaydi. Undagi natijalarga qarab, chekka hududlardagi eng yuqori ko‘rsatkichli 100 ta xususiy o‘quv markaziga ijara xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
Angren shahrida aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish shoxobchasi barpo etildi. Shoxobchaning o‘zida do‘kon ham tashkil etilgan. U yerda fuqarolar chiqindilarni sotishdan tushgan pulga turli buyumlar xarid qilishi mumkin.
Toyloq tumanida erkak 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklab, musht tushirdi. Bolada jarohatlar aniqlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Erkak ruhiyatida o‘zgarishlar borligi tufayli shifoxonaga yotqizildi.
DXX Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yashirin narkolaboratoriya tashkil etganini aniqladi. Uydan sintetik giyohvandlik vositalari, 7 kg yarimtayyor narkotik moddalar va 237 kg prekursorlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.
“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin tunda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan poytaxtdagi Chorsu bozorida bo‘ldi. Fotoreportaj.
Jurnalist, Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga 1990−1993-yillarda hokimlik qilgan Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.
Gulistondagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti"ning 3 nafar xodimi gazdan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jizzaxdagi BYD zavodida ishlab chiqarish boshlangan avtomobillar, AES qurilishi shartnomasiga oid bayonnoma, O‘zbekistonning JCh saralashi 3-bosqichidagi raqiblari, “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayonlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
IIV tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati cheklandi. Jarima qarorlarining imtiyozli davri avtomatik tiklab beriladi, deb yozdi vazirlik.
Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda alohida yutuqqa erishgan 28 nafar yigitni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi.
Prezident Zomin tumanida Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi. Maxsus zonani infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Rishton tumanidagi bozor oldida to‘xtab turgan Lacetti mashinasining gaz balloni portladi. FVB atrofdagi bir necha kishi jarohat olgani, IIB esa bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
CMWP konsalting kompaniyasining qurilish boshqaruvi departamenti loyiha direktori Andrey Shmelkov O‘zbekistondagi omborxona ko‘chmas mulki bozori, Balton Trading Asia tomonidan A toifali ombor qurilishi, uning o‘ziga xosligi va “yashil” standartlarga muvofiqligi haqida gapirib berdi.
Poytaxtdagi yuqori voltli liniyalarda yuklama ortishi oqibatida Toshkent shahrining uchta tumani va Toshkent tumanining ayrim iste’molchilari elektr ta’minotisiz qoldi.
Guliston shahridagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo suv ta’minoti” kompaniyasining 3 nafar xodimi gazdan zaharlandi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Yandex Go taksi xizmati Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida ish boshladi. Sayohatlar uchun yo‘l haqi naqd yoki ilovaga bog‘langan karta orqali to‘lanadi, minimal narx 2500 so‘mdan boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting