Jamiyat

Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
20 iyun 2024, 17:39

Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlarini aniqladi. Xususan, bir holatda Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi.

Toshkentda 20 yoshli yigit Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi
20 iyun 2024, 16:05

Toshkentda 20 yoshli yigit Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi

Jahon tillari universitetining 20 yoshli talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi. U kursdoshlari bilan cho‘milmoqchi bo‘lgan, biroq suv oqimi tezligi hamda sovuq bo‘lgani oqibatida oqib ketgan.

Yaponiya Qashqadaryodagi tibbiyot tashkilotlariga 195 ming dollarlik jihozlarni topshirdi
20 iyun 2024, 15:57

Yaponiya Qashqadaryodagi tibbiyot tashkilotlariga 195 ming dollarlik jihozlarni topshirdi

Yaponiya hukumati dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlariga 195 ming dollarlik tibbiyot jihozlari topshirildi. Ko‘z jarrohligi uchun fakoemulsifikator, ultratovush diagnostik uskunasi, videoendoskop, jarrohlik aspiratori shular jumlasidan.

Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan erkak qutqarildi
20 iyun 2024, 15:24

Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan erkak qutqarildi

FVV xodimlari poytaxtning Yangihayot tumanidan o‘tgan Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan erkakni qutqardi. U baliq oviga borgach, suvga tushib ketgan oyoq kiyimini olmoqchi bo‘lgan va muvozanatni yo‘qotib, o‘zi ham oqib ketgan.

Toshkent viloyatida chegaradan salkam 2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20 iyun 2024, 14:43

Toshkent viloyatida chegaradan salkam 2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan chegarada umumiy qiymati salkam 2 mlrd so‘mlik 1696 gramm zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki shaxs ushlandi.

Toshkent viloyati tog‘larida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi
20 iyun 2024, 10:40

Toshkent viloyati tog‘larida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larda adashib qolgan to‘rt nafar fuqaroni pastga tushirishga yordam berdi.

Toshkentda yuzini aniqlab bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit ushlandi
20 iyun 2024, 10:28

Toshkentda yuzini aniqlab bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit ushlandi

Toshkentdagi “Chorsu” bozori oldida qora ro‘mol kiygan, shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgan 22 yoshli yigit ushlandi. Unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik rasmiylashtirildi.

UzAuto Motors 21-iyun kuni Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi
20 iyun 2024, 09:45 2

UzAuto Motors 21-iyun kuni Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi

UzAuto Motors 21-iyun kuni soat 10:00 da 25 ming dona Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kunida amalga oshirilishi lozimligini eslatib o‘tdi.

O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
20 iyun 2024, 08:50

O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 20−24-iyun kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Mirzo Ulug‘bek tumanining bir qismi elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi
20 iyun 2024, 08:40

Mirzo Ulug‘bek tumanining bir qismi elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sakkizta mahalla payshanba kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minotisiz qoladi.

19-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
19 iyun 2024, 22:37

19-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Pedagoglar malakasi va maoshini oshirish bo‘yicha takliflar, Rossiyaga kirishda qiyinchilikka uchrayotgan o‘zbekistonliklar, Haj vaqtida vafot etgan ziyoratchilar, O‘zbekiston orqali afg‘onlarni deportatsiya qilmoqchi bo‘layotgan Germaniya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent viloyatida erkak besh yoshli qizchaga tegajog‘lik qildi
19 iyun 2024, 22:25

Toshkent viloyatida erkak besh yoshli qizchaga tegajog‘lik qildi

Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilgan ayol qo‘shnisi besh yoshli qiziga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgani, ammo profilaktika inspektori uning arizasini qabul qilmaganini aytdi. BP erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va xodimning xatti-harakatlari ustidan ichki tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi.

RFga kirish va “Sheremetevo” orqali tranzit o‘tishda o‘zbekistonliklar uzoq tekshiruvlarga duch kelmoqda — elchixona
19 iyun 2024, 19:53

RFga kirish va “Sheremetevo” orqali tranzit o‘tishda o‘zbekistonliklar uzoq tekshiruvlarga duch kelmoqda — elchixona

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi RFga kirishda yoki Moskvaning “Sheremetevo” aeroporti orqali tranzit o‘tishda ko‘pga cho‘zilayotgan tekshiruvlar tufayli fuqarolardan qiyinchiliklar yuzaga kelayotganiga doir murojaatlar ko‘payganini bildirdi. Elchixona vaziyatga oydinlik kiritish uchun RF TIVga murojaat yubordi.

“Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi o‘rnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari
19 iyun 2024, 19:41

“Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi o‘rnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi sudda Sardor Kariyev advokatlari Marion Biotech “bozorni yo‘qotmaslik uchun” tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan arzon propilenglikoldan foydalangani haqidagi o‘rganishlarini taqdim etdi. Bolalar o‘limiga aynan zaharli propilenglikol sabab bo‘lgandi. “Gazeta.uz” reportaji.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda sezildi
19 iyun 2024, 17:23

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda sezildi

Qirg‘izistonda soat 17:09 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball). Shu vaqtda Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.

Namanganda sel vaqtida 2 qizni devor bosib qoldi, ularning biri halok bo‘ldi
19 iyun 2024, 17:16

Namanganda sel vaqtida 2 qizni devor bosib qoldi, ularning biri halok bo‘ldi

Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ularning kichigi voqea joyida halok bo‘ldi, kattasi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Nukusda profilaktika inspektori keksa fuqaroning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi
19 iyun 2024, 16:09

Nukusda profilaktika inspektori keksa fuqaroning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqaroni majburan shifoxonaga joylashtirib, uning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi.

Qoraqalpog‘istonda bog‘cha tarbiyalanuvchilari YTHga uchradi, jarohatlanganlar bor
19 iyun 2024, 16:08

Qoraqalpog‘istonda bog‘cha tarbiyalanuvchilari YTHga uchradi, jarohatlanganlar bor

Beruniy tumanida o‘nga yaqin bog‘cha bolasini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistondagi oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning maoshini sentabrdan oshirish taklif etildi
19 iyun 2024, 15:09

O‘zbekistondagi oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning maoshini sentabrdan oshirish taklif etildi

Prezident ta’lim sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda 2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.

Ish haftasi oxirigacha issiq havo saqlanib turadi
19 iyun 2024, 11:05

Ish haftasi oxirigacha issiq havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat 34−39 daraja, ba’zi hududlarda +41 darajagacha issiq bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, chang-to‘zonli shamollar esishi etimoli bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting