Uchtepa tumanida Mercedes-Benz rusumli transport vositasi yonib ketdi. Yong‘inga salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi Namangan viloyatidagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti sentabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Qurbon hayiti munosabati bilan 15−17-iyun kunlari Onix TJMda 2 sotix maydonli kottejlarni 1,6 sotix narxida sotib olish imkoniyati mavjud. Xonadonlar soni cheklangan.
Toshkentdagi Vestminster universiteti qoshidagi litsey oldida joylashgan ko‘cha qismi bir tomonlama qilib qo‘yildi. Asfalt yangilanib, to‘xtash joylari chizildi. Lekin haydovchilar ulardan foydalanmayapti. Foto.
AQSh Davlat departamenti IShIDning kontrabanda tarmog‘iga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.
Yanvar-may oylari davomida Toshkent shahrida rasman 393 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 kishi halok bo‘lgan, yana 364 kishi jarohat olgan. YTHlarning 61 foizi piyodalar ishtirokida sodir etilgan.
Toshkentda vafot etgan Indoneziya elchisi, O‘zbekiston va Koreya hamkorligining yangi modeli, “Dok-1 Maks” sudi bo‘yicha 75,6 mlrd so‘mlik tovon puli, 43 foizdan oshadigan oliy ta’lim bilan qamrov darajasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Samarqand viloyati Payariq tumanida oilaviy kelishmovchilik sabab kelib chiqqan janjalda 62 va 60 yoshli qaynota va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi.
Davlatga xiyonatda ayblanib, 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq diplomat Qodir Yusupov butun jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, ozodlikka chiqdi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Nexia va Cobalt mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.
Toshkentda 131 va 58-yo‘nalishdagi ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashuvi oqibatida to‘rt kishi jabrlandi. YTH sababi — oraliq masofani saqlamaslik.
“Dok-1 Maks” ishiga oid apellyatsiya sudida Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva o‘g‘lini uy qamog‘iga o‘tkazish evaziga 75,6 mlrd so‘mlik tovon pulini to‘lashni boshlashni so‘radi. Jabrlanuvchilarning otalari moliyaviy ahvoli sababli buni qabul qilmoqchi. Ajrim hali chiqmadi. Batafsil — “Gazeta.uz” reportajida.
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 17-avgustdan Dehli va Toshkent o‘rtasidagi parvozlar sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshiradi.
“Ipoteka-bank”, YTTB hamda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi hamkorlikda “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar tashkillashtirdi.
Alfraganus SKMda KFC`ning O‘zbekistondagi 24-restorani ochildi. Shu munosabat bilan hozirda yangi filialda 25 ming so‘m evaziga o‘z basketini yig‘ish imkoniyatini beruvchi My Bucket nomli aksiya amal qilmoqda.
Toshkent shahridagi Tamaraxonim uy-muzeyida taniqli raqqosaning sahna liboslarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlari olib borildi. Ishlar muzeyni kapital ta’mirlash va qayta tiklash dasturi doirasida amalga oshirildi. Foto.
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, 32−35 daraja issiq atrofidagi qulay harorat kuzatiladi. 16−18-iyun — Qurbon hayiti bayrami kunlarida esa harorat ko‘tarilib, 36−39 darajagacha, ayrim joylarda +41 darajagacha bo‘ladi. Kechki vaqtlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov kelgusi o‘quv yilida bakalavriatga umumiy qabul kvotalari 200 mingdan ortiq bo‘lishini ma’lum qildi. Bu esa oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 43 foizdan oshishini ta’minlaydi, dedi u.
16−17−18-iyun kunlari Parkent tumanining So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga va Bo‘stonliq tumanining Chimyon qishlog‘iga olib boruvchi yo‘llarda avtomobil harakati bir tomonlama tashkil etiladi.
M Cosmetic kompaniyasi 31-may kuni 100-do‘konining ochilishi haqida xabar berdi. Bugungi kunda do‘konlar Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va boshqa hududlarda joylashgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting