Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan iPhone 15 Pro Max telefonini olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda. Mansabdor so‘ralgan telefonni olib kelmasa, fuqaroning shaxsiy sirini fosh qilib, uni javobgar qilmoqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi. U 1993-yildan buyon Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
JBning energoislohot ta’sirini kamaytirish uchun granti, 14 foizda o‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, Ginnes rekordlari kitobiga kirgan o‘zbekistonlik sportchilar, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida innovatsion Ipak yo‘li va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentda maishiy texnika bozoridagi yangi premium klass brend — 7TECH taqdim etildi. Brend vakillari auditoriyaga yangi mahsulotlarining dizayni va foydalanuvchi funksionalini namoyish etdi.
Bulung‘ur tumanida Damas qarama-qarshi tomondan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda Damas haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan boshlangan ochiq sudda advokatlar sudlanuvchilarni poytaxt IIBB vaqtincha saqlash hibsxonasidan Zangiotadagi “Toshturma”ga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi. Sudya so‘rov o‘rganib chiqilishini bildirdi.
Saudiya Arabistoni Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistonga 25 tonna xurmo yubordi. Xurmo ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda “Muruvvat” uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.
29-may kuni Soueast Motor`ning O‘zbekistondagi shuba korxonasi ochildi. Kompaniya Markaziy Osiyo bozoriga sakkizta ICE va NEV avtomobil hamda sedanlarini olib kirmoqchi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida quruq o‘t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib ketgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekistonda bir oyda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan kamida 12 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Ular, asosan, O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan Binance onlayn birjasi orqali kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
Qurbon hayiti munosabati bilan 15, 16, 17-iyun kunlari Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 14−20-iyun kunlari Toshkentdan Xiva, Termiz, Shovot va Qo‘ng‘irotga boradigan poyezdlar vagonlari soni oshiriladi.
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida fuqarolarni Haj ziyoratiga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Toshkentda aka-uka 2 nafar fuqaroni 12 ming dollar evaziga Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.
Chilonzor tumanida Malibu 2, Lacetti va Lada to‘qnashdi. Oqibatda bir haydovchi voqea joyida vafot etdi.
O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin.
Deputatlarning ayrim chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish taklifi, Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlar, 1-iyuldan oshadigan poyezd chiptalari narxlari, AES qurilishida MAGATE bilan hamkorlik qiladigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi.
Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi.
29 va 30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi. Bu velopoyga, treyl yugurish, skayranning, yoga va meditatsiyani o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda birinchi marta treyl yugurish trassasiga yuguruvchilarga shaxsiy hisob uchun ochkolar olish imkonini beruvchi guvohnoma berildi.
“O‘zmilliybank” AJ yuridik mijozlari endi bank mobil ilovasi orqali masofaviy hisobraqam ochish imkoniyatiga ega.
Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi. Ular soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting