Jamiyat

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi (foto, video)
10 iyun 2024, 09:59

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi (foto, video)

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi. “Elektr simlari tutashi”ga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi va u 1 soatda bartaraf etildi. Toshkent metropoliteni yong‘inning metro tizimiga bog‘liqmasligi, qurilmalar normal holatda ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

Tojikistonda bo‘lgan kuchsiz zilzila O‘zbekiston janubida ham sezildi
10 iyun 2024, 08:35

Tojikistonda bo‘lgan kuchsiz zilzila O‘zbekiston janubida ham sezildi

Dushanba kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Viloyat tumanlarida sezilish kuchi 2 ballni tashkil qildi.

Chirchiq daryosiga tushib ketgan yuk mashinasi yo‘lovchisi halok bo‘ldi
9 iyun 2024, 23:06

Chirchiq daryosiga tushib ketgan yuk mashinasi yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Oqibatda yo‘lovchi vafot etdi, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Tarmoqlarda hodisa poyga sabab yuz bergani aytilmoqda.

Yozda quyosh urishidan qanday himoyalanish mumkin?
9 iyun 2024, 15:15

Yozda quyosh urishidan qanday himoyalanish mumkin?

SSV yoz faslida oftob urishi, xalq tilidagi dam o‘tishi holati ko‘p uchrashini inobatga olib, undan saqlanish bo‘yicha bir necha tavsiyalar berdi. Ko‘proq suyuqlik ichish, yopiq joylarda bo‘lish, ochiq rangli liboslar va bosh kiyim kiyish shular jumlasidandir.

Toshkentdagi barcha mozaikali uylar reklama bannerlaridan tozalandi
9 iyun 2024, 12:06

Toshkentdagi barcha mozaikali uylar reklama bannerlaridan tozalandi

Toshkent shahrida barcha mozaikali turar joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi, deb xabar qildi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi. Dastur boshlangan 2021-yildan buyon jami 70 ta (shundan 40 tasi ikki oy ichida) panno reklamalardan xalos etildi.

Xorazmda 11 yoshli bolani devor bosib qoldi
9 iyun 2024, 10:49

Xorazmda 11 yoshli bolani devor bosib qoldi

Xiva shahrida 11 yoshli bolani devor bosib qoldi. Oqibatda bola tos suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, holatni bolalar ombudsmani nazoratga oldi.

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketdi
9 iyun 2024, 09:59

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketdi

Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Lada Largus mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish bilan kasalxonaga yotqizildi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushirdi
9 iyun 2024, 09:12

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushirdi

10-iyundan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushiradi. Ariza beruvchilar endi suhbatga yozilishdan oldin viza to‘lovlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Telegram`da global uzilish yuz berdi
9 iyun 2024, 08:54

Telegram`da global uzilish yuz berdi

Shanba kuni tunda Telegram messenjeri faoliyatida global va uzoq davom etgan nosozlik yuzaga keldi. Muammolar O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Yevropa davlatlarida kuzatildi.

Toshkentda Captiva urib yuborgan erkak halok bo‘ldi
8 iyun 2024, 20:28

Toshkentda Captiva urib yuborgan erkak halok bo‘ldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida Captiva bilan to‘qnashuv oqibatida 39 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Haydovchi mast edi. Mashina do‘kon devori oldida o‘tirgan erkakni bosib ketgan.

O‘zbekistonda 24 yoshli yigit notkoin sotgani uchun 10 sutkaga qamaldi
8 iyun 2024, 18:40

O‘zbekistonda 24 yoshli yigit notkoin sotgani uchun 10 sutkaga qamaldi

Chilonzor tumani sudi Telegram orqali notkoin yig‘ib, uni 800 ming so‘mga sotgan 24 yoshli TerDU talabasini 10 sutkaga qamash to‘g‘risida hukm chiqardi. Kriptoaktivlar aylanmasidagi qonunchilikni buzishda ayblangan surxondaryolik yigit bu ishi noqonuniy ekanini bilmaganini ta’kidladi.

Toshkent aeroportida 4 ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yuborayotgan ayol ushlandi
8 iyun 2024, 15:55

Toshkent aeroportida 4 ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yuborayotgan ayol ushlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 4 ayolga yaxshi daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, ularni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.

Jizzaxda avtotreyler va 3 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
8 iyun 2024, 11:29

Jizzaxda avtotreyler va 3 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

G‘allaorol tumanida MAN yuk avtomobilida nosozlik kuzatilib, 2 ta yuk mashinasi va UzAuto Motors avtotreyleri bilan to‘qnashdi. Kompaniya 4 ta Cobalt va 3 ta Equinox texnik shikastlanganini bildirdi. Yuk mashinalari ham jiddiy zararlangan, haydovchilar jarohat olmagan. 2 kilometrli tirbandlik hosil bo‘lgan.

7-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
7 iyun 2024, 23:07

7-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

G‘arbning Falastin muammosiga munosabatini tanqid qilgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekistonda kuchli siyosiy iroda ko‘rayotgan JST bosh direktori, kelasi hafta Toshkentga keladigan Janubiya Koreya prezidenti, O‘zbekiston energiya sektoriga kirib kelayotgan “Inter RAO” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

IIVda uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish tuzilmasi yaratiladi
7 iyun 2024, 22:22

IIVda uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish tuzilmasi yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish markaziga tashrif buyurdi. U xodimlar kiberjinoyatlarning oldini olish uchun texnologiyalarni yaxshi bilishi kerakligini ta’kidladi. U, shuningdek, vazirlikda uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish bo‘yicha tuzilma yaratish vazifasini ham qo‘ydi.

Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi
7 iyun 2024, 22:01

Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Elbek ko‘chasida Lacetti avtomashinasi daraxtga urildi, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida mashina butunlay vayron bo‘lgan.

Prezident Yakkasaroydagi suv sporti saroyida bo‘ldi
7 iyun 2024, 20:54

Prezident Yakkasaroydagi suv sporti saroyida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi yangi suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. 50 metrli basseynga ega majmua bir vaqtning o‘zida 100, kuniga esa 1000 dan ortiq odamga xizmat ko‘rsata oladi. Unda professional sportchilar ham, havaskorlar ham mashq qilishi mumkin.

Qanot Sharq Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
7 iyun 2024, 17:00

Qanot Sharq Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

30-iyundan Qanot Sharq aviakompaniyasi “Toshkent — Budapesht — Toshkent” muntazam qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Dastlabki reyslar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi, 4-sentabrdan esa chorshanba kunlari qo‘shimcha reyslar parvozlarni boshlaydi.

Qashqadaryoda 350 ming xonadonning chiqindidan asossiz qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlari qayta hisoblandi
7 iyun 2024, 13:20

Qashqadaryoda 350 ming xonadonning chiqindidan asossiz qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlari qayta hisoblandi

Qashqadaryoda yilning birinchi choragida 351 mingdan ortiq xonadondan chiqindi tashish bo‘yicha ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 15 mlrd so‘mdan ziyod to‘lov undirildi. Raqobatni riojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining aralashuvi bilan ular qayta hisob-kitob qilindi.

Jizzaxda daladan erkak murdasi topildi
7 iyun 2024, 12:49

Jizzaxda daladan erkak murdasi topildi

Forish tumanida daladan erkak kishining jasadi topildi. Jizzax viloyati IIBning ma’lum qilishicha, u mahalladoshining tosh bilan yetkazgan jarohati oqibatida vafot etgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting