Jamiyat

Samarqand aeroportida xorijga olib chiqib ketilayotgan Nikolay kumush tangasi ushlab qolindi
26 aprel 2024, 11:41

Samarqand aeroportida xorijga olib chiqib ketilayotgan Nikolay kumush tangasi ushlab qolindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 1896-yil zarb qilingan Nikolay kumush tangasining xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi. Tanganing taxminiy qiymati 1,2 mln so‘mni tashkil etilishi aytilmoqda.

Yandex maktab o‘quvchilari uchun IT ma’ruzalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi
26 aprel 2024, 10:26

Yandex maktab o‘quvchilari uchun IT ma’ruzalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi

Yandex o‘quvchilar uchun ijtimoiy muammolarni hal etishda texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida ma’ruzalar tinglash imkonini taqdim etdi. Kompaniya xodimlari ilovadan nogironligi bo‘lganlar qanday foydalanishi, AI ijtimoiy va ekologik loyihalarda qanday yordam berishini so‘zlab beradi.

Open Dyson multistayleri aksiyasini e’lon qilmoqda
26 aprel 2024, 09:00

Open Dyson multistayleri aksiyasini e’lon qilmoqda

OpenCard yutuq Dyson multistayleri bo‘lgan aksiyani ishga tushirdi. 10-may kuni Open Instagram sahifasida g‘olib e’lon qilinadi.

Buxoroda qariyb 300 yil oldin yasalgan tangalarni Rossiyaga olib ketayotganlar to‘xtatib qolindi
25 aprel 2024, 23:55

Buxoroda qariyb 300 yil oldin yasalgan tangalarni Rossiyaga olib ketayotganlar to‘xtatib qolindi

Buxoro aeroporti orqali Rossiyaning Vnukovo tumaniga ketayotgan ikki fuqaro yonidan 1751-yilda Yekaterinburgda yasalgan 4 ta qadimiy tanga topildi. Numizmatik ashyolar doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirildi.

25-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
25 aprel 2024, 22:45

25-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

14 foiz darajasida qoldirilgan asosiy stavka, Afg‘onistonga jo‘natilgan navbatdagi insonparvarlik yordami, “Afrosiyob” elektropoyezdlaridagi oshirilgan narxlar, Do‘stlik bog‘i yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Boks: Isroil Madrimov AQShda Terens Kroufordga qarshi chempionlik unvonini himoya qiladi
25 aprel 2024, 20:24

Boks: Isroil Madrimov AQShda Terens Kroufordga qarshi chempionlik unvonini himoya qiladi

O‘zbekistonlik professional bokschi, o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov vazn toifasidan qat’i nazar jahonning eng kuchli bokschilaridan biri bo‘lgan Terens Kroufordga qarshi chempionlik unvonini himoya qiladi. Raqiblar birinchi nigohlar jangini o‘tkazdi.

O‘zbekiston aeroportlaridagi shifokor va qutqaruvchilar Belarusda aviatibbiyot va qutqaruv ishlari bo‘yicha o‘qitildi
25 aprel 2024, 19:40

O‘zbekiston aeroportlaridagi shifokor va qutqaruvchilar Belarusda aviatibbiyot va qutqaruv ishlari bo‘yicha o‘qitildi

O‘zbekiston aeroportlarining 21 nafar shifokor va qutqaruvchilar guruhi Belarusda aviatsiya tibbiyoti va avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlari bo‘yicha treningda qatnashdi. Ular uchun o‘quv maydonlari va tibbiy simulyatsiya markazida mashg‘ulotlar tashkil etildi.

“Muvaffaqiyat jinsga emas, bilim va qobiliyatlarga bog‘liq”. Maktabda o‘qiydigan dasturchi qizlar — loyihalari, orzulari va stereotiplar haqida
25 aprel 2024, 18:09

“Muvaffaqiyat jinsga emas, bilim va qobiliyatlarga bog‘liq”. Maktabda o‘qiydigan dasturchi qizlar — loyihalari, orzulari va stereotiplar haqida

O‘zbekistonda ham dasturchilar orasida xotin-qizlar ulushi yildan-yilga oshmoqda. “Gazeta.uz” AKT sohasidagi qizlar kuni munosabati bilan IT’dagi o‘quvchi qizlar bilan suhbatlashdi. Ular hozirgi loyihalari, kelajak rejalari, muammo va to‘siqlar va jamiyatdagi stereotiplar haqida gapirdi.

Angrendagi “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m berildi
25 aprel 2024, 17:26

Angrendagi “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m berildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mart oyidan beri telefondan foydalanmay kelgan Angren shahridagi 17-maktabni 300 mln so‘m bilan mukofotladi.

Ekologik partiya Do‘stlik bog‘i yuzasidan Toshkent hokimligiga deputatlik so‘rovini yuboradi
25 aprel 2024, 16:12

Ekologik partiya Do‘stlik bog‘i yuzasidan Toshkent hokimligiga deputatlik so‘rovini yuboradi

Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘idagi daraxt va yashillikni saqlab qolishlari, attraksionlar o‘rnatilmasligi va bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasini jamoatchilikka taqdimot qilishlari lozim, deya ta’kidladi Ekologik partiya. Shu yuzasidan partiya hokimlikka deputatlik so‘rovini yuborishni ma’lum qildi.

“Bog‘lar xalqniki bo‘lishi kerak”. “Adolat” partiyasi — Qodiriy va Bobur bog‘larini ijaraga berish haqida
25 aprel 2024, 14:35

“Bog‘lar xalqniki bo‘lishi kerak”. “Adolat” partiyasi — Qodiriy va Bobur bog‘larini ijaraga berish haqida

“Adolat” partiyasi Toshkent hokimligini Abdulla Qodiriy va Bobur nomidagi istirohat bog‘larini ijaraga berish kabi muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin o‘rganib, jamoatchilik fikrini inobatga olishga chaqirdi.

Odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan yigit taqdirlandi
25 aprel 2024, 12:48

Odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan yigit taqdirlandi

Jizzax viloyatida odam o‘ldirishda gumonlanib, voqea joyidan qochib ketgan shaxsni ushlashda yordam bergan Jahon tillari universiteti talabasi taqdirlandi. Yigitga qo‘l soati, 5 mln so‘m pul va ota-onasi nomiga tashakkurnoma berildi.

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi
25 aprel 2024, 11:35

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi

DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.

10 kunda 500 dan ortiq mashina havoga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi
25 aprel 2024, 11:16

10 kunda 500 dan ortiq mashina havoga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi

“Toza havo” oyligi doirasida 10 kun ichida O‘zbekiston bo‘ylab 60 mingga yaqin avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Bunda 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi. 300 dan ortiq haydovchi jarimaga tortildi.

“O‘zbekistonda immunizatsiya tarixi insoniyat g‘alabasi tarixidir” — YUNISEF
25 aprel 2024, 10:52

“O‘zbekistonda immunizatsiya tarixi insoniyat g‘alabasi tarixidir” — YUNISEF

O‘zbekistonda emlash dasturi 3,5 mln bola, jumladan, har yili difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi 3 dozali vaksina oladigan 950 ming bolani qamrab oladi. Butunjahon emlash haftaligi munosabati bilan YUNISEF emlash harakatlari bolalarning omon qolishi va salomatligi uchun naqadar muhim ekanini eslab o‘tdi.

Atlas Party`dagi ayollar va ularning liboslarini haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi
25 aprel 2024, 10:30

Atlas Party`dagi ayollar va ularning liboslarini haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Sud Toshkentdagi Atlas Party tadbirida qatnashgan ayollar va ularning liboslarini haqorat qilgan erkakni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi
24 aprel 2024, 23:50

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida er xotinini 16 marta pichoq urib o‘ldirdi. Bunga rashk ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

24-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
24 aprel 2024, 22:39

24-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Davlat idoralari uchun yangi elektromobillar, Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun”, ilk bor arab tilida nashr etilgan “O‘tkan kunlar”, nihoyat Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam ajratgan AQSH va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Samarqandda 13 ming kub marmarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi
24 aprel 2024, 22:21

Samarqandda 13 ming kub marmarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Samarqandning Ishtixon tumanidagi Zarband konidan o‘zboshimchalik bilan 13,1 ming kub marmar qazib olingani aniqlandi. Buning oqibatida tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi
24 aprel 2024, 22:03

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida 7-sinfda o‘qiydigan qiz maktab direktorining uyida tazyiq ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini, tuman IIB tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting