O‘zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda xabar beruvchining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki himolanishi va boshqa qator kafolatlar aks etgan.
Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan sinf rahbari voyaga yetmaganlarni qiynoqqa solishda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video).
O‘zbekistonda fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi. O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi.
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlaridagina kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat +22…+27, ba’zi joylarda +29 darajagacha bo‘ladi. Poytaxtda esa yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
O‘zgidromet 20−23-aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishi ehtimoli bor.
Ijtimoiy tarmoqlarda Macan konserti bo‘lib o‘tayotgan Humo Arena’ga soxta chiptalar sabab odamlar kiritilmayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya holatga izoh berib, ba’zi fuqarolar konsertga avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga uringanini ma’lum qildi.
Juma kunidan 7 kunga Yunusobod tumanidan o‘tgan Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida bolalar vafot etdi, shuningdek, mashina urib ketgan qoramol ham nobud bo‘ldi. Surishtiruv davomida haydovchi 4 oyda 11 marotaba qoida buzgani aniqlandi.
Juma kuni ertalab Qashqadaryoning Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila magnitudasi — 3.
Toshkent shahrida 21-aprel kuni ikkita marafon o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.
O‘zbekiston va Tojikistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomasi, energetika xarajatlarini ochiqlashni so‘ragan “Yuksalish”, biznes uchun gaz va elektrga 100 foiz oldindan to‘lov tizimi, davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha yangi dastur va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanali qirg‘oqbo‘yi hududida sayilgoh tashkil etish va obodonlashtirish ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov daraxtlar kesilishining oldini olish maqsadida loyihaga tuzatishlar kiritish topshirig‘ini berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbedagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida ikki davlat san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertini birgalikda tomosha qildi. Foto va video.
Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).
Toshkentning Yunusobod tumanida 16-aprelga o‘tar kechasi niqob taqqan noma’lum shaxslar 1 tup safora daraxtini ekskavator yordamida qo‘porib olib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Bosh prokuratura ularning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma’lum qildi.
Bo‘stonliq tumanida 29 yoshli ayol va uning 7,5 oylik homilasi antibiotik in’eksiya qabuli ortidan nobud bo‘lgani aytilmoqda. Marhumaning eri ayoliga ruxsat etilmagan allergiya beruvchi dori yozib berilganini ta’kidladi. U “ayolning sog‘lig‘iga bee’tibor bo‘lganlarga” qonuniy chora ko‘rishni so‘ramoqda.
Optimo kompaniyasi kichik va o‘rta biznes uchun 14 kun davomida Optimo dasturi bilan bepul foydalanishni taklif qilmoqda. Do‘konlar uchun dastur biznesni boshqarishda yaxshi yordamchi bo‘lishi mumkin.
Toyloq tumanidagi “Darg‘om” kanalidan 4 yoshli qiz va 1 yoshli bolaning jasadi topildi. Bir kun avval fuqaro IIBga murojaat qilib, 24 yoshli kelini o‘g‘li va qizi bilan uydan noma’lum tomonga chiqib ketganini ma’lum qilgan. Hozirda ayolni izlab topish choralari ko‘rilmoqda.
“Fayzobod GAI”da ta’mirlash ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlaridagi YHXBning vaqtincha ochilgan Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarining ish faoliyati to‘xtatildi. Fuqarolar endi zamonaviy sharoitlar yaratilgan Mirobod tumanidagi bo‘limga kelishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting