Forish tumanida mast holda bo‘lgan Nexia 2 haydovchisi yo‘l chetidagi 20 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketdi, yigit shifoxonada vafot etdi. Marhum Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanib ushlandi. Bosh prokuror Sudyalar oliy kengashiga uni javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma kiritdi. Sudyaning vakolati to‘xtatildi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlardagi bilimi yagona test materiallari asosida baholanadi. Imtihonlar davomida o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga mos keladigan fanni tanlashlari mumkin bo‘ladi. Yangi o‘quv yilidan 14 ta maktabda ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Labo uchun ochilgan qo‘shimcha kontraktatsiya, davlat idoralarining antikorrupsiya reytingi, kuchli shamol sabab qulagan daraxtlar, 3 baravar oshiriladigan Rossiya gazi importi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Saharlikka uxlab qolgan kishi ro‘zani qanday tutishi kerak, hech narsa yemasdan og‘iz yopish mumkinmi, ro‘zador odam g‘arg‘ara qilsa bo‘ladimi, ro‘zador odam tish pastasidan foydalansa bo‘ladimi? “Gazeta.uz” O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining ro‘zaga oid ayrim savollarga bergan javoblarini jamladi.
Toshkentning markaziy hududlarida 29-mart kuni issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish munosabati bilan issiq suv bir kunga to‘xtatiladi.
Valeriy Arakelyan asli samarqandlik. U abituriyentlarni dunyoning eng yaxshi universitetlariga grant asosida o‘qishga kirish uchun tayyorlashga ixtisoslashgan Freshman Academy onlayn maktabiga asos solgan. “Gazeta.uz” Valeriy bilan akademiya falsafasi, talabalar va xorijda tahsil olish haqida suhbatlashdi.
Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Vazirliklar orasida Tog‘-kon sanoati vazirligi eng yaxshi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eng yomon natijani qayd etdi. Hokimliklar orasida eng quyi o‘rindan Andijon viloyati hokimligi joy oldi.
O‘zbekistonda aholi ro‘yxatini o‘tkazish uchun oldindan 800 mlrd so‘m talab etiladi, deya ma’lum qildi Statistika agentligi. Tadbir 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi reja qilingan.
Mobil telefonlar yuqori sifatda surat olish imkonini beradigan hozirgi zamonda, naqadar g‘alati ko‘rinmasin, plyonkali fotografiya muxlislari soni ham ko‘payyapti. “Gazeta.uz” fotograflar Viktor An, Yuriy Vedenin va Erik Muzipov bilan qanday qilib va nima uchun plyonkaga suratga olishlari haqida suhbatlashdi.
Samarqand viloyatidagi Oqdaryo daryosidan 13 ming kub hajmdagi qum-shag‘alni o‘zboshimchalik bilan qazib olganlar aniqlandi. Ular davlat va jamiyat manfaatlariga 6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
UzAuto Motors 29-mart kuni Labo avtomobili uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilishini ma’lum qildi. Kompaniya narxlar o‘zgarishsiz qolishini alohida ta’kidladi.
Sariosiyo tumanida 41 yoshli ayol boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urildi. YTH ortidan avtomobilda yong‘in yuz berdi, oqibatda ayol va uning ikki bolasi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinadagi ayolning qarindoshi va yana bir farzandi shifoxonaga yotqizildi.
Kuchli shamol tufayli Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chdi. Oqibatda Toshkent viloyatidagi 12,5 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Chilonzorda daraxt qulab tushgani sababli gaz quvuri uzilib, 768 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi.
Toshkent shahridagi Temur Malik ko‘chasining (halqa yo‘li) “Lokomotiv” istirohat bog‘i yaqinidagi qismida 28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 6:00 ga qadar transport harakati to‘xtatiladi.
Payshanba tongida boshlangan kuchli shamol chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi. Joylarda daraxtlar qulab, mashina va obyektlar ustiga tushmoqda, elektr simlariga zarar yetyapti. FVV kuchli shamol vaqtida ko‘rilishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi. Video, foto.
Angren shahrida 2008-yilda tug‘ilgan o‘smir o‘zidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda bo‘ladigan “Avtomobilsiz kun”, AES qurish bo‘yicha “ancha muvaffaqiyatli” muzokaralar, 85 ming dollarlik mobil raqam, AQSh delegatlari bilan uchrashgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.
Uchtepa tumanida tengdoshi bilan urishayotgan o‘g‘lini janjalni davom ettirishga majburlagan ota 10 sutkaga qamaldi. Shuningdek, u 3,4 mln so‘m jarimaga ham tortildi. Avvalroq holatni tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting