Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida urib tushirilgan afg‘on harbiy vertolyoti haqidagi xabarni rad etdi. “Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas”, — deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbek biznesi tashqi reklamani sevadi: qichqiriq banner va ko‘zni qamashtiruvchi LED-monitorsiz ishlab bo‘ladimi?! Afsuski, Toshkent o‘z arxitekturasi, daraxtlari va aholisining reklamaga yem bo‘lishiga qo‘yib bergan. Poytaxt qanday qilib afisha va monitorlarga taslim bo‘lgani — bizning fotosharhimizda.
Respublika bo‘ylab tashkil qilingan hashar doirasida Uzum xodimlari Toshkentda, shuningdek, O‘zbekistonning yana 20 ta shahrida 100 dan ortiq daraxtlar ekishdi.
Kogon tumanida ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir o‘quvchi vafot etdi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi, yana 25 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar avtobusda teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan.
O‘zgidromet 20−22-mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Kutilayotgan kuchli yomg‘ir suvlari to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deya eslatdi agentlik.
IIV Buxoro viloyati IIBning ikki nafar xodimi narkotik moddalar savdosida ishtirok etganlikda gumonlanib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi Buxoro shahri IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasida, ikkinchisi viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limida ishlagan.
O‘zbekistonda hafta boshida havo juda iliq bo‘ladi. Keyinroq nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. 20−21-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 21−22-mart kunlari havo harorati +10…+15 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.
Samarqandda kishanlangan bola harbiy sport maktabida o‘qigan. “Xulqi og‘irligi” uchun uni voyaga yetmaganlar markaziga yubormoqchi bo‘lishgan. “Bolaga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi bolalar ombudsmani. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham holatni nazoratga oldi.
Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Samarqandda bolaga nisbatan zo‘ravonlik — kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgani haqida xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. U 2022-yilga reja qilingandi, ammo pandemiya tufayli keyinga qoldirilgan. Natijalar 2027-yilda e’lon qilinadi. Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘radi.
Dronlarni noqonuniy olib kirish, saqlash va foydalanishda birinchi marta ayblangan shaxslar endi ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ilgari faqat qamoq jazosi nazarda tutilgan jinoiy jazolar ham yengillashtirilmoqda. O‘zgarishlar sayyohlarni jalb qilishga ham qaratilgan.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, jumladan, gender tengligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bundan tashqari, endi sudlar o‘rniga yong‘in xavfsizligi inspektorlari tadbirkorlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand shahrida Ipak yo‘li davlat muzeyini tashkil etish, Amir Temur bog‘larini qayta tiklash, Bibixonim majmuasini restavratsiya qilish, shuningdek, Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish to‘g‘risida master va menejment rejalari bo‘yicha qarorlar loyihalari ishlab chiqiladi.
5-aprelgacha BYD Toshkent xalqaro marafoniga ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Tadbir dasturi 42 km marafon, 21 km yarim marafon, shuningdek, 3 va 10 km masofalarni o‘z ichiga oladi.
Tutun bilan qoplangan Toshkent, bepul tushlik sabab ortgan davomat, bozor sotilishiga qarshilik qilgan “Qo‘yliq” aksionerlari, O‘zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksidagi o‘rni va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Germaniyada mingdan ortiq shifoxonada tibbiyot xodimlari yetishmayapti, shuningdek, metallni qayta ishlash, logistika va transportda ishchi kuchiga talab mavjud. O‘zbekiston bu bo‘shliqni to‘ldirishga tayyor. Bu haqda bandlik vaziri va Mangold Consulting kompaniyasi prezidenti o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z bordi.
O‘zbekiston davlat drama teatrining XIX asr oxirida qurilgan, so‘nggi bor 40 yil avval ta’mirlangan binosi spektakllardan tashqari qurultoy, miting va hatto dafn marosimlariga-da guvohi bo‘lgan. “Gazeta.uz” muxbirlari o‘tgan davrda sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan bu tomoshagoh ahvoli bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi iqtisodiy idoralar xodimlari olayotgan maoshlarini oqlamaganini aytdi. “Ularning Toshkentda o‘tirgan va viloyatdagi rahbarlari pastga tushib o‘rgatmagan, talab qilmagan, befarq bo‘lgan”, — dedi u.
To’qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, multimedia ko’rgazmasi, yarmarkalar, bolalar uchun shou-dasturlar, ijodiy mahorat darslari, spektakllar, musiqiy kechalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting