Jamiyat

Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida “Yevro-5” standartidan past avtomobillar soni bosqichma-bosqich cheklanadi
23 fevral 2024, 01:15

Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida “Yevro-5” standartidan past avtomobillar soni bosqichma-bosqich cheklanadi

Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida 2030-yilgacha “Yevro-5” va undan yuqori standartlarga javob bermaydigan avtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Toshkentda 1-martdan boshlab tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi
23 fevral 2024, 01:14

Toshkentda 1-martdan boshlab tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi

1-martdan boshlab Toshkent shahrida ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari va tirkamalarning harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Prezident bu haqdagi farmonni imzoladi.

22-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
22 fevral 2024, 22:36

22-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Doimiy grafikka qaytayotgan metan “zapravka"lar, O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan “Kelajak o‘yinlari”, 1 yilda 20 foizga arzonlashgan uylar, elektr energiyasidagi uzilishlar uchun kompensatsiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentga olib ketilayotgan uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti to‘xtatib qolindi
22 fevral 2024, 20:31

Toshkentga olib ketilayotgan uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti to‘xtatib qolindi

Buxorodan Toshkentga ketayotgan yuk mashinasidan uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti topildi.

Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi
22 fevral 2024, 16:44

Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi

Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.

USAID O‘zbekistonda 25 mln dollarlik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi
22 fevral 2024, 15:30

USAID O‘zbekistonda 25 mln dollarlik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi

USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini boshladi. 25 mln dollarlik loyiha dastlab Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba tariqasida amalga oshiriladi. Dastur maktab ta’limi, o‘quv materiallari va o‘qituvchilar malakasini inklyuzivlashtirishga xizmat qiladi.

Toshkentda tadbirkor yerni 1,3 mln dollarga noqonuniy sotishga uringani aytilmoqda
22 fevral 2024, 12:49

Toshkentda tadbirkor yerni 1,3 mln dollarga noqonuniy sotishga uringani aytilmoqda

IIV departamenti Toshkent shahri va Buxoro viloyatida yerni talon-toroj qilish holatlarini aniqladi. Ulardan birida tadbirkor yerini boshqa shaxsga 1 mln 340 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgani, ikkinchisida esa ikki fuqaro hokimlik yerini 20 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgani aytilmoqda.

Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda
22 fevral 2024, 12:28

Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda

Energetika vazirligi metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar 22-fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanayotganini ma’lum qildi.

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ariqqa tushib ketib vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22 fevral 2024, 11:59

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ariqqa tushib ketib vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Do‘stlik tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qolgan 3 tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan o‘lik holda topilgandi. Bog‘cha yopildi.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
22 fevral 2024, 11:30

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

23−29-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurga Yaponiya ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
22 fevral 2024, 10:34

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurga Yaponiya ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 2023-yilning noyabr oyida Yaponiya imperatori Naruxito farmoni bilan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan taqdirlangan edi. Toshkentda ordenni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

21-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
21 fevral 2024, 23:04

21-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

1-oktabrdan joriy etiladigan ijtimoiy karta, faoliyati to‘xtatib turilishi mumkin bo‘lgan turfirmalar, deportatsiya markazidan chiqarilgan Mubashshir Ahmad, IT sohasidagi yoshlar uchun imtiyoz va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi — elchixona
21 fevral 2024, 22:13

Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi — elchixona

Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi. Avvalroq O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi unga huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan edi.

Toshkent shahrida ikkita qurilish tashkiloti fuqarolarni aldab, 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi
21 fevral 2024, 21:59

Toshkent shahrida ikkita qurilish tashkiloti fuqarolarni aldab, 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi

Toshkent shahrida tadbirkor qurilish uchun yer maydoni bo‘lmasa-da, ikki kompaniya orqali kottejlarni bo‘lib-bo‘lib, boshlang‘ich badal evaziga sotib olishni taklif qilgan. U 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, 1,4 mln dollarni xorijdagi valyuta birjasiga o‘tkazgan. Hozirda mablag‘larning bir qismini qaytarishga erishilgan.

Bloger Abror Muxtor Aliyning qamoq muddati qisqartirildi va ozod qilindi
21 fevral 2024, 20:57

Bloger Abror Muxtor Aliyning qamoq muddati qisqartirildi va ozod qilindi

Avvalroq 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ozodlikka chiqdi. Oliy sudning nazorat organi uning qamoq muddatini ikki sutkaga qisqartirdi.

Odam savdosida ayblangan “Monya” Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
21 fevral 2024, 19:21

Odam savdosida ayblangan “Monya” Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

“Monya” nomi bilan tanilgan Munisaxon Alijonova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U odam savdosida ayblanib 2023-yildan beri qidiruvda edi. Bu yil boshidan buyon shu kabi ayblovlar bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan to‘rtinchi ayol hisoblanadi.

Endi Chevrolet Onix` ni yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin
21 fevral 2024, 19:00

Endi Chevrolet Onix` ni yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin

UzAuto Motors hamda InfinBANK`dan yangi taklifga binoan endi Chevrolet Onix avtomobilini yiliga 16,99 foiz stavka bilan kreditga sotib olish mumkin.

Ispan kompaniyasi O‘zbekistonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishi mumkin
21 fevral 2024, 17:33

Ispan kompaniyasi O‘zbekistonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishi mumkin

Madriddagi O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning BioGreen Road kompaniyasi vakillari bilan qishloq xo‘jaligida suv resurslarini boshqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya suvni gelga makromolekulyar aylantirish texnologiyasi taqdimotini o‘tkazdi.

Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan Umra ziyorati bilan shug‘ullanuvchi 39 ta turfirma faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi
21 fevral 2024, 16:21

Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan Umra ziyorati bilan shug‘ullanuvchi 39 ta turfirma faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi

Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilgan va minglab O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistonida qolib ketishiga sababchi bo‘lgan 39 ta turfirma faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi. Turfirmalarning mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

BOMCA O‘zbekiston davlat idoralariga chegara nazoratini yaxshilash uchun uskunalar topshirdi
21 fevral 2024, 15:02

BOMCA O‘zbekiston davlat idoralariga chegara nazoratini yaxshilash uchun uskunalar topshirdi

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi O‘zbekiston davlat idoralariga chegara bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazoratini yaxshilash uchun qiymati 54,5 ming yevrolik uskunalar sovg‘a qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting