Toshkentdagilar, asosan, Rossiya fuqarolari muxolifatchi, Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod Aleksey Navalniyni xotirlashdi. Ular marhumni eslab, “Shahidlar xotirasi” xiyoboni, Rossiya elchixonasi, “Rossotrudnichestvo”, ukrain shoiri Taras Shevchenko haykali va Kosmonavtlar maydoniga gullar qo‘yishdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini qorli va sovuq kunlarda ko‘chada ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga, binolar tomidan tushishi mumkin bo‘lgan qor va muzlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
O‘zbekistonda 2025-yil 1-martgacha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narxlari to‘g‘risidagi doimiy, ishonchli va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan “Elektron agrosanoat bozori” axborot tizimi ishga tushiriladi va Milliy axborot platformasi bilan integratsiyasi qilinadi.
Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi 29-fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishi so‘raldi. Fuqaro o‘z xohishi bilan shunday qilsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida mamlakatga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Istanbulda 2023-yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, jinoyat olamida “Monya” taxallusi bilan tanilgan ayol qo‘lga olindi. U odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda.
Navalniyning vafoti, hujraga qatnagan bolalar haqida gapirgan prezident, qor sabab yuzaga kelgan tirbandlik, Qozog‘istonda evakuatsiya qilingan 27 nafar o‘zbekistonlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentda qor yog‘ishi sababli kuchli tirbandliklar kuzatilmoqda. Taksi narxlari keskin oshdi. Avtobuslar barqaror ishlamoqda, biroq yo‘llardagi vaziyat tufayli harakat jadvali buzilgan. Foto, video.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroda 12 nafar maktab o‘quvchisi 6 oy davomida hujraga qatnab yurgani va bundan direktorning xabari bo‘lganini ta’kidladi. “12 ta bolaga ham direktor 5 baho qo‘yib kelyapti. U hujrada topgan noma’qul pulini direktorga beryapti. Mana, biz qanday illat bilan kurashyapmiz”, — dedi prezident.
Andijon shahridagi san’at maktabi Musiqa va san’at kollejiga aylantiriladi. Shavkat Mirziyoyev unga Sherali Jo‘rayev nomini berish va hofizning byustini o‘rnatishni taklif qildi.
Prezident Xonobod — Andijon — Izboskan — Asaka temiryo‘l aylanmasida poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘paygani sababli ikkita yangi podstansiya quriladi.
Prezident Andijondagi yig‘ilishda aholisi 100 mingdan oshadigan Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Andijon, Asaka va Shahrixon shaharlarida urbanizatsiya dasturi amalga oshiriladi va ipoteka dasturi uchun viloyatga qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi.
Beshta kinopremyera, spektakllar, Yulduz Usmonova konserti, K-Pop Party, xayriya festivali, yugurish musobaqasi, musiqiy kechalar, bolalar shoulari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Muborak tumanida harakatlanish vaqtincha cheklangan ko‘prik og‘ir yuk mashinasi o‘tishi oqibatida qulab tushdi. Hokimlikka ko‘ra, hodisa oqibatida salbiy holat kuzatilmagan va harakat uchun aylanma yo‘l tashkil qilingan. Ko‘prik 2024-yilning 2-choragida qayta foydalanishga topshirilishi reja qilinmoqda.
Jizzax viloyatida 1-martdan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari narxlari aholi uchun 4000 so‘mgacha oshirilmoqda. Chiqindi xizmati narxi esa aholi uchun 6000 so‘mgacha ko‘tarilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.
Toshkentda 2017-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib qondirgan erkak 16 yilga qamaldi. Sud ishida qatnashgan bolalar ombudsmani ota-onalarga murojaat qilib, kichik yoshdagi bolalarga begonalar bilan to‘qnash kelganda o‘zini qanday tutish va boshqa ko‘nikmalarni o‘rgatishga chaqirdi.
Toshkent shahrida 69-sonli avtobusda ayolga yaqinlashib, jinsiy a’zosini chiqarib shilqimlik qilgan 26 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. Ayol suddan ma’naviy zarar uchun 10 million so‘m undirib berishni so‘radi.
O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari harorat kechasi −3…−8 darajagacha pasayadi, kunduzi −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda esa kechalari −11…−16 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlari hududlarda asosan qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Qozog‘istonning Aqmola viloyatida sovuq havoda nosoz avtobusda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik, jumladan, 12 nafar bola evakuatsiya qilindi. Avvalroq Kazinform agentligi ularning soni 64 nafar ekani haqida ma’lumot bergandi.
Raqamli markirovka tizimi ofisida Asl Belgisi tomonidan o‘tkazilgan super aksiya natijalari e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi maktab-internatga bordi. U o‘qituvchilar bilan suhbatda yuqori sinf o‘quvchilarini oliygoh dasturlariga tayyorlash, darslarda yoshlar vaqtini ketkazmay, ko‘proq amaliyotga yo‘naltirish kerakligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting