Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 2 mlrd 760 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 nafar mansabdor ushlangani aytilmoqda.
DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.
Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Rasmiy xabarlarda ularni o‘rnatish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytildi. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti qurilish maydoniga tashrif buyurgan edi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Toshkent shahrida tug‘ilgan 22 yoshli yigit Suriyada “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkilotida jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Yangibozor tumanidagi 28-maktabda o‘qituvchilar maktabni tozalashga jalb qilindi. Bu topshiriqni bergani uchun direktorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llandi.
Pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuqli “dangasa” xonim, chuchvara, “dangasa” tovuq oyoqchalari, do‘lma va boshqalar — Zira.uz tez tayyor bo‘luvchi “dangasa” taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi minglab xonadonlar va ko‘plab obyektlar tarmoqdagi nosozlik tufayli 12 soatga yaqin elektrsiz qoldi. Shuningdek, hududda svetoforlar ham ishlamadi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
11-avgust kuni O‘zbekistondagi eng yirik internet nashrlaridan biri “Gazeta.uz” o‘zining 15 yilligini nishonlamoqda. Sayt ilk kunlardanoq “Yangiliklarimiz xalq uchun” shiori ostida faoliyat yuritib kelmoqda.
Mahalliy reyslarga chegirma e’lon qilgan Uzbekistan Airways, mutasaddilarga qish yaqinlashayotganini eslatgan Shavkat Mirziyoyev, bloger Sanjar Xo’ja va Sherali Komilovlarning qidiruvga berilgani sabablari, Jahon kubogini tark etgan barcha o‘zbek shaxmatchilari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
IIV 2 bloger qidirilayotgani sabablarini ma’lum qildi. Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) 2012-yildan buyon Sergeli bozorida fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilgani uchun qidirilmoqda. Retsidivist deb topilgan Sherali Komilov (Detectiv Uz) 3 ta holatda firibgarlik va haqorat qilishda gumonlanmoqda.
O‘zbekiston maktablarida 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabr, dushanbadan boshlanadi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Ultrayupqa ROG Zephyrus M16 noutbuki yordamida ijodiy va o‘yin imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Qurilma zamonaviy dizayn va yanada kuchli konfiguratsiyaga ega bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati HETKning kadrlar bo‘limi boshlig‘i kaltaklandi. Bunga uning hisobchiga nega ishga kelmaganini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilgani va suhbat chog‘ida ayolning eri bilan janjallashgani sabab bo‘lgan. Xodim shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ Fitch Rartings xalqaro reyting agentligida BB- (barqaror) darajasini saqlab qoldi va mustaqil kredit reytingini b+ darajaga ko‘tardi.
Xitoyning Alibaba texnologik korporatsiyasi Namangandagi IT Park`da o‘z mintaqaviy markazini ochishi mumkin. Tashkilot rasmiylari hudud tekstil, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yishda mintaqaviy markaz bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Juma kuni Ural hududlaridan kirib keladigan salqin havo hisobiga dam olish kunlari harorat pasayadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +30…+32, janubda +35 darajadan oshmaydi. Harorat tushishi kelgusi haftaning o‘rtasigacha davom etadi.
Pastdarg‘om tumanida ohak ishlab chiqaruvchi sex mansabdorlari 4,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Uchtepa tumanida Yutong rusumli avtobus yo‘liga chiqib qolgan Spark avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida hech kim jarohat olmadi. Bu poytaxtda yangi avtobuslar ishtirokidagi birinchi YTH emas.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida aholi talabi va xalqaro andozalarga javob beruvchi ta’lim tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Qo‘yilgan maqsadlar har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish ustuvorligiga qay darajada mos? Kolumnist Komil Jalilov tahlil qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting