Jamiyat

Surxondaryodagi bog‘chada tarbiyachi 5 yoshli bolani urgani aniqlandi
16 avgust 2024, 01:18

Surxondaryodagi bog‘chada tarbiyachi 5 yoshli bolani urgani aniqlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida bog‘cha tarbiyachisi beodoblik qilgan bolani “tarbiyalash maqsadida” chizg‘ich bilan urgani aniqlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

YHXB xavfsizlik uchun javobgarlikni yana piyodalarning o‘ziga yuklamoqda
15 avgust 2024, 22:13

YHXB xavfsizlik uchun javobgarlikni yana piyodalarning o‘ziga yuklamoqda

YHXX hududiy boshqarmalari “innovatsion” yechimlari bilan muntazam hayron qoldirib keladi. Bu safar navbat poytaxt YHXBga. Ular piyodalarga tartibga solinmagan o‘tish joyidan o‘tayotganda qo‘llarini ko‘tarishni tavsiya qildi. Muammo shundaki, bu harakat ko‘chalarni hech qanaqasiga xavfsizroq qilib qo‘ymaydi.

Jizzaxda tadbirkorlar murojaatiga befarq bo‘lgan 55 nafar hokim yordamchisi jazolandi
15 avgust 2024, 20:52

Jizzaxda tadbirkorlar murojaatiga befarq bo‘lgan 55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlarning kredit olish uchun arizasini belgilangan muddatda ko‘rib chiqmagani aniqlandi. Xususan, murojaatlardan birini ko‘rib chiqish 60 kunga kechikkan. Ular ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Qashqadaryoda AYOQSH 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
15 avgust 2024, 20:18

Qashqadaryoda AYOQSH 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qarshida faoliyat yurituvchi AYOQSH elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan alishtirib, 1 mlrd 85 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi, hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
15 avgust 2024, 19:39

Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Transport vazirligi 5 ta yo‘nalishda yangi muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Avtobuslar Toshkentdan Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo hududlariga qatnaydi.

Korzinka va Cotton Club yutuq NRG TJMdan kvartira bo‘lgan aksiyani e’lon qildi
15 avgust 2024, 19:00

Korzinka va Cotton Club yutuq NRG TJMdan kvartira bo‘lgan aksiyani e’lon qildi

“Cotton Club va Korzinka NRG’dan kvartira o‘ynamoqda” aksiyasi doirasida Korzinka supermarketlar tarmog‘i mehmonlari NRG Jomiy’dan kvartira yoki 1 mln so‘mlik xarid sertifikatiga ega bo‘lishi mumkin.

UZBMB (DTM) testi natijalari bilan IT Park University`ga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi
15 avgust 2024, 17:00

UZBMB (DTM) testi natijalari bilan IT Park University`ga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi

IT Park universiteti amaliyotga e’tibor qaratgan holda gibrid ta’limni va jahon IT kompaniyalari bilan hamkorlikni taklif qilib, UZBMB (DTM) testi natijalari asosida imtihonsiz talabalikka qabul qiladi.

Zo‘ravonlikka uchragan shaxs bilan ishlashadi, lekin zo‘ravon bilan hech kim ishlamaydi — Tanzila Narbayeva
15 avgust 2024, 16:44

Zo‘ravonlikka uchragan shaxs bilan ishlashadi, lekin zo‘ravon bilan hech kim ishlamaydi — Tanzila Narbayeva

Zo‘ravonlikka uchragan bolalar bo‘yicha muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin zo‘ravonlik qilgan shaxslar bilan ishlashda muammo bor, deya fikrlarini bildirdi Tanzila Narbayeva bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashda. “Ish faqatgina bir tomonlama bo‘lishi kerak emas”, — deydi Senat raisi.

Piyodalar yerusti yo‘lida lift va eskalatorlar o‘rnatishni moliyalashtirish masalasi bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi — Toshkent hokimligi
15 avgust 2024, 15:44

Piyodalar yerusti yo‘lida lift va eskalatorlar o‘rnatishni moliyalashtirish masalasi bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi — Toshkent hokimligi

Senatda poytaxtdagi uchta piyodalar yerusti yo‘liga 10 ta lift va 6 ta eskalator o‘rnatish muhokama qilindi. Hokimning birinchi o‘rinbosari buni moliyalashtirish kengash tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich ko‘rilishini aytdi. “Gazeta.uz” piyodalar o‘tish joylari bilan nima noto‘g‘riligini tushuntiradi.

Surxondaryoda yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi
15 avgust 2024, 13:22

Surxondaryoda yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 16 yoshli yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi. U qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.

Qashqadaryodagi sayilda bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan yigit 2,5 yilga qamaldi
15 avgust 2024, 12:45

Qashqadaryodagi sayilda bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan yigit 2,5 yilga qamaldi

Mart oyida Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanidagi sayilda gaz balloni portlab, 1 kishi vafot etgan, 14 kishi esa jarohat olgandi. Sud bu ishda ballon egasi, sayilga baliq sotish uchun borgan 22 yoshli yigitni aybdor deb topdi. Unga nisbatan 2,5 yil qamoq va 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.

Onkobemor bolalar endi tabletka shaklida og‘riq qoldiruvchi dori olishi mumkin. Bu nega muhim?
15 avgust 2024, 12:23

Onkobemor bolalar endi tabletka shaklida og‘riq qoldiruvchi dori olishi mumkin. Bu nega muhim?

“Taskin” hospisi bemorlari tabletka ko‘rinishida morfin oladigan bo‘ldi. Avvallari og‘riqni qoldirish og‘riqli edi, chunki preparat in’eksiya orqali yuborilardi. Hospis rahbari “Gazeta.uz"ga bu nega muhimligi va onkobemorlar hayotini yengillatish uchun yana nimalar qilish kerakligi haqida so‘zlab berdi.

YUNISEF Markaziy Osiyoda barcha yirik internatlarni yopishga qaratilgan 7 ta tavsiyani e’lon qildi
15 avgust 2024, 11:35

YUNISEF Markaziy Osiyoda barcha yirik internatlarni yopishga qaratilgan 7 ta tavsiyani e’lon qildi

Markaziy Osiyoning beshta davlatida 0−17 yoshdagi 60 mingga yaqin bola, buning salbiy ta’siriga qaramay, internat muassasalarida qolmoqda. YUNISEF 2030-yilga qadar barcha yirik internat turidagi muassasalarni yopishga qaratilgan yettita tavsiyani e’lon qildi.

Qovun va tarvuz tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
15 avgust 2024, 11:11

Qovun va tarvuz tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Qovun va tarvuzlar yetarli darajada pishmagan yoki yetishtirilishida kimyoviy o‘g‘itlardan ko‘p foydalanilgan bo‘lsa, bu salomatlikka jiddiy xavf tug‘diradi, deydi SSV. Vazirlik bu mahsulotlarni to‘g‘ri tanlash va ulardan zaharlanmaslik uchun nima qilish lozimligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Chilonzorda 3 ta mashina va skuter ishtirokida YTH bo‘ldi
15 avgust 2024, 09:55

Chilonzorda 3 ta mashina va skuter ishtirokida YTH bo‘ldi

Toshkent shahrida Monza, Cobalt, Spark va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jarohat olmadi. Avtomobillar texnik shikastlandi.

Toshkentda podstansiyadagi nosozlik sabab 3 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qoldi
15 avgust 2024, 00:18

Toshkentda podstansiyadagi nosozlik sabab 3 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qoldi

Toshkentdagi “L-Parkentskiy-1” elektr tarmog‘i va “Lafarga” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida ikkita tumandagi 3 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Hudud aholisi 4−5 soatdan buyon chiroq yonmayotganidan shikoyat qilmoqda. Energetika vazirligi noqulaylik uchun uzr so‘radi.

14-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
14 avgust 2024, 22:31

14-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Organ xodimlari videosini tarqatish haqidagi qonunni ko‘rib chiqayotgan Senat, Abdulaziz Komilovning O‘zbekiston tashqi siyosati haqidagi maqolasi, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha yangicha tizim, Buxorodagi amaldorlarni tanqid qilgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Namanganda fuqaro uni to‘xtatishga kelgan ikki IIB xodimini pichoqladi
14 avgust 2024, 21:29

Namanganda fuqaro uni to‘xtatishga kelgan ikki IIB xodimini pichoqladi

Namanganda aholi tinchligini buzib, bezorilik qilayotgan fuqaro holatning oldini olishga kelgan ikki nafar IIB xodimini pichoq va yog‘och bilan jarohatladi. U qo‘lga olindi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi
14 avgust 2024, 21:04

Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi

Asakadagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilingani, ish jarayonida o‘qituvchilardan biri jarohatlangani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchilar dars soatlari qisqarib ketishidan qo‘rqib, majburiy mehnatga rozi bo‘lgan. Maktab direktori 35 mln so‘m jarimaga tortildi.

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
14 avgust 2024, 18:00

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab sumkalarini tanlashda nimalarga e’tiborli bo‘lish va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. “Noto‘g‘ri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar umurtqa pog‘onasi va mushaklar uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi, bu skolioz rivojlanishi xavfini oshiradi”.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting