Jamiyat

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi
11 avgust 2023, 09:34

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.

O‘zbekistonda 1-noyabrdan avtomobil raqamlarini berish uchun to‘lov oshiriladi
11 avgust 2023, 09:19 1

O‘zbekistonda 1-noyabrdan avtomobil raqamlarini berish uchun to‘lov oshiriladi

IIV rahbari 2011-yildan buyon birinchi marta avtomobillarga davlat raqam belgilarini berish bo‘yicha to‘lov miqdorini BHMning 2,3−3,5 baravari (1,15 mln so‘m)gacha oshirdi. Avtotransport vositalariga davlat raqam belgilarini berish va davlat raqamlarini almashtirish to‘loviga ham o‘zgartirish kiritildi.

10-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
10 avgust 2023, 21:55

10-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Qimmatlagan dollar kursi, Buxoroga ketgan prezident, qidiruvga berilgan bloger Sanjar Xo’ja va Sherali Komilov, 65 bolaning o‘limiga sababchi Marion Biotech dorilari, o‘zini osib o‘ldirgan andijonlik yosh ayol, faqat zararga ishlayotgan “Milliy elektr tarmoqlari” va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilov qidiruvga berildi
10 avgust 2023, 20:59

Blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilov qidiruvga berildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi blogerlar Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) va Sherali Komilovni (Detektiv Uz) qidiruvga berdi. Ular firibgarlikda, Komilov esa qo‘shimcha ravishda haqorat qilishda ham ayblanmoqda.

Navoiy viloyatida 400 mln so‘mlik soxta pullar musodara qilindi
10 avgust 2023, 20:24

Navoiy viloyatida 400 mln so‘mlik soxta pullar musodara qilindi

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida bir guruh shaxslar soxta pul ishlab chiqarish bilan shug‘ullangani ma’lum qilindi. Ular 400 mln so‘mlik soxta pullarni sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi.

3-sentabr kuni O‘zbekistonning 16 shahrida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi
10 avgust 2023, 19:00

3-sentabr kuni O‘zbekistonning 16 shahrida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligini nishonlash maqsadida mamlakat bo‘ylab ommaviy Yangi Nafas yugurish musobaqasi tashkil etiladi. Toshkentda yuguruvchilarga ikkita masofa 3 va 10 km, boshqa shaharlarda bitta masofa — 3 km taqdim etiladi.

IIO narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yuborish huquqiga ega bo‘ldi
10 avgust 2023, 18:01

IIO narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yuborish huquqiga ega bo‘ldi

Ichki ishlar organlari narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega bo‘ldi.

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz amalga oshirilgan yoki yakunlanmagan — “Yuksalish”
10 avgust 2023, 17:24

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz amalga oshirilgan yoki yakunlanmagan — “Yuksalish”

“Yuksalish” harakatining monitoringi davomida 2022-yilda “Tashabbusli budjet”da yutgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz qilingani, to‘liq moliyalashtirilmagani va yakuniga yetmagani aniqlandi.

O‘zbekistonda Marion Biotech dorilari 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan
10 avgust 2023, 17:09

O‘zbekistonda Marion Biotech dorilari 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan

O‘zbekistonda Dok-1 Maks dorisini qabul qilgan 65 nafar bola vafot etgan. Bu bo‘yicha Quramax Medikal va Farmatsevtika agentligi xodimlariga nisbatan ayblov xulosasida so‘z boradi. Rasmiylar bergan so‘nggi ma’lumotlarda qurbonlar soni 20 kishi ekani aytilgandi.

Keytering xizmatlari tadbirlarni tashkillashtirish jarayonini osonlashtiradi
10 avgust 2023, 17:00

Keytering xizmatlari tadbirlarni tashkillashtirish jarayonini osonlashtiradi

Royal Catering kompaniyasining vakillari keytering xizmatlarining afzalliklari haqida gapirib berdilar.

Toshkent metrosining nomsiz bekatlariga nihoyat nom berildi
10 avgust 2023, 14:35

Toshkent metrosining nomsiz bekatlariga nihoyat nom berildi

Toshkentda ochilganidan beri faqat raqamlar bilan ajratilgan 19 ta metro bekatiga nom berildi. “Do‘stlik — Qo‘yliq” yer usti metro halqa yo‘liga “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” nomi berildi.

Samarqandda 8 kilogrammdan ortiq opiy giyohvandlik moddasi musodara qilindi
10 avgust 2023, 14:15

Samarqandda 8 kilogrammdan ortiq opiy giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Urgut tumanida DXX xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan Tojikistondan olib kelingan jami 8,3 kg opiy musodara qilindi.

Toshkentda yana 8 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
10 avgust 2023, 11:47

Toshkentda yana 8 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 8 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.

Endi advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talab etilmaydi
10 avgust 2023, 11:38

Endi advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talab etilmaydi

“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi. Endi advokatlik litsenziyasini olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish staji so‘ralmaydi. Faqat biror advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tash kerak. Shundan so‘ng malaka imtihoni topshiriladi.

Andijonda 21 yoshli ayol o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Uning otasi esa bunga shubha qilyapti
10 avgust 2023, 11:01

Andijonda 21 yoshli ayol o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Uning otasi esa bunga shubha qilyapti

15-iyul kuni Oltinko‘l tumanida 21 yoshli ayol yashash xonadonida o‘zini osib, vafot etgani aytilmoqda. Uning otasi “Gazeta.uz"ga o‘lim sabablaridan shubhalanayotgani va qizining murdasida tan jarohatlari bo‘lganini ma’lum qildi. “Farzandimning o‘zini zaharlashi va jarohat yetkazishiga umuman ishonmayman”, — dedi u.

9-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
9 avgust 2023, 22:00

9-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

36,4 mln nafarga yetgan aholi, Britaniyada Gulnora Karimovaning musodara qilingan 20 mln funt sterling mulki, Surxondaryoda “Farg‘ona azot” omborxonasidagi yong‘in, yosh qiznga uyatsiz harakat qilgan 63 yoshli erkak ushlangani, pichoqlab o‘ldirilgan 56 yoshli erkak va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Qibrayda 13 yoshli qizning zo‘rlanishi to‘g‘risidagi ish sudga topshirildi
9 avgust 2023, 20:16

Qibrayda 13 yoshli qizning zo‘rlanishi to‘g‘risidagi ish sudga topshirildi

2019-yilda Qibray tumanida 13 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq sudiga topshirildi. Qizning oilasi 2022-yilning bahoridan buyon gumonlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortishga harakat qilmoqda. U iyul oyining oxirida hibsga olingan.

Buxoroda 5 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani aniqlandi
9 avgust 2023, 17:56

Buxoroda 5 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani aniqlandi

Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 5 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgani aniqlandi. IIB xodimlari tomonidan topilgan chaqaloq shifoxonaga yotqizilib, mutaxassislar nazoratiga olindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida 56 yoshli erkak pichoqlab o‘ldirildi
9 avgust 2023, 17:17

Toshkent viloyatida 56 yoshli erkak pichoqlab o‘ldirildi

Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakni o‘zaro kelishmovchilik oqibatida pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Surxondaryoda “Farg‘ona azot”ga qarashli omborxonada yong‘in chiqdi
9 avgust 2023, 16:41

Surxondaryoda “Farg‘ona azot”ga qarashli omborxonada yong‘in chiqdi

Termiz tumanida “Farg‘ona azot”ga qarashli ko‘mir saqlanadigan omborxona yonib ketdi. 5 ta qutqaruv ekipaji yong‘inni 1 soat davomida o‘chirdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting