Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu borada “Toshkent invest kompaniyasi” va Beijing North Bartholet Ropeway Technology o‘rtasida shartnoma imzolandi. Loyiha jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi, ularning tavsiyalari va takliflari kompaniya loyiha ofisiga yuborilishi aytilmoqda.
Yakkasaroy tumanida BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina yoritkich ustuniga urildi. Uch kishi shifoxonaga olib ketildi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Shuningdek, tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi.
O‘zbekistonda endi yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari elektron yuritiladi. Elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi.
Onix turar joy majmuasi mijozlarga uyda qulaylik va energiya samaradorligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 1,6 dan 2 sotixgacha bo‘lgan uy maydonini tanlash imkoniyatini beradi.
Ohangaron tumanidagi manzil koloniyasi mahkumi 28,5 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Unga sheriklikda gumonlangan ikki shaxs avvalroq 29 ming dollar olayotganida ushlangan. Ular qurilish kompaniyasiga Xorazmda 72,5 mlrd so‘mlik suv tarmog‘i tortish loyihasini tendersiz olib berishini aytgan.
O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Mahkum xat va banderollarning kechikib kelayotganidan, o‘zining xatlari tashqariga chiqishi qiyin bo‘layotganidan shikoyat qildi.
Chorshanba kuni tunda Beruniy tumanidagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtosalonning 90 kvadrat metr maydonining tom qismi va bir dona BYD avtomobili yonib zararlandi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning aytishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, nomunosib muomalaga yo‘l qo‘yayotgan tarbiyachi va pedagoglar ota-onalar noroziligini bildirish yo bildirmasligidan qat’i nazar, har qanday vaziyatda javobgarlikka tortilishi kerak.
Xitoyda muzokaralar o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, jamoatchilikning rossiyalik tarixchi fikrlariga munosabati, Toshkentga parvozlarni to‘xtatgan Korean Air, Pekinda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston san’ati ko‘rgazmasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentda “Gazeta korpusi” nomi bilan tanilgan Matbuot uyi rekonstruksiya qilinmoqda. Hozirda binoning ayrim qismlari demontaj qilinmoqda. Ta’mirlash ishlarini 2026-yilda yakunlash rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, ishlar yakunlangach, gazeta va jurnallarning tahririyatlari binoga qaytariladi.
Click orqali har qanday kommunal to‘lovlarni tez va qulay amalga oshirish, to‘lov uchun keshbek va hatto qog‘ozli kvitansiyalar olish mumkin.
O‘zgidromet 25−31-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi. Avvalroq mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgandi.
Qarshidagi manzil koloniyada Otabek Sattoriy bilan uchrashgan “Ezgulik” jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov bloger “aprel oxiri, mayning boshlarida” ozodlikka chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bloger ozodlikka chiqqach, “tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi” ekanini aytgan.
2024-yilda Samarqandga 94 ta — birinchi chorakda 30 ta, ikkinchi chorakda 64 ta elektrobus keltiriladi. 6 ta elektrobus o‘tgan yilning mayida kelgan, qolganlari yil oxirigacha yetkazib berilishi kutilgandi. Shaharda avtobus saroyi rekonstruksiya qilinib, haydovchilar malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.
Rossiyalik tarixchi Mixail Smolin NTV telekanalida “1917-yilgacha o‘zbek millati bo‘lmagan” deya ta’kidladi. O‘zbek jamoatchiligi bunga javoban Rossiyaning propaganda telekanallarini cheklash va qarshi chora ko‘rish kerakligini aytmoqda. Rossiya TIV Mixail Smolin fikrini “g‘alati” deb atadi.
Pop tumanidagi bog‘chada muassasa direktori xodimlarni xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb qilgani aniqlandi. Unga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy ravishda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular jami 18 ming AQSh dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan.
Toshkent havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha berilgan takliflar orasida Ai-80 benzinini taqiqlash ham bor. Bu markadagi benzin boshqalariga qaraganda arzonligi sababli ommabop. Xo‘sh, bu o‘zgarishga haydovchilarning munosabati qanday? “Gazeta.uz” bu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yekaterinburgdagi qurilish obyektlaridan birida o‘tkazilgan reyd chog‘ida mehnat patentiga ega bo‘lmagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ularga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatilishi qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting