“Click`dan milliard” yutuqli o‘yinining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqich 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va har qaysi ishtirokchi g‘olibga aylanishi mumkin.
“Click`dan milliard” yutuqli o‘yinining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqich 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va har qaysi ishtirokchi g‘olibga aylanishi mumkin.
Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalasi 1 mlrd 258 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
O‘zbek tilidagi “Akvamen va yo‘qotilgan qirollik” filmi va bir qator kinopremyeralar, Yangi yil yarmarkalari hamda festivallar, shou-dasturlar, ko‘rgazmalar va mahorat darslari, konsertlar, spektakllar, musiqiy kechalar va bayramoldi dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Prezident nashriyot va matbaa korxonalari 5 yilga soliqlardan ozod qilinishi va imtiyozli kreditlar berilishini ma’lum qildi. 2024-yili O‘zbekistonda Xalqaro bolalar adabiyoti ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Tarjimonlar uchun Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish ham rejalashtirilmoqda.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi. Shuningdek, o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkaziladi. G‘oliblar o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
AQSh elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga sayohat qilishda “xavfsiz va qonuniy” yo‘ldan foydalanishga chaqirdi, shuningdek, jinoiy kontrabandachilarning yolg‘onlari qurboni bo‘lib qolmaslikdan ogohlantirdi.
O‘zbekiston hududiga 23−24-dekabr kunlari iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat ko‘tariladi.
Raqobat qo‘mitasi ba’zi yirik savdo tarmoqlari tovarlar narxini keskin ko‘tarib, so‘ngra biror bayram munosabati bilan ularni eski narxiga qaytargan holda chegirma e’lon qilishi, bu esa “xarid illyuziyasi”ni keltirib chiqarishidan ogohlantirdi. Qo‘mita ishonchsiz reklamalar bo‘yicha shikoyat qilishga chaqirdi.
Onkologlar Toshkent budjetida saratonga chalinganlar bilan ishlash tajribasidan butun mamlakat bo‘ylab foydalaniladigan hospis qurilishi uchun “pul yo‘qligi”dan norozi. Parlamentda hokimlik vakili pul yetishmasligini aytdi. Deputatlar chora ko‘rish va aprelga qadar qilingan ishlar yuzasidan hisobot berishni so‘radi.
Yunusobod tumanida Tracker haydovchisi 8 va 10 yoshli ikki bolani urib yubordi. YTH oqibatida bolalar jarohatlandi.
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiyani 22-dekabr kuni soat 12:00 da ochadi. Shartnoma faqat onlayn tarzda rasmiylashtiriladi va shu kunlarda barcha dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chirilib, avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan viloyatlardagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin mahsulotlarining nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada benzin sifati talabga javob bermagan 20 dan ortiq holat aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iste’molchilarga 300 mln so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.
2024-yilgi davlat budjetidan har bir yetim bolaga sotib olinadigan bir xonali kvartira uchun 137,5 mln so‘m ajratilishi belgilangan. Senator bu pulga hatto chekka hududlarda ham kvartira topish qiyinligini aytdi. Vazir Jamshid Qo‘shqorov bu masala ko‘rib chiqilib, o‘zgartirish kiritilishini ta’kidladi.
Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirib, 145 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlandi. Qo‘mita raisining o‘rinbosari u oylab kuzatilgani va noyabr oxirida ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Jinoiy guruhning bir necha a’zolari chet elga qochib ketgani aytilmoqda.
Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqarolar 8,5 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha, mansabdorlar esa 17 million so‘mdan 34 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1 tup daraxt kesgan shaxs uning o‘rniga 100 tup daraxt ekishi belgilanmoqda.
O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov 45 yoshida vafot etdi.
Uch qavatli ko‘p funksiyali savdo markazidagi chakana savdo maydoni tadbirkorlar va do‘kon egalari uchun ko‘chmas mulk sifatida va tijorat bilan shug‘ullanish uchun foydali sarmoyadir.
AQShga noqonuniy kirishga uringan 120 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi. Fuqarolarning aksariyati Meksika orqali chegarani kesib o‘tishga harakat qilgan. “Ikki−uch yilda topganimizni 3 oyda berib keldik”, — deydi ulardan biri.
O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridir. Prezident barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting