Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, avtobus dvigateliga zarar yetgan.
Poytaxt IIBB tovlamachilik, bezorilik va giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda gumonlanayotgan yana besh nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z ehtiyojlari uchun hamda tibbiyot forumlariga tashrif buyuradigan mehmonlarga sovg‘a sifatida tender orqali 435 mln so‘mlik kundalik, bloknot, ruchka va boshqalarni xarid qildi. Tender bir korxonaning ta’sischilari o‘rtasida o‘tkazilgan.
Otabek Zufarov 2021-yili Polshaning eng yaxshi uchta oliygohidan biri hisoblangan Poznandagi Adam Mitskevich universitetiga o‘qishga kirgan. “Xorij diplomi” loyihasi uchun bergan intervyusida u viza olish qiyinchiliklari va Polsha ta’lim tizimi afzalliklari haqida gapirib berdi.
Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi fuqaroni urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.
Turar-joy majmuasi NRG Jomiy aholiga zamonaviy bizness-klass xonadonlarni taklif etadi. Qishki aksiya doirasida TJMda xonadonlarni 20% dan boshlang‘ich to‘lov bilan xarid qilish mumkin.
Senat raisi Tanzila Narbayeva poytaxtning qator ko‘chalaridagi ko‘priklar (yerusti piyodalar o‘tish joylari)da lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman mavjud emasligini tanqid qildi. Avvalroq “Gazeta.uz” yerusti piyodalar o‘tish joylari muammolari haqidagi videomaterialini e’lon qilgandi.
Keles shahridagi xususiy bolalar bog‘chasida 4 yoshli qizga jinsiy tegajog‘lik qilingani aytilmoqda. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, mazkur ishda bog‘cha mudirining 24 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda.
Chimboy tumanida bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari voyaga yetmagan bo‘lgan. Xonadonda yana ikki kishi hushsiz holda topilib, shifoxonaga yotqizildi.
Poytaxt IIBB Humo Arena`da bo‘lib o‘tadigan Hammali & Navai guruhining konsertiga kamida bir soat oldin kelishni va elektron chiptalarni qog‘ozga almashtirishni tavsiya qildi. Avvalroq ushbu majmuaning kirish qismida Jah Khalib konserti boshlanishidan oldin tiqilinch va tartibsizliklar yuz bergandi.
Buxoro tumanining sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayev va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi. Ular mansab vakolatini suiiste’mol qilish va vakolati doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Bloger, Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona-diagnostika bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan Otabek Axliddinovga 7 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tovlamachilik va talon-toroj qilish qilishda aybli deb topilgan.
“Yuksalish” umummilliy harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini tuzdi. Nomzodlar egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga ta’sir qilish darajasi, iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi va ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligiga qarab baholangan.
Dekabr oyining 15 kunida hududlar bo‘ylab jami 73 mlrd 274 mln so‘mlik gaz va elektr talon-toroj qilingani aniqlandi. Energetika vazirligi ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.
Asialuxe Travel milliy turoperatori 2024-yilda trend yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan Shri-Lanka orol-mamlakatiga sayohat xaqida savollarga javob berdi.
“NOQulay shahar” loyihasining navbatdagi sonida poytaxt qanday qilib o‘z aholisini, jumladan, nogironligi bor insonlar, qariyalar, homilador ayollar va farzandlarini aravachada olib ketayotgan ota-onalarni yuqoriga ko‘tarilib, pastga tushishga majburlayotganini tasvirga oldik.
Hukumatning tramvay va trolleybus transportida yo‘lovchilarni tashish tizimi samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Unda xodimlarning malakasini oshirish, yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirish va boshqalar ko‘zda tutilgan.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti Xivadagi binolar yoshi aks etgan interfaol xarita tayyorladi. RRD mutaxassislari loyiha yangiliklari, yangi xarita avvalgilaridan nimasi bilan farq qilishi, xarita uchun timsol vazifasini o‘tagan Xiva tarixidagi voqealar haqida so‘zlab berdi.
Poytaxtning Yashnobod tumanidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ayol hamda uning 8 va 5 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi.
Toshkentdagi Tasviriy san’at galereyasida Abdurauf Fitrat hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Namoyish 20-yanvargacha davom etadi. Loyiha muallifi Maqsud Askarov avvalroq Cho‘lpon va Behbudiyga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarni tashkillashtirgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting