Yangihayot tumanida “12-Avtobus saroyi”ga tegishli MAN avtobusi yonib ketdi. Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
8-dekabrgacha Asakabank`da milliy valyutadagi depozitlarga oshirilgan foiz stavkalari amal qiladi.
8-dekabrgacha Asakabank`da milliy valyutadagi depozitlarga oshirilgan foiz stavkalari amal qiladi.
Kitob tumanida fuqaro 21 tup qayrag‘och daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlandi. Holat bo‘yicha 180 mln 840 ming so‘m zarar belgilandi.
Dushanba kuni Toshkentdagi “Chuqursoy” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sababli Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi. Hokimlik ta’minot yarim tunga qadar tiklanishini bildirdi.
Bu hafta havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining yarmida kunduzi +27 darajagacha yetadi. Bunday harorat foni noyabr o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5…+8 daraja yuqori.
Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 1988 tonna ko‘mirni sotib yuborgan ko‘mir ombor mudirlari aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Roppa-rosa 14 yil avval Toshkentning Amir Temur xiyobonida daraxtlarni kesish boshlangan edi. “Gazeta.uz” guvohlar bilan “skver qirg‘ini” haqida gaplashdi va rasmiylar buni qanday izohlaganiga doir OAVdagi chiqishlar arxivini o‘rgandi.
DXX 20 ming dollar pora olishda gumonlangan “Bek Baraka” bozori direktori o‘rinbosarini, Xorazmda ishga kiritib qo‘yish uchun 1400 dollar va 1,2 mln so‘m pul olgan Milliy gvardiya xodimini hamda Toshkentda sud qarorini o‘zgartirib berish uchun fuqarodan 5 ming dollar olgan advokatni qo‘lga oldi.
Andijon, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlari “Ko‘mir ta’minot” korxonasi mudirlari 3 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan ko‘mirni sotib yuborgan.
HONOR brendining yangi “ovoz elchisi” ommaviy ovoz berish jarayonida yirik farq bilan g‘olib chiqdi va sovg‘a sifatida gadjetlar to‘plamini qo‘lga kiritdi.
DXX huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda 4 ta hududda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘ydi. Xususan, Davlat kadastrlari palatasining O‘rta Chirchiq tumani filiali xodimi 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingani aytilmoqda.
Ikkinchi bor o‘tkazilgan neft-gaz sohasidagi “Eng fidoyi ustoz” tanlovining 13 nafar g‘olibiga 70 mln so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari topshirildi. 383 nafar nomzodga 5,5 ming nafar talaba, soha ishchilari va ustoz-murabbiylar ovoz berdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jashmid Qo‘chqorov O‘zbekistonda uy-joy sotib olish uchun subsidiyalarning bir qismi doimiy daromadi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarga ajratilayotganini ma’lum qildi. Natijada ular subsidiyadan foydalana olmayapti. Shu bois ularga yordam berish tartibini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud davom etmoqda. 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda farzandi dori iste’molidan so‘ng vafot etgan besh jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi. Ularning ba’zilari bir necha mlrd so‘mlik moddiy kompensatsiya talab qildi, aksariyati ayblanuvchilarga nisbatan eng og‘ir jazo tayinlanishini so‘radi.
Sud Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 19 yoshli yigitni Instagram`da Shavkat Mirziyoyevga nisbatan haqoratli fikr yozgani uchun 2 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Sudya, shuningdek, sudlanuvchining ushbu ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini bloklashga qaror qildi.
Shanba tongida Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu salkam bir soat davomida avtotransportlar harakati to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani xabar qilindi.
Toshkent shahrida “Yangi Toshkent” deb nomlanadigan 13-tumanni tashkil etish loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Oshqovoqli sho‘rva, tatarcha burma, latte, amerikancha pirog, gulsimon somsalar yoki shokoladli pechene — qovoqdan mazali taomlardan tashqari shirin yeguliklar ham tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz noodatiy retseptlar bilan bo‘lishadi.
Toshkentda bir kunda yo‘lovchi avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Avvalroq Yashnobod tumanida 21-sonli avtobus yo‘l o‘rtasida turgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan edi, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa qayrilib olmoqchi bo‘lgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting