Dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-3 daraja, kunduzi +6…+11 daraja bo‘ladi.
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi. U 2 gektar yerni xaridor nomiga o‘tkazib, u yerda kottej qurish uchun ruxsatnoma olib berishini aytgan.
27−28-fevralda Bokuda bo‘lib o‘tadigan “Harakat” xalqaro ko‘chmas mulk sammitining birinchi spikerlari ma’lum bo‘ldi. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan 500 ga yaqin top menejerlar, developerlik kompaniyalari egalari va ko‘chmas mulk ekspertlari ishtirok etadi.
Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda. U buning uchun ikki fuqarodan biriga jinoyat ishini tugatib berishni, ikkinchisiga esa uy qamog‘i bilan ozodlikda qoldirishni va’da qilgan.
Agar tergov va sudyalar bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni jinsiy zo‘ravonlik ko‘rinishidagi ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblasa, jinoyatni sodir etgan shaxslar jinoiy jazodan qutulib qolishi mumkin, deb yozdi Nemolchi.uz. Faollar Bosh prokuraturadan holatga aralashishni so‘ramoqda.
Human House galereyasi egasi Lola Sayfining aytishicha, uning O‘zbekistonni xorijliklarga namoyon etuvchi biznesi QQS to‘lashga o‘tish majburiyati tufayli yopilishi mumkin. U Saida Mirziyoyevadan kreativ iqtisodiyot loyihalari uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishga ko‘maklashishni so‘radi.
Toshkentdagi ikkita an’anaviy bozor o‘rnida ekobozorlar qurilishi ma’lum qilindi. “Gazeta.uz” tijoriy ko‘chmas mulk sohasi mutaxassisi va sotuvchilar bilan suhbatlashib, jahon amaliyotida ekobozor nimaligi va O‘zbekistondagi ekobozorlar xalqaro standartlarga qay darajada mosligini o‘rgandi.
O‘zbekistonda turar joy binolarini loyihalash va qurishda yerusti yoki yerosti to‘xtash joylari tashkil etishni majburiy qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, uy-joylarni bazalt materiallari bilan qoplash va uglerod oksidi signalizatori bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi. Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan 2 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratildi.
Yaponiya hukumati O‘zbekistondagi shifoxonalar uchun tibbiy uskunalar to‘plamini xarid qilish bo‘yicha 215 ming dollarlik grantlar ajratdi. Jihozlar bolalar onkologiya markazi, perinatal markaz va shoshilinch tibbiy yordam markazining Buxoro filiali uchun olinadi.
Qamchiq dovonida 31 yoshli sayyoh selfiga tushish uchun taqiqlangan hududga kirib, pastga sirpanib ketdi. Biroq unga yordam bermoqchi bo‘lgan sherigi bilan qor uyumi ostida qolib, halok bo‘ldi.
2024-yilning dekabr oyi O‘zbekistonda bulutli kunlari ko‘p bo‘lgan quruq va sovuq oy bo‘ldi. Sovuq havoning eng yuqori cho‘qqisida harorat kechalari -8−13 darajagacha tushdi, yog‘ingarchilik esa oylik me’yorning 70 foizidan kamroq bo‘ldi.
O‘zbekistonda 2027-yildan polietilen paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Plastik qadoqdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan ularni yig‘ish va utilizatsiya qilish uchun maxsus joylarni talab qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar ov qilishga moratoriy joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan poligonlarda xizmat ko‘rsatiladi. Bular 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
O‘zbekistonda 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlarining maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanishi mumkin. Buning uchun xodimlarning mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2025-yilda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Farg‘ona shahridagi xonadonda Kaliforniya forsi iloni boqilayotgani aniqlangan. Fuqaroga bu qonunga zid ekani tushuntirilgandan so‘ng ilon Farg‘ona hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan.
Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa halok bo‘ldi. Uning o‘limiga oshqozon buralishi sabab bo‘ldi. Hozirda zooparkda ikkita jirafa qolgan. 2022-yilda olib kelingan birinchi jirafa ham kasallik tufayli nobud bo‘lgandi.
Chegara masalasida qo‘shnilar bilan uchrashgan bosh vazir, O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik sahifalarning yangilangan ro‘yxati, qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri loyihasi, qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish taklifi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting