Jamiyat

O‘zbekistonda chegaradan navbatsiz o‘tish uchun Fast Track joriy etiladi
5 fevral 2025, 11:52

O‘zbekistonda chegaradan navbatsiz o‘tish uchun Fast Track joriy etiladi

O‘zbekistondagi chegara punktlaridan navbatsiz o‘tish uchun pulli Fast Track xizmati paydo bo‘ladi. Xizmat doirasida pasport va bojxona nazorati uchun alohida yo‘lak, VIP zal va boshqa sharoitlar yaratiladi. Uning narxi BHMning 15 foizini tashkil etadi. 1-maydan u 12 ta nazorat-o‘tkazish punktida paydo bo‘ladi.

Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
5 fevral 2025, 11:06

Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi. Adliya vazirligi mazkur hujjatni viloyat hokimi v.b. Adiz Boboyevga topshirdi.

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati 1-martdan yo‘lga qo‘yiladi
5 fevral 2025, 10:35

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati 1-martdan yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 1-martdan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi, xizmatda foydalanuvchi ota-onalarga soliq imtiyozlari beriladi.

Jizzaxda 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi
5 fevral 2025, 09:33

Jizzaxda 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi

Do‘stlik tumanida erkak 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lganida ushlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

4-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
4 fevral 2025, 22:31

4-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Rasmiy tashrif bilan Malayziyaga ketgan prezident, 669 ming so‘mgacha ko‘tarilgan kambag‘allik chegarasi, kuryerlik jo‘natmalari uchun yig‘im miqdori, shu yil boshlanadigan Transafg‘on temiryo‘li qurilishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda yana umumovqatlanish maskanlari terrasalari buzilmoqda. Egalari ularni qonuniylashtirolmadi
4 fevral 2025, 22:06

Toshkentda yana umumovqatlanish maskanlari terrasalari buzilmoqda. Egalari ularni qonuniylashtirolmadi

Toshkentda noqonuniy binolarni buzishning yangi to‘lqini. Yunusobodda yanvar oxirida rasmiylar Nice Joy kafesi terrasasini demontaj qilishni talab qildi, qo‘shni “Falafel”da esa zudlik bilan buzish boshlandi. Muassasa vakillari konstruksiyani qonuniylashtirishga harakat qilgani, ammo rad javobi olganini aytdi.

O‘zbekistonda uchta firibgarlik koll-markazi fosh etildi
4 fevral 2025, 20:26

O‘zbekistonda uchta firibgarlik koll-markazi fosh etildi

O‘zbekistonda Rossiya fuqarolariga nisbatan firibgarlik ishi bo‘yicha 32 kishi ushlandi. Jinoiy guruh koll-markazlar ko‘rinishida rossiyaliklarga sifatsiz BADlar uchun kompensatsiya va’da qilgan. “To‘lovni olish” uchun jabrlanuvchilar firibgarlarning hisobraqamiga “soliq” ko‘rinishidagi mablag‘ni o‘tkazib bergan.

“Uch marta yengdim, to‘rtinchisida ham taslim bo‘lmayman”. Saraton bilan kurashayotgan Dildora Mavlonova hikoyasi
4 fevral 2025, 19:21

“Uch marta yengdim, to‘rtinchisida ham taslim bo‘lmayman”. Saraton bilan kurashayotgan Dildora Mavlonova hikoyasi

Unga til saratoni, keyinroq o‘pka va ko‘krak bezi saratoni, ko‘p o‘tmay oqqon tashxisi qo‘yilgan. U kasalliklar bilan birga oilaviy va moddiy qiyinchiliklar bilan ham sinalgan. “Iroda” loyihasining bu galgi qahramoni — taqdir zarbalarini yengish uchun farzandlaridan kuch olgan Dildora Mavlonova.

Bosh prokuratura Toshkent hokimligining hokim yordamchisi to‘g‘risidagi raddiyasiga javob berib, jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi
4 fevral 2025, 17:45

Bosh prokuratura Toshkent hokimligining hokim yordamchisi to‘g‘risidagi raddiyasiga javob berib, jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi

Toshkentda hokim yordamchisi o‘zgalarning nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi. Hokimlik uni 2024-yil noyabrda ishdan bo‘shaganini ta’kidlab, OAVni ma’suliyatli bo‘lishga chaqirdi. Prokuratura esa u jinoyatni hokim yordamchisi bo‘lganida sodir etganini qayd etib, hokimlikni jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi.

Endi tomorqalarda ishlarni tashkil qilish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi
4 fevral 2025, 15:42

Endi tomorqalarda ishlarni tashkil qilish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi

O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining haqqoniyligini tekshirish tizimi kuchaytiriladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari. Har bitta mahalla bankiriga to‘rtta mahalla biriktiriladi. Hokim yordamchilari ishini “jonlantirish va yangi turtki berish” maqsadida tomorqalarda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatiladi.

Toshkent metrosiga yana yangi 3 ta poyezd olib kelindi
4 fevral 2025, 15:13

Toshkent metrosiga yana yangi 3 ta poyezd olib kelindi

Toshkent metropoliteni yana 3 ta poyezd sotib oldi. Poyezdlar 7−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlarga chiqariladi.

Avtobusda maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan erkak 8 sutkaga qamaldi. Bolaning otasi sud qaroridan norozi
4 fevral 2025, 14:33

Avtobusda maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan erkak 8 sutkaga qamaldi. Bolaning otasi sud qaroridan norozi

Toshkentda 37 yoshli erkak avtobusda o‘tirgan 12 yoshli o‘quvchiga diqqat bilan qarab, keyin uning qo‘lidan ushladi. Erkakning ta’kidlashicha, u buni tasodifan, bolani qarindoshi deb o‘ylab qilgan. Bolaning otasi sud erkakni shilqimlik uchun emas, mayda bezorilik uchun jazolaganidan norozi.

Sotuvchi iste’molchiga tovarni yetkazib berishda kechiktirilgan muddati uchun penya to‘lashi belgilanmoqda
4 fevral 2025, 12:46

Sotuvchi iste’molchiga tovarni yetkazib berishda kechiktirilgan muddati uchun penya to‘lashi belgilanmoqda

O‘zbekistonda sotuvchi iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda penya to‘lashi tartibi belgilanmoqda. Tegishli qonun deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi
4 fevral 2025, 11:04

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Qashqadaryoda ikki yigit YTH oqibatida vafot etdi
4 fevral 2025, 10:36

Qashqadaryoda ikki yigit YTH oqibatida vafot etdi

Qarshi shahrida drift qilishga uringan 19 yoshli Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Zarba kuchliligi oqibatida mashinada bo‘lgan uning ikki do‘sti vafot etdi.

Pillachilik sohasida band bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar elektron platformaga kiritiladi
4 fevral 2025, 10:20

Pillachilik sohasida band bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar elektron platformaga kiritiladi

Hukumat qarori bilan pillachilik sohasida ayollarni bosqichma-bosqich ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjat bilan sohada band bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar elektron platformaga kiritilishi belgilandi.

O‘zbekistonda fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
4 fevral 2025, 09:58

O‘zbekistonda fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning fevral oyi yog‘ingarchilik bo‘yicha quruqroq, harorat rejimi bo‘yicha esa mamlakatning katta qismida me’yor atrofida o‘tadi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun yilning ikkinchi oyi ob-havosi bo‘yicha videoli va matnli sharh tayyorladi.

Toshkent viloyatida 4 tup shumtolni kesib tashlaganlar tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazdi
4 fevral 2025, 09:56

Toshkent viloyatida 4 tup shumtolni kesib tashlaganlar tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazdi

Yangiyo‘l tumanida ikki fuqaro 4 tup shumtol daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Ular bu orqali tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Hyundai brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Hyundai Auto Asia kompaniyaning olti yilligini nishonladi
4 fevral 2025, 09:00

Hyundai brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Hyundai Auto Asia kompaniyaning olti yilligini nishonladi

O‘zbekistonda Hyundai brendi rasmiy distribyutori Astana Motors kompaniyalari guruhiga kiruvchi Hyundai Auto Asia olti yilligini nishonladi va Hyundai Tucson krossoverining yangilangan versiyasini taqdim etdi.

Toshkentda sobiq hokim yordamchisi 20 kishi nomiga kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi
4 fevral 2025, 00:55

Toshkentda sobiq hokim yordamchisi 20 kishi nomiga kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi

Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting