Samarqand shahrida 5 nafar erkak qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik ichish oqibatida halok bo‘ldi. Mahsulotni sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda ikkita holatda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 800 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Ekologiya vazirligi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida noqonuniy qazish ishlari doimiy ravishda olib borilgani sababli 7 gektar yashil maydon yo‘q bo‘lib ketganini ma’lum qildi.
Parlamentda muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasini ishlab chiqish rejasi, 65 mln dollarga xususiylashtirilgan Humo, bayram munosabati bilan mukofotlangan harbiylar, MTRKning 2025-yilda 1,6 baravar oshgan budjeti va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentda BYD haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanmoqchi bo‘lib, Nissan mashinasiga borib urildi. U esa zarbdan qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni bosib ketdi. Ikki kishi jarohatlandi.
Prezident 2025-yilda Toshkentga yana 1000 ta yangi avtobus olib kelishni buyurdi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Avvalroq hokimlik BYD bilan K9UD eBus elektrobuslarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. QR-chipta xarid qilish uchun bekatlarda qo‘shimcha 675 ta infokiosk o‘rnatish rejalashtirilgan.
Prezident Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi.
Toshkent xalqaro aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi. Ekologik materiallardan yig‘ilgan uyda isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan. “Mamlakat haqidagi tasavvur aeroportdan boshlanadi va bunday uychalar butun mamlakatning munosabati ko‘rsatkichidir”, — deya qayd etdi Uzbekistan Airports.
13 va 14-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab iliq havo saqlanib qoladi, harorat +13 darajagacha isiydi. Hafta o‘rtasi ko‘p bulutli bo‘lishi kutilmoqda, biroq mamlakatning aksariyat qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 2−3 darajaga tushadi.
Oliy sud Komil Allamjonov atrofidagi 7 nafar fuqaroning (qo‘riqchilar, haydovchi va boshqalar) shikoyatlarini ko‘rib chiqishni boshladi. Advokatning aytishicha, ular asossiz ravishda 15 sutkaga qamoqqa olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish sud-huquq tizimidagi “ko‘p sonli kamchiliklarni” ochib beradi.
Turkiyaning Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyida bo‘lgan 15 yoshli bola buvisi hamrohligida vatanga qaytarildi. Unga muassasadan qochgani uchun qidiruv, buvisiga esa uni “tashkillashtirgani” uchun ayb e’lon qilingan. Istanbuldagi bosh konsulxona va tegishli tashkilotlar ko‘magida ayblovlarni rad etishga erishilgan.
Endilikda Uzum Bank foydalanuvchilari faqat oluvchining telefon raqamini bilgan holda kartaga pul jo‘natishlari mumkin.
O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining sobiq o‘rinbosari va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkura bo‘yicha kotibi Ra’no Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi. 1987-yilda u “paxta ishi” bo‘yicha hibsga olingan. Keyinroq u oqlangan, tergov paytida uning e’tiroflari katta rezonansga sabab bo‘lgan.
2025-yil sentabrgacha Samarqand va Jizzax viloyatlarining olis hududlarida joylashgan maktablariga qatnaydigan avtobuslar autsorsing asosida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Zomin tumanida kulvor ilonini tiriklay yegan fuqaro 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi. Qolaversa, u tabiatga 1 mln 125 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgani hisoblandi.
O‘zbekistonda joriy ish haftasi quruq keladi. Dam olish kunlari esa bulutli va ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Hafta davomida havo harorati kunduzi +12…+16 daraja issiq bo‘lsa-da, tungi harorat nol daraja atrofida yoki undan pastroq kutilishi haftaning juda issiq o‘tmaslinini anglatadi.
Mart oyida 6 yilga qamalgan tadbirkor Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) 12-yanvar kuni sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli ozodlikka chiqdi, deb xabar bermoqda OAV.
Paxtachi tumanida 5 kishi tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni kavlab olish uchun shaxtaga tushdi. Ulardan 2 nafari generatordan chiqqan is gazidan zaharlanib voqea joyida halok bo‘ldi.
“Gazeta.uz” poytaxt ko‘chalarida odamlardan O‘zbekistonda alohida Erkaklar kuni bo‘lishi kerakmi yoki yo‘q, bo‘lsa, uni qaysi sanada nishonlash va qanday sovg‘alar berish mumkinligi haqida fikrlarini so‘radi.
Jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishiga doimiy ruxsat beriladi. Boshida bu tartib 2024-yil oxirigacha joriy etilgandi. Taksi bozoridagi agregatorlar faoliyati tartibga solinadi, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyati aniq belgilab qo‘yiladi.
“O‘zavtosanoat” o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit bilan avtomobillarni sotishdan bosh tortgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Kompaniya avtomobil xarid qilish uchun qator banklarda turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilganini qo‘shimcha qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting