O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 1−3-sentabr kunlari dam oladi. 4-sentabrdan esa barcha yana ishga qaytadi.
O‘zbekiston tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, kelinchak turmush o‘rtog‘i kaltaklayotganini aytib, oila a’zolaridan uni olib ketishlarini so‘ragan. Kelinning qarindoshlari o‘lim sababiga shubha bildirmoqda.
20-avgustdan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida haftada bir marotaba amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkent — Budapesht yo‘nalishidagi reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.
21−25-avgust kunlari O‘zbekistonda havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduzi +34…+39 daraja bo‘ladi. Juma kuni Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo massasi kirib kela boshlaydi.
Janubiy Koreyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatib, uni moliyalashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. IIV tergov harakatlarini olib bormoqda.
Alisher Sattarov Uzbekistan Airways boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, Shaxzod Ikramov va Shuxratillo Yadgarovlar rais o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
16-avgustdan 5-oktabrgacha Click asosiy sovg‘asi BYD Song Plus avtomobili bo‘lgan yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda. Aksiya davomida yana ko‘plab boshqa qimmatli sovg‘alar ham o‘ynaladi.
Internetda elektrobus haydovchilarining mashinalarni quvvatlashdagi muammolardan shikoyat qilgan videomurojaati tarqaldi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kechikishlar tufayli rejani bajarib bo‘lmayapti, shuningdek, harakat muntazamligi buzilgan.
O‘zbekiston Havo floti kuni munosabati bilan “Chirchiq” poligonida aviashou bo‘lib o‘tdi. Jangovar va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Shou doirasida ilk bor samolyotlar O‘zbekiston bayrog‘ini “osmonga chizishdi”. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Prezident Yoshlar ishlari agentligini volontyorlik sohasidagi maxsus vakolatli organ etib belgilashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Tashkilot sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 26-avgustdan boshlab 4 oyga profilaktik ishlar sababli yopiladi. Bekatlar o‘rtasida bepul harakatlanadigan avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.
Xitoyning shimoliy qismidagi Ichki Mo‘g‘uliston hududida bubonli o‘latga chalinish holatlari aniqlandi. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi kasallik mamlakatga xavf solmasligi va xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi. 50 dan ortiq chegara kesib o‘tish joylarida sanitariya punktlari tashkil etilgan.
Avokadoli salat, vegan sendvichlar, guakamole, sushi tort, avokado hamda tuxumli tost va boshqalar — Zira.uz o‘zbek oshxonasida kam uchraydigan avokadodan turli salat va yeguliklarni tayyorlab ko‘rdi. Avokado O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lmasa-da, uning etida ko‘plab vitamin va minerallar bor.
Samarqand viloyatining Payariq tumanida ikki hamkasbiga hujum qilgan tibbiyot xodimi bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan muhim yangiliklar, bekor qilingan Tax Gap amaliyoti, Afg‘oniston orqali o‘tadigan temiryo‘l haqida gapirgan Mirziyoyev, Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan olgan Zoyir Mirzayev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilarini iste’mol qilish oqibatida vafot etgan 65 bolaning o‘limi bo‘yicha navbatdagi sud majlisida advokatlar yana jurnalistlarni zaldan chiqarib yuborishni talab qildi. Sudya jarayonni noto‘g‘ri yoritayotgan jurnalistlar emas, turli Telegram kanallari ekanini aytdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uchib ketuvchilar uchun bojxonaning qizil va yashil yo‘laklari o‘rniga masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etildi. U vaqtni tejaydi, jismoniy shaxslar va ularning qo‘l yuklari vizual nazoratdan o‘tadi. Yangi tartib haqida batafsil “Gazeta.uz” reportajida.
Toshkent aeroporti mahalliy terminali oldidagi panjara demontaj qilinib, rekonstruksiya ishlari boshlandi. Binoga mashinada kirib borish va 5 daqiqagacha qolish mumkin. Yil oxiriga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar oldidagi maydonning rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanadi.
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
O‘zbekistonda ichimlik suvi tariflari ko‘tarilishi, Qoraqalpog‘istonda sholi yetishtiriladigan maydonlarning qisqarishi, Qirg‘izistonning Qozog‘istonga sug‘orish uchun suv berishni to‘xtatgani mintaqada suv inqirozi kuchayib borayotganidan dalolat beradi. “Gazeta.uz” hududlardagi suv bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting