Jamiyat

“Ummon” guruhining sobiq solisti Zohid Risqiyevga sud hukmi o‘qildi
14 avgust 2023, 12:54

“Ummon” guruhining sobiq solisti Zohid Risqiyevga sud hukmi o‘qildi

Sud inson halok bo‘lgan YTHni sodir etganlikda ayblangan “Ummon” guruhining sobiq solisti Zohid Risqiyevga nisbatan shartli ravishda 2 yil sinov muddati berib, ozodlikda qoldirdi, qolaversa, uni 3 yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qildi.

Toshkent viloyatida daraxtga urilgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi
14 avgust 2023, 12:13

Toshkent viloyatida daraxtga urilgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi

Qibray tumanida daraxtga urilgan 18 yoshli Spark haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotkizildi. Voqeaga yo‘lning xavfli burilish qismida haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

O‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilgan maktab psixologi muddatidan oldin ozodlikka chiqdi
14 avgust 2023, 12:00

O‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilgan maktab psixologi muddatidan oldin ozodlikka chiqdi

Nemolchi.uz loyihasi 3−5-sinf o‘quvchilarini axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan va 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan maktab psixologi Azad Gasanov muddatidan oldin ozod etilgani haqida xabar berdi. Toshkent shahri ta’lim boshqarmasi esa u hozirda hech qaysi maktabda ishlamayotganini ma’lum qildi.

Toshkent IIBBda fuqaro vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14 avgust 2023, 11:55

Toshkent IIBBda fuqaro vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar IIBBda tergov vaqtida fuqaro vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar xodimlari mansab vakolatidan chetga chiqish va qiynoqqa solishda gumonlanmoqda.

Hafta davomida harorat me’yordan past bo‘ladi
14 avgust 2023, 11:40

Hafta davomida harorat me’yordan past bo‘ladi

Dushanba, seshanba kunlari harorat kunduzi +27…+32 daraja bo‘ladi. Bu avgust oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan 2−4 darajaga past. Hafta o‘rtasidan salqin havo asta-sekin chekinib, harorat ko‘tariladi va kunduzi +37 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz va issiq suv vaqtincha o‘chiriladi
14 avgust 2023, 10:54

Toshkentning ayrim hududlarida gaz va issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

14-avgust kuni soat 20:00 gacha Toshkentning Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim joylarida gaz, Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarining ba’zi hududlarida esa issiq suv o‘chiriladi.

Toshkentda odam o‘g‘irlashda gumonlangan 2 shaxs ushlandi, ulardan biri vafot etdi
14 avgust 2023, 10:41

Toshkentda odam o‘g‘irlashda gumonlangan 2 shaxs ushlandi, ulardan biri vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ichki ishlar bo‘limida qo‘lga olingan shaxs vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB ma’lumotiga ko‘ra, o‘ta og‘ir jinoyatlarda gumon qilingan erkak bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida hushini yo‘qotgan va vafot etgan.

“Zakovat”ning birinchi Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi
14 avgust 2023, 10:03

“Zakovat”ning birinchi Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi

12−13-avgust kunlari Toshkent shahrida “Zakovat” intellektual o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga 100, 60 va 40 million so‘m pul mukofotlari topshirildi.

Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich to‘sinlari qulagani aks etgan video tarqaldi
14 avgust 2023, 09:39

Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich to‘sinlari qulagani aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta 42 metrli to‘sini qulagani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ular yuk mashinasi ustiga tushganini ko‘rish mumkin.

Farg‘onada ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 avgust 2023, 09:16

Farg‘onada ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Dang‘ara tumanida ohak sexi 1 mlrd 54 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Fuqaro 18 ta nostandart gaz yondirgichlarini yer osti gaz quvuriga ulab olgan.

Andijondagi daryodan 11 yoshli bolaning jasadi topildi
14 avgust 2023, 09:15

Andijondagi daryodan 11 yoshli bolaning jasadi topildi

Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Qoradaryodan 11 yoshli o‘g‘il bola jasadi topildi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga suvda cho‘kish bo‘yicha xabar kelib tushmagan, deyiladi boshqarma xabarida.

Farg‘onadagi ikki YTHda ikki kishi vafot etdi
14 avgust 2023, 09:10

Farg‘onadagi ikki YTHda ikki kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikki YTH oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi. YTHlarning har ikkisi ham Damas ishtirokida sodir bo‘lgan.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning to‘sinlari qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
13 avgust 2023, 18:27

Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning to‘sinlari qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 2 mlrd 760 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 nafar mansabdor ushlangani aytilmoqda.

Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasidan bir qop opiy topildi
13 avgust 2023, 10:16

Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasidan bir qop opiy topildi

DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi
12 avgust 2023, 23:30

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Rasmiy xabarlarda ularni o‘rnatish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytildi. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti qurilish maydoniga tashrif buyurgan edi.

Nima o‘qiymiz? San’atni ommalashtiruvchi Sardor Babayev tavsiya qiladi
12 avgust 2023, 18:48

Nima o‘qiymiz? San’atni ommalashtiruvchi Sardor Babayev tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi
12 avgust 2023, 17:18

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi

Toshkent shahrida tug‘ilgan 22 yoshli yigit Suriyada “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkilotida jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Xorazmda direktor o‘qituvchilarga maktabni tozalattirgani uchun jarimaga tortildi
12 avgust 2023, 14:21

Xorazmda direktor o‘qituvchilarga maktabni tozalattirgani uchun jarimaga tortildi

Yangibozor tumanidagi 28-maktabda o‘qituvchilar maktabni tozalashga jalb qilindi. Bu topshiriqni bergani uchun direktorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llandi.

Nima tayyorlaymiz: “Dangasa” taomlar
12 avgust 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: “Dangasa” taomlar

Pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuqli “dangasa” xonim, chuchvara, “dangasa” tovuq oyoqchalari, do‘lma va boshqalar — Zira.uz tez tayyor bo‘luvchi “dangasa” taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Foto: Toshkentda minglab abonentlar 12 soatga yaqin elektr ta’minotisiz qoldi
12 avgust 2023, 07:40

Foto: Toshkentda minglab abonentlar 12 soatga yaqin elektr ta’minotisiz qoldi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi minglab xonadonlar va ko‘plab obyektlar tarmoqdagi nosozlik tufayli 12 soatga yaqin elektrsiz qoldi. Shuningdek, hududda svetoforlar ham ishlamadi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting