O‘zbekistonda salqin havo chekina boshladi va harorat asta-sekin ko‘tarilmoqda. Dam olish kunlari harorat kunduz kunlari +35…+37, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +38…+39 darajagacha bo‘ladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan 171 gektar yerni yoqib, “chempion” bo‘lganini ta’kidladi. Avvalroq Toshkentda bir necha bor tutun va kuchli kuyindi hidi sezilgandi, biroq rasmiylar havo sifati yomonlashgani bo‘yicha biror izoh bermagan.
Tugatilgan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi, boshqa ishga o‘tgan Sardor Umurzoqov, O‘zbekiston tashqi qarz olgan tashkilotlar, o‘tish balini to‘plolmagan 439 ming abituriyent, tug‘uruqxonada vafot etgan egizak tuqqan qashqadaryolik yosh ayol, turli tayinlov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar bolalar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi. Ushbu loyiha mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan o‘zbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Prezident farmonida belgilanganiga qaramay, 2023-yilning birinchi yarmida Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari o‘tkazgan birorta sessiya jonli efirga uzatilmadi. Tuman va shahar kengashlari o‘tkazgan sessiyalarning 24 foizi jonli efirda namoyish etilgan.
Baxrom Sharipov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Nukusdagi metan “zapravka” 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.
Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ketdi. U mazkur lavozimda 2022-yildan beri ishlab kelayotgandi.
2023-yilda 888 ming 472 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi, ularning 439 ming 337 nafari (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi. Shuningdek, 60 mingga yaqin nomzod kirish imtihonida ishtirok etmadi.
Chorshanba kuni “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ayblanuvchi xindistonlik tadbirkor yaroqsiz va hujjatlari shubhali “Kuraraks” dorisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari uchun mas’ul davlat tashkilotida ishlovchi amaldorga 33 ming dollar berganini tan oldi.
Qashqadaryo viloyatida 19 yoshli ayol egizak farzand tuqqanidan so‘ng 8 kun o‘tib, ahvoli yomonlashib, reanimatsion davo tadbirlariga qaramasdan vafot etdi.
17-avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Veolia Energy Tashkent ma’lum qilishicha, ta’minot taxminan soat 23:00 da qayta tiklanadi.
Oliy ta’lim vazirligi poytaxtda 48,9 ming talabaning turar joyga ehtiyoji mavjudligi, ular ijara shartlari asosida xususiy xonadonlarda yashayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, yotoqxonadan joy berilmagan, poytaxtda uyi, yaqin qarindoshi bo‘lmagan va ijara uyi ham aniq bo‘lmagan 25 ming talaba bor.
16-avgust kuni “Dok-1 Maks” ishi doirasida bo‘lib o‘tayotgan sudda avvaliga “Qalampir.uz” hamda “Kun.uz” nashrlarini aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda ayblagan sudlanuvchilarning advokatlari tushdan keyin “Gazeta.uz”ning jonli efirini to‘xtatishni so‘radi. Sud ularning so‘rovini qanoatlantirdi.
Toshkent shahri va viloyatida 3 ta holat bo‘yicha mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan qariyb 5,7 kg sintetik giyohvandlik vositalari savdosi aniqlanib, musodara qilindi.
IM-2 qozonxonasida olib boriladigan ta’mirlash ishlari munosabati bilan 21−26-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator ko‘chalarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Ro‘yxat.
65 bolaning doridan vafot etishi — umummilliy fojia. Kuchli va g‘amxo‘r davlat xatolarni tan olib, bunday fojia takrorlanmasligi uchun xulosalar chiqaradi. Halok bo‘lgan bolalar xotirasi va ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonda motam e’lon qilinishi zarur. “Gazeta.uz” nuqtai nazari.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda madaniy meros obyektlari bor ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarining kirishi taqiqlandi.
O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi. U 2018-yil 1-yanvarda ishga tushirilgandi. O‘rniga masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etildi.
Navoiy viloyatida ayol 2023-yilda tug‘ilgan qizini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Holat yuzasidan “Odam savdosi” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting