2010−2012-yillarda berilgan “prava”lar o‘z kuchini yo‘qotadi, ayrim tadbirkorlar ishchilarining daromad solig‘i qaytariladi, vazirlik stipendiyasi joriy etiladi, ba’zi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi, ayrim dorilar sertifikatlashtirilmaydi — 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?
Sharof Rashidov tumanida Shacman yuk mashinasi Epica avtomobiliga urilib, 2 yo‘lovchi ayol vafot etdi. Shuningdek, ushbu YTH ortidan yana 5 ta transport vositasi to‘qnashib ketdi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirish boshlandi. Jarayon 30-iyulga qadar davom etadi.
Astronomlardan biri planetariylarni “osmon jismlari aktyorlik qiladigan teatr va kino” deya ta’riflagandi. Bolalar bilan shunday “teatr va kinoga tushish” esa foydadan xoli bo‘lmas. “Gazeta.uz” yosh avlodning astronomiya va kosmonavtikaga qiziqishini oshirishi mumkin bo‘lgan ushbu muassasadan reportaj tayyorladi.
Toshkentda piyodalar uchun ham, velosipedchilar uchun ham noqulaylik tug‘dirayotgan, ayoz kunlar sinovidan o‘tolmagan veloyo‘lakli beton trotuarlar qurilishi davom etmoqda. Avtomobillar uchun yettita yo‘lak ajratilgan bir paytda, piyodalarga ko‘proq joy berishga qo‘rqishayotgandek.
O‘zbekiston hukumati o‘qituvchilarning uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi. Ilgari ular mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar tufayli ta’til to‘lovi miqdori kamaytirilganidan shikoyat qilgandi. O‘qituvchilarning kalendar kunlar hisobi bo‘yicha ta’til muddati uzaydi.
O‘zbekistonning 14 ta hududidan 2 nafardan vakilga — jami 28 nafar yigitga “Mard o‘g‘lon” mukofoti berildi. Mukofot uchun ayni damda 16,5 mln so‘m pul va OTMlarga imtihonlarsiz grant asosida qabul ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston prezidenti Yoshlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, ularning bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi. Yoshlar orasida talabalar, o‘qituvchi, yozuvchi, shifokor, sportchi, tadbirkor, san’at vakillari va boshqalar bor.
30-iyun O‘zbekistonda Yoshlar kuni nishonlanadi. Toshkent shahri hokimligi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun bu kunda avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatishini e’lon qildi.
Sankt-Peterburg portida Afrikadan Yevropa orqali O‘zbekistonga yo‘l olgan banan konteynerlaridan birida 50 kg kokain aniqlandi.
Farg‘onada maxsus maktab internat xodimi hamda o‘qituvchi, Toshkent shahrida talaba, Buxoroda esa universitet xodimi fuqarolardan o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olganlikda gumonlanib ushlandi. Sirdaryo viloyatida ham bir fuqaro 4500 dollar bilan xuddi shu jinoyat bo‘yicha qo‘lga olindi.
Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarining tuman-shaharlarida 2 balli darajada sezildi.
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan qariyb 14 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi, ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.
Toshkentda Costa Coffee xalqaro tarmog‘i qahvaxonasi ochiladi. Brend ijtimoiy tarmoqlarda bu “juda tez orada” sodir bo‘lishi haqida xabar bergan.
Qurbon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar keldi.
“Gazeta.uz” turli kasb egalarining ko‘pga noma’lum, zahmatli va mas’uliyatli faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Professional” loyihasini davom ettiradi. Navbatdagi qahramonlar — ota-o‘g‘il kosiblar Baxtiyor Valiyev hamda G‘ayrat Zohidov.
O‘zbekiston poytaxtida 2025-yilda premium toifasidagi Sheraton mehmonxonasi ochiladi. U Markaziy Osiyodagi hashamatli mehmonxonalardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Buxoro shaharida fuqaro 16 tup daraxtni kesib tashlab tabiatga 259 mln so‘m zarar yetkazdi. Unga nisbatan ish ochilib, sudga yuborildi.
OAVni qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo‘yicha 5 ta nizom tasdiqlandi. Ularda tanlovlar tashkil etish, OAV xodimlariga chet tillarni o‘rganish uchun imtiyoz berish kabilar ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonning chegaraoldi shahar va tumanlaridagi maktablarda “Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi. Klub a’zoligiga maktablarning 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari, o‘z xohishiga ko‘ra, cheklanmagan miqdorda qabul qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting