Jamiyat

Surxondaryoda ferma raisi 8 tup daraxtni kesish uchun 5 mln so‘mga sotib yuborgani aniqlandi
12 iyun 2023, 09:34

Surxondaryoda ferma raisi 8 tup daraxtni kesish uchun 5 mln so‘mga sotib yuborgani aniqlandi

Oltinsoy tumanida ferma raisi 8 tup eldor qarag‘ayi daraxtini fuqaroga 5 mln so‘mga baholab, kesish uchun sotib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 550 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi.

Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi
11 iyun 2023, 17:41

Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonning Quyi Amudaryo biosfera rezervatida Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi. Xalqaro va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonivorni ovlash oqibatida tabiatga 99 mln so‘m zarar yetkazildi.

Toshkent viloyatida Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi
11 iyun 2023, 17:29

Toshkent viloyatida Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi

Zangiota tumanida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib, Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi. Tarmoqlarda mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani aytilgandi, biroq ma’lumot tasdig‘ini topmadi.

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
11 iyun 2023, 16:33

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX xodimlari tomonidan 1 kilogramdan ziyodroq og‘irlikdagi 999 probali oltin bo‘laklari va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ularning umumiy narxi 1,27 mlrd so‘mdan oshadi.

Buxoroda ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtida to‘satdan vafot etdi
11 iyun 2023, 10:11

Buxoroda ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtida to‘satdan vafot etdi

Buxoroda savdo rastasi oldida savdolashib turgan 65 yoshli ispaniyalik erkak hushidan ketib, vafot etdi. Holat bo‘yicha shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Toshkent viloyatida 36 yoshli ayolni elektropoyezd bosib ketdi
11 iyun 2023, 10:08

Toshkent viloyatida 36 yoshli ayolni elektropoyezd bosib ketdi

Chinoz tumanida Xovos-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan elektropoyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Transport prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ayol epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketib qolgani aniqlangan.

O‘zbekistonda jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar kiritiladi
11 iyun 2023, 10:02

O‘zbekistonda jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar kiritiladi

O‘zbekistonda keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi. Bu paytda poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin.

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada rekord natijalar qayd etdi
11 iyun 2023, 09:56

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada rekord natijalar qayd etdi

Turkiyaning Isparta shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik harbiylar qiyalikka qarab jang olib borish, zararlangan hududda gazniqob taqib, nishonlarni mo‘ljalga olish kabi shartlarda rekord natijalarni qayd etgan.

Toshkentdagi maktabda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi
10 iyun 2023, 19:16

Toshkentdagi maktabda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi

Uchtepa tumanidagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi janjallashdi. Oqibatda o‘quvchining 17 yoshli akasi ustozni kaltakladi. Tekshiruv ishlari ketmoqda. Holatni vazir nazoratga olgan.

Chilonzor IIBning 4-qavatidan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10 iyun 2023, 17:35

Chilonzor IIBning 4-qavatidan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor IIBning 4-qavatidan sakrab vafot etgan 21 yoshli yigitning o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining hokimiyat harakatsizligi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida boshi simyog‘och teshigiga kirib qolgan bolaga yordam ko‘rsatildi
10 iyun 2023, 13:15

Toshkent viloyatida boshi simyog‘och teshigiga kirib qolgan bolaga yordam ko‘rsatildi

Olmaliq shahrida 14 yoshli bola velosipedda ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va boshi yo‘l chetidagi beton elektr tayanchi teshigiga kirib qolgan. FVV qutqaruvchilari unga yordam ko‘rsatdi, ahvoli yaxshi ekani bildirildi.

Toshkentning ayrim tumanlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi
10 iyun 2023, 10:41

Toshkentning ayrim tumanlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi

Toshkent shahrining Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim qismlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 17:00 ga qadar elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Sergeli tumanida nosozlik tufayli uzilishlar yuz berdi.

Nima tayyorlaymiz: Yaxna ichimliklar
10 iyun 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Yaxna ichimliklar

Qulupnay-yalpizli limonad, moxito, ice tea, muzdek qahva, kompot va boshqalar — Zira.uz jazirama kunlarda barchaga rohat bag‘ishlovchi yaxna ichimliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkent aeroporti yaqinida quruq o‘tlar yondi
10 iyun 2023, 01:01

Toshkent aeroporti yaqinida quruq o‘tlar yondi

Toshkent aeroporti chegarasi yaqinida quruq o‘tlar yondi. Yong‘in maydoni 300 kvadrat metrni tashkil etdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining test-drayvi bo‘lib o‘tdi
9 iyun 2023, 19:00

Toshkentda yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining test-drayvi bo‘lib o‘tdi

Roodell kompaniyasi OAV vakillari va blogerlar uchun yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining test-drayviga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. Yangi model o‘zgacha dizayn va texnologik jihatidan bir qancha ustunliklarga ega.

AQSh elchisi — O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni rad etish darajasi yuqoriligining sabablari haqida
9 iyun 2023, 18:29

AQSh elchisi — O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni rad etish darajasi yuqoriligining sabablari haqida

2022-yilda AQShning Toshkentdagi elchixonasi murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining 47 foiziga viza berishdan bosh tortgan. AQSh elchisi Jonatan Xenik rad etishlar ko‘payganiga qaramay, rekord miqdorda viza berilayotganini ta’kidladi va AQShga Meksika orqali noqonuniy migratsiya urinishlariga izoh berdi.

Surxondaryodagi uylarning birida noyob turdagi kiyiklar topildi
9 iyun 2023, 17:58

Surxondaryodagi uylarning birida noyob turdagi kiyiklar topildi

Uzun tumanida fuqaro xonadonida noyob turdagi kiyik va uning bolasini saqlab kelayotgani aniqlandi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga topshirilib, ularning hududga qanday kelib qolgani o‘rganilmoqda.

Chirchiqdagi mehmonxonada yigit va qiz vafot etdi
9 iyun 2023, 17:57

Chirchiqdagi mehmonxonada yigit va qiz vafot etdi

Chirchiq shahridagi Deluxe hotel mehmonxonasida 23 yoshli yigit va 21 yoshli qiz vafot etdi.

“Na ko‘chishimizni, na ta’mirlashimizni bilamiz”. “Oltintepa” mahallasi “snos”ning bo‘lish-bo‘lmasligini kutib yashamoqda
9 iyun 2023, 16:47

“Na ko‘chishimizni, na ta’mirlashimizni bilamiz”. “Oltintepa” mahallasi “snos”ning bo‘lish-bo‘lmasligini kutib yashamoqda

Toshkentdagi “Oltintepa” mahallasi 2016-yildan beri “snos”ni kutadi. O‘tgan yetti yilda ularning hovlilari atrofida “dom”lar va uch qavatli ko‘prik qurildi. Ularning yashash sharoitlari esa yomonlashdi: hovlilarni doim suv bosadi, namlik devorlarni buzadi. Aholi ularning muammolari hal etilishini so‘ramoqda.

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda
9 iyun 2023, 15:40

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda

Termiz shahri va Surxondaryoning qator tumanlarida chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Viloyat FVB shamol paytida ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting